Og‘riqsizlantirish. Operatsiyada og‘riqsizlantirish (anesteziya) maqsadida umumiy ingalatsion narkoz va mahalliy anesteziya qo‘llaniladi. Ba’zan orqa miya anesteziyasi qilinadi, buning uchun sezuvchanlikni falaj qiladigan eritmalar — novokain, lidokain orqa miya kanaliga yuboriladi.
Mahalliy anesteziya va orqa miya anesteziyasida bemorlarning hushi joyida bo‘ladi, bu qayd etilgan usullarning kamchiligi hisoblanadi. Chunki orqa miya anesteziyasi bilan qilinadigan operatsiya og‘ir operatsiya hisoblanib, juda toqatli bemorlargina yaxshi ko‘tarishadi. Anesteziyaning har bir turi — mahalliy anesteziya ham, umumiysi ham malaka va ko‘p tajriba talab qiladi.
Umumiy narkoz. Umumiy ingalatsion narkoz ko‘proq qo‘llaniladi, bunda bemor narkotik moddalarning bug‘lari bilan nafas oladi. Odatda, narkoz sifatida efir ishlatiladi, kichik operatsiyalar uchun esa, ba’zan xloretil qo‘llaniladi.
Efir tiniq suyuqlik bo‘lib, g‘alati hidi bor, u juda tez bug‘lanib, badanni qattiq sovitadi; efir oson alangalanadi, shu sababli uni olovdan ehtiyot qilish kerak. Efir ochiq bankada va yorug‘da turganda tez parchalanadi.
Narkozga 20—30 minut qolganda bemorni tinchlantirish va yaxshiroq uxlatish uchun terisining ostiga morfin yoki pantopon yuborish, shuningdek, nafas yo‘llari shilliq pardasining sekretor
Do'stlaringiz bilan baham: |