Mavzu: odam va uning salomatligini o'qitishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydala kirish mavzuning dolzarbligi


Odam va uning salomatligi o'qitish texnologiyalari


Download 74.01 Kb.
bet3/6
Sana06.11.2023
Hajmi74.01 Kb.
#1750574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu odam va uning salomatligini o\'qitishda modulli ta\'lim tex-fayllar.org

1.2. Odam va uning salomatligi o'qitish texnologiyalari
Hozirgi anatomiya fani faqat organlarning tuzilishini o’rganish bilan chegaralanib qolmay, ularning shakllari (ko’rinishlari)ni ichki va tashqi muhitga bog’langan holda o’rganadi, butun organizmga yagona bir sistema deb qaraydi. Anatomiya odam organizmining tuzilishini, uning evolyutsion taraqqiyoti-filogenezi (pflio-avlod, genezis-taraqqshiyot) hamda odamga aylanish protsessi-antropogenezi (antropoz-odam) nuqtai-nazaridan o’rganadi.

Antropogenezni o’rganishda qiyosiy anatomiya materiallaridan keng foydalaniladi. Anotomiyada organlarning organizmda joylashish tartibiga va o’zaro munosabatlariga, togyugrafiyasiga, ularning jinsiy tafovutlariga va individual xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. Anotomiya hamma organlarning shaklini, tashqi ko’rinishini, tuzilishini, ularning bajaradigan vazifalariga bog’langan holda o’rganadi (funktsional anotomiya), chunki organlarning tuzilishi ularning vazifalari bilan bevosita bog’liqdir. Organlarni izchillik bilan o’rganishdan tashqari ularning joylashish tartibi, proektsiyalari va o’zaro munosabatiga, ular o’rtasidagi bo’shliqlar, fastsiyalarga ham katta ahamiyat beriladi, chunki busiz xirurgiyani tasavvur qilib bo’lmaydi.


Anatomiyaning ana shunday bo’limi xirurgik anatomiya yoki topografik anatomiya deb ataladi. Rassomlar va xaykaltaroshlar ham organizmning ayrim qismlarining o’zaro munosabatlarini, ularning tashqi tuzilishlari paccomlap anatomiyasi yoki plastik anatomiya) ni o’rganadi. Anatomiya fani organlarning faqat normal tuzilishini o’rganish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning kasallik vaqtidagi o’zgarishlarini ham (patologik anatomiya) o’rganadi.
Anatomiyani o’rganish usullari. Murdani kesish (tilish) usulining birgina o’zi anatomiyani o’rganish va xar tomonlama aniq to’la ma’lumot olish uchun kifoya qilmaydi. Shuning uchun ham P.F.Lesgaft anatomiyani faqat tirik odamda o’rganishni taklif etdi. Shunga ko’ra, tirik odam ham, murda ham turli usullar bilan o’rganiladi.
1. Kesib ochish usuli qadimiy usullardan biri bo’lib, hozirgi kunda ham keng ko’llaniladi.
Arralash usulini birinchi marta N.I.Pirogov taklif etgan va qo’llagan. Bunda avval murda qattiq muzlatiladi va o’rganiladigan qismlar ko’ndalangiga arralanadi. Bu usulda organlarning joylashishi, bir-biriga munosabati (topografiyasi) va ularning fastsiyalari o’zgarmagan xodda aniq ko’rinadi.
In’ektsiya usuli-XVI-VIII asrlarda qo’llanilgan bo’lib, ichi kavak organlarga xar xil kimyoviy modddlarni quyish (yuborish) yo’li bilan ularning bo’shliqlarini to’ldirish va turli rang berishdan iborat.
Yoritish (ravshanlashtirish) usuli. XIX-asrda, turli xildagi suyuq kimyoviy moddalar yordamida to’qimalar yoki bugun-butun organlar yoritildi, ravshan qilib ko’rildi. Bu usul aksari qon tomirlarni o’rganish uchun qo’llaniladi.
Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli. K. Rentten (1895) nurini kashf qilgan davrdan qo’llanib kelinadi. Rentgen nurlari yordamida ayniqsa suyaklarning rivojlanishini ko’zatish mumkin. Ichki organlarning ichini (tirik odamlarda) rentgen nurlariyai tutib qololmaydigan nur tutuvchi kimyoviy moddalar 1o’ldirish yo’li bilan o’rganish mumkin, rentgen qilinganda bu organlar yaqqol ko’rinadi. Organlarni rentgen nurida ekranda ko’rish rentgenskopiya, suratini olish.
Antropometriya (o’lchash) usuli-eng oson usul bo’lib, bunda gavdaning uzunligi, og’irligi va kengligi o’rganiladi, olingan natijani organizmning ayrim qismlariga taqqoslash yo’li bilan rivojlanish protsessidagi xar xil o’zgarishlar aniqlanadi va ko’zatiladi.Paypaslab ko’rib o’rganish usuli. Bunda sirtdan paypaslab, barmoq yoki bolg’acha bilan asta-sekin dukillatib ko’rish yo’li organlarning chegaralari aniqlanadi.
To’qimalarni maxsus bo’yoqlar bilan bo’yab, mikroskopda ko’rib o’rganish usuli. Bulardan tashqari, odam organizmini o’rganishda lupalar, oddiy va elektron mikroskoplardan foydalaniladi. Bular yordamida organlarning eng mayda va nozik tuzilishlarini fotosuratga olish.
Anotomiya fanining rivojlanish tarixi qadimgi Sharq mamlakatlari-Assuriya, Hindiston, Misr, Vaviloniya hamda Xitoy dindorlari o’sha zamonlarda odam murdasini kesib o’rganish katta gunoh deb hisoblagan. Shu munosabat bilan murdani kesib o’rganishga o’ringan odamlarga o’lim jazosini berilgan. Misrda zodogochlarning murdalarini mo’miyolash odati bor edi. Shu tufayli, odam anotomiyasi to’g’risida xar xil noto’g’ri fikrlar paydo bo’ddi. Jumladan eramizgacha IX-VIII asrlarda yozilgan asarlarda (Hayot ilmi)da gavdada uchta narsa borligi yozilgan: ulardan biri kindikdan pastda joylashgan havo, ikkinchisi kindik bilan yurak o’rtasida joylashgan o’t va kindikdan yuqoriroqda joylashgan shilliqdir.
Xuddi shu davrda Xitoyda organizmning rivojlanishi haqida ikki xil fikr surar edi: bu fikrlardan biriga ko’ra, hayotning ruhiy manbai havo (pnevmo) hisoblanib, uning aktiv qismi-«Yan» deb ataladi. Boshqa fikrga ko’ra passiv qism, ya’ni ayollar qismi-«In» bo’lib, uning moddiy negizi qon hisoblangan. Natijada, «Yan» bilan. «In» ning organizmdagi nisbatlariga qarab, odam organizmning rivojlanishini, sihat-salomatligini, kasalligini aniqlash va o’rganishga urinib ko’rildi, qadimgi Yunonistonning ko’pchilik. olimlari, jumladan Gippokrat, Pifagor, Alkmeon va boshqa allomalar tabiiy fanlarni rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
Mavzu buyicha savollar:
Odam anatomiyasi fanining hozirgi zamon yutuqlari.
Anatomiya fanining tarmokdari hamda biologiya fanlar sistemasida tutgan o’rni.
Markaziy Osiyo va O’zbekistonda anatomiya fani rivojlanishining hozirgi zamon yutuqlari.
Odam skeleti, suyaklarni shakllari, tuzilishi, kimyoviy tarkibi, suyaklarning o’sishi, rivojlanishi, suyak ustligi va epifizar tog’ay to’shunchalari. Suyaklarning biror kishi, biriktiruvchi to’qima, tog’ay bo’g’imlar va ularning turlari, buram hosil qiluvchi elementlar va qo’shimcha apparatlar: boylamlar, disklar.
Darsning rejasi:
Odam skeletining tuzilishi, uning qismlari va ahamiyati.
Suyaklarning shakli, tig’iz va g’ovak moddalar, suyak ustligi, suyakning kimyoviy tarkibi, suyakning o’sishi va rivojlanishi.
Suyaklarni birikishi, bo’g’imlar va ularning turlari.
Tana skeleti: umurtqa pog’onasidagi suyaklarni tuzilishi va ularnint bir butunligi, ko’krak qafasidagi suyaklarking tuzilishi, ularni birikishi. Tana suyaklarining apamaliyalari.
Tayanch so’zlar: osteon, kompakt, havonlar, g’ovak, diafiz, epifiz, fibroz, endost, ossein, xitin, agyufiz, metafiz, sesamasimon, sinartroz, sindesmoz, sinxondroz, sinostoz, diartroz, pereferiya, boylam, disk, menisk, sinovial xalta, tsilindrik, g’altaksimon, ellipssimon, egarsimon, sharsimon, supinatsiya, pronatsiya, o’sig’i, ravog’i, rudement, atlant, lordoz, kifos, gibus, skolioz, bo’yinturuq, akromal o’sig’i, medial, laterial, tumshuqsimon o’siq, qayiqsimon, yarim oysimon, uch qirrali, no’xatsimon, trapeytsiyasimon, boshchali, ilmoqli, falanga, ko’sti, simmetrik.
Dumg’azaning chanoqqa qaragan botiq yuzasida 4 ta ko’ndalang chizig’i bor. U chiziqlar qushilib ketgan, umurtqa tanalarining chegaralaridir. Dumg’azaning dorzal yuzasida tikka yo’nalgan o’gkir-bel qirrali o’siqlar ko’rinadi. Dumg’azaning o’rta va yon qirralari bor, unda dumg’aza kanali va dumg’aza teshiklari bor. Qovurg’alar 12 juft yassi suyakdan iborat bo’lib, ular simmetrik joylashgandio. Ulav yukooidan pastga kaoab sanaladi. Uning suyak va tog’ay qismi bor. Qovurg’aning suyak qismi uzunroqdir. Orqa tomonda joylashadi, oldingi qismiga tog’ay qo’shiladi. Qovurg’alarning orqadagi uchlari ko’krak umurtqalariga birlashadi. Yuqoridagi 7-qovurg’aning tog’ay uchlari tush suyagiga birlashadi va chin qovurg’alarni hosil qiladi. 8-qovurg’adan boshlab, tush suyagiga birlashmaydi uni yolgon qovurg’alar-deyiladi. VIII, IX, X-qovurg’alarning tog’aylari uchlari yuqoridagi qovurg’alarning tog’ay qismlariga ulanadi. XI-XII-qovurg’alar qorinning orqa devorinipg muskullari bag’rida yotadi. Qovurg’a suyagi uzun qayrilgan bo’lib, unda boshchasi, buyin va tanasi bo’ladi. Qovurg’aning boshchasi-orqa uchida bo’lib, bo’g’im yuzasi bor. Boshchaning qirrasi bo’g’im yuzasini ikki qismga ajratadi (I, II, XI va XII-qovurg’alar qirrasi yo’q). Qovurg’a boshchasining oldingi tomonida toraygan qismi-qovurg’a buyni bor. U keyin yassi suyakka aylanadi Ya’ni uni qovurg’a tanasi deyiladi. Tanasining oddingi qismi qovurg’aning tush suyagi tomonidagi uchi deyiladi. I-X-qovurg’alar buyni bilan tanasining orasidan orqaga qarab, qovurg’a dumboqchasi turtib turadi. Qovurg’a tanasining ichki va tashqi yuzalari yuqori va pastki chekkalari bor. Qovurg’aning pastki chekkasi buylab, ichki yuzasidan qovurg’a egati utadi, bu koi tomirlari va nervning izidir.
Tush suyagi. Ko’krak qafasining oldingi devoridagi yassi suyakdir. Uning uch qismi bor. Dastasi, tanasi, xanjarsimon o’sig’i, oldingi va orqadagi yuzalari bor. Tush suyagi dastasining buyinturuk uymasi bor. Tush suyagining yon yuzalarida 7 juft qovurg’a tog’ayi tush suyagiga birlashadigan joylari bordir, ya’ni uymalari.
Kukrak qafasining birlashmalari. Qovurg’alarning boshchasi-umurtqalarning tanalari bilai, ikkinchidan qovurg’alarking dumboqchalari esa umurtqalarning ko’ndalang o’siqlari bilan bo’g’im tuzadi. Bu bo’g’imlar boylamlar bilan mahkamlanadi. 1-qovurg’a tush-suyagi bilan uzluksiz birlashma hosil kiladi. Qolgan 6 ta qovurg’a tush suyagi bilan bo’g’im tuzib, birlashadi.
Qo’l skeleti. Qo’l skeletiga elka kamarining skeleta bilan erkin qul skeleti kiradi. Oyoq skeletiga esa chanoq kamarining skeleti ; bilan erkin oyoq skeleti kiradi. Qo’l skeletiga elka kamarining suyaklari (kurak va umrov suyaklari) erkin qo’l suyaklari (elka, bilak, panja suyaklari) kiradi. Kurak yassi uchburchak shakldagi suyakdir. U ko’krak k;aFasining orqa tomonida II-VII--qovurg’alar damida joylashgan, bu suyakni 2 ta yuzasi va uchta chekkasiga ajratiddi.
Kurakning odding-i yuzasi ko’krak qafasiga karagan, kurak ostidagy. chuqurchani hosil kiladi. Orqa tomonidagi yuzasi kabarik bo’lib, kirra ustidagi va ostidagi (yuqori va pastki) chuqurchalarni xosyl kiladi. Kurak kirrasining lateral bulimi elka (akromal) usigiga utadiG Bu usigining bo’g’im yuzasi umrov suyagiga birlashadi. Kurak suyagining yuqori, medial va lateral chekkalari bor. Uning yuqori chekkasida kurak uymasi bor va tumshuqsimon usir ham shu erda joylashgan. Kurakning lateral, medial va pastki burchaklari mavjud.
Umrov «S» shaklida bukilgan naysimon suyakdir. Uning tanasi; tush suyagi tomonidan uchi bilan elka suyak tomonidagi uchi-bor. Tush suyak tomondagi uchi tush suyagiga elka suyak tomonidagi uchi, esa kurak suyagining akromial o’sig’iga birlashib bo’g’im tuzadi, bundan tashkaoi kam xaoakat, akoomial-vmdob bo’g’imi bvikvatq kelaAI.
Umrovning to’sh suyak tomonidagi uchi to’sh suyagining umrov o’ymasi
bilan to’sh-umrov bo’timini hosil qiladi. Bu elka kamari.
suyaklarining ko’krak qafasiga birlashgan yagona joyidir. ;
Erkin qo’l skeleti bunga elka suyagi bilak, tirsak va qo’l panja suyaklari kiradi. Elka suyagi-uzun naysimon bo’lib, o’rta qismi, yuqori va pastki qismi uchlari bor. Uning yo’ton tortgan yuqori uchida sharsimop boshchasi bor. Anatomik bo’yni bor. Shu erda katta-kichik dumboqchalaridan iborat. Ularni egatlar bir-biridan ajratib turadi. Dumboqchalardan pastga qarab 2 ta qirra tushadi. Dumboqchaning ostida suyakning tor qismi bor. Elka suyagi ko’pincha shu erdan sinadi, uni xirurgik bo’yin deb ham ataladi. Suyakning distal uchi oldindan orqaga qarab yassilangan va oldinga sal qiyshaygan. Uning uchini yon tomoniga kengayuvchi qismlarning g’adir-budir tepachalari bor. Medial tomonida esa medial tanachasi, lateral tomonida lateral tepachasi bor. Bularga qayiqsimon, yarim oysimon, uch qirrali, no’xatsimon,trapediyasimon katta va kichik suyakdar, boshchali va ilmoqli suyaklar kiradi. Kaft suyaklari. Naysimon 5 ta suyaklardan iborat bo’lib, ularning har birida diafiz boshchasi va asosi bor. Kaft suyagining boshchalarida sharsimon bo’g’im yuzalari mavjud, ular barmoqlarning asosiy falangalari bilan bo’g’im tuzadi. Kaft suyaklari bosh barmoq tomonidan hisob qilinadi (I-V). Qo’l panjasi barmog’ining’ falangalari naysimon bo’lib, birinchi barmoqdan tashqari har birida uchtadan falanga (asosiy, o’rta va tirnoq falangalari) bor, Bosh barmoqda 2 ta asosiy va tirnoq falangalari bor. Har bir falangani diafizi distal va proksimal uchlardan iborat.
Elka bo’g’imi. Sharsimon elka suyagining boshchasidan va ko’rak suyagining bo’g’im chuqurchasidan hosil bo’ladi.
Tirsak bo’g’imi murakkab bo’g’imlardir. Uchta suyakning birlashuvidan vujudga keladi. Tirsak bo’g’imi uchta ayrim bo’g’im elka-tirsak, g’altaksimon, elka-bilak sharsimon bo’g’imlarga va bilak-tirsak tsilindrik suyaklar o’rtasidagi proksimal bo’timlardan iborat. Elka-tirsak bo’g’imi. Elka-bilak bo’g’imi. Bilak suyagi bilan tirsak suyagi o’rtasidagi proksimal bo’g’imlar. Bilak suyagi bilan tirsak o’rtasida distal bo’g’im-tsilindrik shaklda, bilak-kaft usti bo’g’imi-ellipssimon bo’g’imdir.
Oyoq skeleti. Chanoq kamarining suyaklari va erkin oyoq suyaklari: (son suyagi, boldir va panja suyaklari) kiradi. Chanoq suyagi-3 ta suyakni birikishidan hosil bo’ladi (yonbosh, qo’ymich va krv suyagi). Bu suyaklar 16--18 yoshda bir juft chanoq suyagi bo’lib qo’shiladi.
Qo’ymich kosasi-chanoq suyagining tashqi chuqurchasiga o’xshab
turadi. Uning pastki qismida quymich o’ymasi bor. Qo’ymich kosasidan
yuqori tomonga keng yassi suyak-yonbosh, suyagi, qirralanadi. Qirra
bo’ylab, 3 ta g’adir-budir chiziq bor. Ularga muskullar yopishadi.
Chanoq suyaklarining birlashmalari. Chanoq suyaklarning bir biriga qov birikmasi, dumg’aza esa dumg’aza yonbosh bo’g’imi, shuningdek boylamlar birlashtiradi. Dumg’aza yoibosh bo’timi-dumg’aza va yonbosh suyaklarning quloqsimon yuzalaridan x,osil bo’ladi.
Kov birikmasi. Qov suyaklarning qov yuzalaridan hosil bo’lgen qavariq tog’ay bu yuzalarni bir-biriga mahkam birlashtiradi. Yana qov birikmasini boylamlar mustahkamlab turadi.
Butun chanoq. Ikkita chanoq suyagi, dumg’aza va dum suyaklarining qo’shilishidan halqa suyak hosil bo’ladi. Chanoq 2 ga bo’linadi: katta chanoq va kichik chanoq. Kattasi yonbosh suyagining qanotlari bilan chegaralanadi. Kichik chanoq bo’shlig’ining 4 ta devori bor. Oldingi devori-qov birikmasida va qov suyaklarining bu birikmaga taqalib turadigan qismlardan tashkil topadi. Orqa devori dumg’aza dum va dum suyaklaridan hosil bo’lgan.
Son suyagi naysimon suyaklarning eng kattasidir. Yuqori qismida (uchida) son suyagining boshchasi medial tomonga va yuqoriga burtib chiqqan boshchasining sferik shakldagi bo’g’im yuzasi bor. Bu yuza sharning 2-3 qismini tashkil qiladi. Boshchasida chuqurchasi bor. Unda boylam bilan yopishadi. Son suyagining bo’yni bor: bo’yin bilan diafizi chegarasida 2 ta do’mbog’i bor. Katta kichik po’sti bor.
Son-suyagining akromial o’sig’iga birlashib bo’g’im tuzadi, bundan tashqari kam harakat akromial-umrov bo’g’imi vujudga keladi. Umrovning to’sh suyak tomonidagi uchi to’sh suyagining umrov o’ymasi bilan to’sh-umrov bo’g’imini hosil qiladi. Bu elka kamari suyaklarining ko’krak qafasiga birlashgan yagona joyidir.
Erkin qo’l skeleti bunga elka suyagi bilak, tirsak va qo’l panja suyaklari kiradi. Elka suyagi-uzun naysimon bo’lib, o’rta qismi, yuqori va pastki qismi uchlari bor. Uning yo’g’on tortgan yuqori uchida sharsimon boshchasi bor. Anatomik bo’yni bor. Shu erda katta-kichik dumboqchalardan iborat. Ularni egatlar bir-biridan ajratib turadi. Dumboqchalardan pastga qarab 2 ta qirra tushadi. Dumboqchaning ostida suyakning tor qismi bor. Elka suyagi ko’pincha shu erdan sinadi. Uni xxurugik bo’yin deb ham atalali. Suyakning distal uchi oldindan orqaga qarab yassilangan va oddinga sal qiyshaygan. Uning uchini yon tomoniga kengayuvchi qismlarning g’adir-budir tepachalari bor. Medial tomonida esa medial tanachasi, lateral tomonida lateral tepachasi bor.
Kaft suyaklari. Naysimon 5 ta suyaklardan iborat bo’lib, ularning har birida diafiz boshchasi va asosi bor. Kaft suyagining boshchalarida sharsimon bo’g’in yuzalari mavjud, ular barmoqlarning asosiy falangalari bilan bo’g’im tuzadi. Kaft suyaklari bosh barmoq tomonidan hisob qilinadi (I-V). Qo’l panjasi barmog’ining falangalari naysimon bo’lib, birinchi barmoqdan tashqari har birida uchtadan falanga (asosiy, o’rta va tirnoq falangalari) bor. Bosh barmoqda 2 ta asosiy va tirnoq falangalari bor. Har bir falangani diafizi distal va proksimal uchlardan iborat.
Elka bo’g’imi. Sharsimon elka suyagining boshchasidan va ko’rak suyagining bo’g’im chuqurchasidan hosil bo’ladi. Tirsak bo’g’imi murakkab bo’g’imlardir. Uchta suyakning birlashuvidan vujudga keladi. Tirsak bo’g’imi uchta ayrim bo’g’im elka-tirsak, g’altaksimon, elka-bilak sharsimon bo’g’imlarga va bilak-tirsak tsilindrik suyaklar o’rtasidagi proksim:al bo’timlardan iborat. Elka-tirsak bo’g’imi. Elka-bilak bo’g’imi. Bilak suyagi bilan tirsak suyagi o’rtasidagi proksimal bo’g’imlar. Bilak suyagi bilan tirsak o’rtasida distal bo’g’im-tsilindrik shaklda, bilak-kaft usti bo’g’imi-ellipssimon bo’g’imdir.
Oyoq skeleti. Chanoq kamarining suyaklari va erkin oyoq suyaklari: (son suyagi, boldir va panja suyaklari) kiradi. Chanoq suyagi 3 ta suyakni birikishidan hosil bo’ladi (yonbosh, qo’ymich va qov suyagi). Bu suyaklar 16-18 yoshda bir juft chanoq suyagi bo’lib qo’shiladi.
Qo’ymich kosasi-chanoq suyagining tashqi chuqurchasiga o’xshab turadi. Uning pastki qismida qo’ymich o’ymasi bor. Qo’ymich kosasidan yuqori tomonga keng yassi suyak-yonbosh suyagi qirralanadi. Qirra bo’ylab 3 ta g’adir-budir chiziq bor. Ularga muskullar yopishadi. Yonbosh suyakning oldingi va orqa o’siqlari bor, ular ustki va pastki o’siqdaridan iborat. Yana katta qo’ymich o’sigi va o’ymasi bor. Yonbosh suyagining chuqurchasi bor, qo’ymich kosasidan pastroqda suyak halqa bilan chegaralangan berkituvchi teshik ko’rinadi. Ana shu xalqaning oldingi qismi qov suyagidir. Orqadagi qismi qo’ymich suyagidan hosil bo’lgan. Qo’ymich suyagi sohasidagi qo’ymich o’sigi bilan qo’ymich dumbog’i bor, ularning orasida qo’ymich o’ymasi bor.
Chanoq suyaklarining birlashmalari. Chanoq suyaklarning bir biriga qov birikmasi, dumg’aza esa dumg’aza yonbosh bo’g’imi, shuningdek boylamlar birlashtiradi. Dumg’aza yonbosh bo’g’imi-dumg’aza va yonbosh suyaklarning quloqsimon yuzalaridan hosil bo’ladi.



Download 74.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling