Mavzu: Og`riq va og`riqsizlantirish haqida tushuncha. Narkozning turlari va bosqichlari, asosiy narkotik dori vositalari va ularning xossalari. Bemorlarni narkozga tayyorlash. Reja


Qitiqlovchi moddalarning ta`siri va ularning qo`llanilishi


Download 42.1 Kb.
bet6/8
Sana06.04.2023
Hajmi42.1 Kb.
#1335713
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Og`riq va og`roqsizlantirish

12.Qitiqlovchi moddalarning ta`siri va ularning qo`llanilishi.
Bu moddalar to`qimaga mahalliy ta'sir ko`rsatib, sеzuvchi nеrv rеtsеptorlarini jonlantiradi va mahalliy o`zgarishlar (qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi, qon tomiri kеngayadi, to`qimaning oziqlanishi yaxshilanadi) kuzatiladi.
Tеrida va shilliq pardalarda sеzuvchi nеrv rеtsеptorlari joylashgan bo`lib, ular og`riq, issiq va sovuq, kimyoviy ta'sirlarni payqaydi. qitiqlovchi moddalar ushbu rеtsеptorlarni qo`zg`atib, nеrv tizimi orqali mahalliy qon tomirlarini kеngaytirib, trofikani yaxshilaydi. Shu sababli qitiqlovchi moddalar yallig`lanish jarayonini kamaytiradi, akson-rеflеks va og`riqni kamaytiruvchi ta'sir ko`rsatadi.
Sovuqni sеzish rеtsеptorlari qo`zg`atilganida ko`pincha rеflеktor yo`l bilan koronar, miya qon tomirlari kеngayadi. Shu sababli bu rеtsеptorlarni qo`zg`atadigan dorilar (mеntol va boshqalar) koronar tomirlarning spazmida ishlatiladi.
Qitiqlovchi modda sifatida ko`p qo`llaniladigan gorchichnik (xantal), gorchichnik spirti, kamfora spirti, skipidar (tozalangan), etil spirtini (40 %) aytish mumkin. Ular nafas a'zolari yallig`lanishida, miozit, nеvrit, poliartrit kasalliklarida sirtga suriladi.

MNT qo'zg'alishi vaqtida kasalga kiehik dozalarda barbituratlar yoki trankvilizatorlar berish zarur. Bundan tashqari, kislorod beriladi, yurak-tomir tizimi faoliyatini tiklovchi preparatlar yuboriladi (efedrin, strofantin va boshqalar). Nafas susaysa, sun'iy ravishda nafas oldiriladi. Novokain ayrim hollarda allergiya holatini keltirib ehiqarishi mumkin. Bunda teriga toshma toshadi, teri qiehishib qizaradi va shishadi. Bu holatda mahalliy anestetiklami yuborish to'xtatiladi va gistaminga qarshi antiallergik preparatlar (dimedrol, tavegil, suprastin) tavsiya etiladi.



NARKOZ

Narkoz [yun. narkosis – karaxtlik] – sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va boshqa(lar) omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda jarrohlik operatsiyasi vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi.


Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir narkozi bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab narkoz uchun faqat efir va xloroform poya foydalanib kelingan. Kimyo fanining rivojlanishi tufayli narkoz holatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi.
Narkozni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyatsion (nafas yoʻllari orqali), noingalyatsion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsion narkoz (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yuborilganda) farq qilinadi. Ingalyatsion narkozda efir, flyutan, siklopropan va boshqa(lar) moddalarning bugʻi hilatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi.
Venaga yuborib paydo qilinadigan narkozda, asosan, uyqu dorilri – barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, mushak ichiga qilinadigan N. kamdan-kam qoʻllanadi.
Koʻpincha, vena N. i bilan ingalyatsion N. birgalikda amalga oshiriladi. Bunda muolaja narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgan, ingalyatsion N. berishga oʻtiladi. Narkoz vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus N. apparatlarning qoʻllanilishi N. berayotgan vrach – narkotizator (anesteziolog)ga bemor organizmining barcha faoliyatlarini idora etish imkoniyatini beradi.
Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bemalol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan N. dan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.

Download 42.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling