Ilmiy tadqiqot metodlari
Ishda quyidagi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi:
1.Ilmiy uslubiy adabiyotlar va manbalar, vaqtli pedagogik matbuotda, Internet saytlarida (masalan, ziyonet.uz da) malakaviy bitiruv ishi mavzusiga tegishli ma‘lumotlarni o‘rganish va tahlil etish;
2. O‘qitish amaldiyotida ilg‘or pedagogik tajriba va texnologiyalarni o‘rganish va umumlashtirish;
3.Olingan natijalarni taqqoslash va amaliyotda qo‘llash metodlarini qiyosiy xarakteristikalarini tahlil etish;
Kurs ishining ilmiy ahamiyati.
Ish ma‘lum ilmiy uslubiy ahamiyatga ega, unda:
1. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblashlar usullari va fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning usullarini nazariy asoslanishi, qayta tahlil qilinib, ishlab chiqilgan;
2. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarga doir misol va mashqlarni yechishda o‘quvchilarni masalalar yechish texnologiyalari bilan birga og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini qo‘llay olishga o‘rgatish metodikasi xususiyatlari bayon qilingan.
Kurs ishining amaliy ahamiyati
Ish natijalaridan boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni, og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘rgatish metodikasi matematika o‘qituvchilariga, matematika fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda, o‘z ish va ilmiy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi.
Ish kirish, asosiy qism 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Olingan natijalarning qisqacha mazmuni
Ishda boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni o‘qitishda o‘quvchilarni og‘zaki va yozma hisoblashlar usullari mazmun mohiyatini chuqur egallash metodikasining, 100 gacha va jadval Bilan va jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lishda bir xonali va ikki xonali sonlari ustidagi amallarni bajarishdagi metodik xususiyatlari ochib berilgan hamda bunda maxsus mashqlar maxsus sistemasi, testlar majmuidan, qiziqarli masalalardan hamda maxsus tanlangan matnli masalalar yechish usullariga o‘rgatish va konkret mavzular misolida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblashlar usullarini o‘rganishda hisoblash malakalarini rivojlantirishga doir misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |