Mavzu: Ogahiy tarixiy asarlarida terminlarning qo’llanilishi


Download 1.14 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1018344
  1   2   3
Bog'liq
ABDURASHIDOVA MAFTUNA.

Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3- bosqich 520- guruh talabasi Abdurashidova Maftunaning Oʻzbek terminologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU:Ogahiy tarixiy asarlarida terminlarning qo’llanilishi

Mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy tomonidan 1825–1874-yillarda Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlab bitilgan “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” va “Shohid ul-iqbol” asarlarida xonlik hududida yashagan o‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq millatlarining ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, xonlikning Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi, Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari bilan o‘rnatgan turfa munosabatlari, o‘zaro to‘qnashuvlar, savdo-sotiq aloqalari, norozilik qo‘zg‘olonlari, xalqlarning mentaliteti, urf-odatlari keng yoritilishi qatori, davr o‘zbek adabiy tilining leksik boyligi, sintaktik qurilishi o‘z ifodasini topgan. Ogahiy asarlari so‘z boyligida ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ma’naviy, diniy, ilmiyma’rifiy va boshqa terminlar sistemasi yaqqol ko‘zga tashlanadi

Ushbu terminologik tizimni shakllantirishda asl o‘zbek(turk)cha qatlam kabi arab, fors-tojik, mo‘g‘ul, xitoy va qisman, rus tilidan kirib kelgan istilohlar muhim rol o‘ynagan. Mazkur maqolada Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga doir asarlarida qayd etilgan o‘zlashma qatlam tarkibida juda qadimdan turkiy (o‘zbek) tilida faol ishlatilgan istilohlarning fonetik va semantik qurilishiga diqqat qaratildi, soha terminologiyasi tizimidagi muayyan tilning o‘rni, maqeyini belgilashda lingvistik va ekstralingvistik omillar hisobga olindi.

So‘z o‘zlashtirish har qanday til lug‘at tarkibining shakllanishi va boyishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. So‘z o‘zlashtirish lingvistik va ekstralingvistik olimlar bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, uning ta’sirini sezmagan bironta til dunyoda bo‘lmasa kerak. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy-madaniy va boshqa munosabatlar natijasi o‘laroq, bir tildan ikkinchi tilga tovushlar, so‘zlar, terminlar o‘zlashadi. Ayni shunday vaziyat, holat qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyoti bosqichlarida ham yaqqol namoyon bo‘lgan. Ma’lumki, qardosh turkiy xalqlar moziyda turkiy bo‘lmagan xalqlar, mamlakatlar bilan yaqindan aloqaga kirgan, savdo-sotiq, diplomatik, diniy-madaniy, siyosiy, ijtimoiy munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Bunday munosabatlar bois turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatikasida noturkiy tillarga xos elemantlar paydo bo‘lgan


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling