Mavzu: Oila budjeti Reja
Download 21.53 Kb.
|
oila budjeti
OILADA IQTISODIYOT
To‘g‘ri tashkil qilish omili Iqtisodiy tarbiya, xususan, tejamkorlik tarbiyasi oiladan boshlanadi. Misqollar, vatlar va daqiqalar hisobini qilishni bilmaydigan yoki istamaydigan kishi xo‘jasizlik illatini yuqtirgan kishi deyish mumkin. 0 ‘z uyida chinakam tadbirkor - xo‘jayin bo‘lgan kishi - bu ko‘pincha ishlab chiqarishda, jamoa xo‘jaliklarida, qurilishda va muassasada ham haqiqiy xo‘jayindir. Qotgan non burdasini chiqitlar qatori axlat yashigiga tashlamaydigan odam keraksiz buyum sifatida tashlab yuborilgan detal yonidan beparvo o‘tib ketmaydi. Gap aql zakovat bilan ehtiyojning mustahkam birligi ustida emas, balki, awalo, oilada mehnat va ter to‘kish evaziga orttirilgan barcha narsalarga tejamkorlik va jonkuyarlik bilan munosabatda bo‘lmay turib, hech qanday farovonlik bo‘lishi mumkin emasligi ustida bormoqda. Buning uchun, albatta, uy-ro‘zg‘omi tejamli yuritishning oqilona usullarini qo‘llash va shakllantirish kerak bo‘ladi. Umuman, hech kim, hech mahal o'zini isrofgar yoki ziqna deb bilmaydi. Ko‘pchilik bizningcha o‘rtamiyonalikka intiladi, bu yaxshi. Biz aslida shundaymiz, lekin boshqacha bo‘lishni istaydigan kishilar hammiz. Goho bizga nokerak deyilgan narsaning kerakligini shipshitib qo‘yish, maslahat berishgina kifoyadir. Har qanday xo'jalik - xoh biron korxona, xoh hissadorlik jamiyati, xoh jamoa xo‘jaligi yoki mahalla va uy-joy bo‘lsa -muayyan iqtisodiy negizda olib boriladi. Bizning uy-joyimiz,o‘zimiz yashaydigan, sevadigan, o‘qiydigan, bolalamio'stiradigan, katta kishilar bo‘ladigan nabiralar bilan yosharadigan oiladir. Har birimizning ongimizda tejash tartibi -boyligimiz yo‘li, hammamiz va har birimizning farovonligimiz asosi ekanligi tushunchasining qaror topishi judamuhimdir.Xalqda «Pulni o‘ylamay sarflash oson» degan naql bor.Pulni o‘zingizga aynan shu kunda zarur bo‘lgan narsaga,oilangizga eng ko‘p foyda keltiradigan qilib sarflash oson emas. Bu o‘ylab ko‘rishni, muayyan iroda va bilimni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ko‘plarimiz xarajatlarni rejalashtirganimizda kelgusi yil u yoqda tursin, aqalli bir oy keyingi davrga nazar tashlaymizmi? Yo‘q albatta. Lekin oila iqtisodi rejasiz bo‘lmaydi va bo‘lmasligi kerak. Tejamkorlikning xasislikka sira dahli yo‘q. U pulni xaridlarga yaxshi o'ylab sarflashni, xo‘jalikni oqilona yuritishni, oziq-ovqat mahsulotlaridan maqsadga muvofiq foydalanishni va buyumlami avaylashni bildiradi. Har qanday daromadlarda ham atrofimizdagi buyumlami uzoq vaqt yaxshi holatda saqlashga harakat qilmog‘ingiz kerak. Kiyimkechakni o‘z vaqtida tikib, yamash, uy-ro‘zg‘or buyumlarini to‘g‘ri ishlatish, ular butligi muddatini uzaytiradi. Xullas kalom o‘z oilamizda mahalla va yurtimizda chinakam xo‘jayin bo‘laylik. Ro‘zg‘or yuritishni bilamizmi - deganda hammaga tanish shinam uy, saranjom-sarishtalik, dazmollangan liboslar, yuvilgan pol-u, tuvaklardagi guUar, tayyor taomning xushbo‘y hidi singari tasawurlar bo‘ladi. Biroq shunisi ham borki, ro‘zg‘or yuritish haqida kitob yozish turmushimizdan astasekin unut bo‘la bormoqda: ayollarimiz erkaklar bilan bir safda turishib ishlaydilar. Uy-chi? Ha, endi uy-ro‘zg‘orishlari uncha muhim hisoblanmay qoldi. Har kim o‘zicha bir ish qilganday boiadi, onalar va buvilar tajribalariga tayaniladi. Bu — noo‘rindir. Download 21.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling