Mavzu: O’gitlar: "Devonu lug’atut-turk" asari
Download 17.45 Kb.
|
Devonu lug
12.05.2022 yil. Mavzu: O’gitlar: “Devonu lug’atut-turk” asari. Maqsad: Ta’limiy: “Devonu lug’atut-turk” asari haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: O'quvchilar on-giga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko'ngillik tuyg'ularini singdirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni ko'rgan-bilgan, eshitgan, o'qiganlari yuzasidan xulosa chiqarish. Devonu lug‘otit turk»-adabiy manba. Unda turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she'riy parchalar o‘rin olgan. «Devon»da keltirilgan she'riy parchalardan 150 satrga yaqini islom davri she'riyatiga xos bo‘lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g'azal, qit'a parchalari bo‘lib, muallif ularni «bayt» deb ataydi.«Devon»dagi qo‘shiqlar ko‘proq jangnoma xarakterida bo‘lib, ba'zi yirik she'riy parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «Uyg'urlar bilan jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan. Kitobda sanab o‘tilgan 20 qabila bu bosh turkiy qavmlar nomi xolos. Ularning har biri, o‘z navbatida, mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Masalan, muallif o‘g‘uz turkmanlarning 22 qismga bo‘linishini aytib, har birining nomini keltiradi. Asar birgina tilshunoslik, etnografiya emas, tarix, geografiya, folklor va adabiyotshunoslik, hatto tibbiyot kabi bir qator fanlar nuqtayi nazaridan ham qimmatli ma'lumotlar bera oladi. Masalan, Koshg'ariy buquq (bo‘qoq) so‘zini izohlar ekan, uning kasallik sifatidagi ta’rifini beradi, tarqalish doirasini belgilaydi, patalogiyasini tasvirlaydi, naslga o‘tishiga diqqatni qaratadi. o’g’lim, senga qoldirdim o’git, Unga amal qil. Olimlarga yaqinlash, baxra olgil, Tutib dil. O`rgan uning bilimin, Borgin uning sari. Qutlug’ ishga bo’ysungin, Kibrni quv nariAqlli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u xar qanday o’git-nasixatni xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining tezligi kush parvoziga qiyoslanadi: Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar, Olim kishi o’git bersa, darxol uqar. Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan. «Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi o’qtiriladi: Ulug’liging oshsa agar. Xushxulq bo’lg’il. Bek yonida xalq uchun Xo’b ish qilg’ilKishilar o’rtasidagi totuvlik, axillikning muximligini xam quyidagicha ifodalaydi: Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik. Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiqYAna bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi, o’zgalar manfaati uchun ham xarakat qilishi lozimligini aytadi: Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga, Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqaShoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida: Kimning ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi Download 17.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling