Mavzu: oila funktsiyasi,oila tiplari va rollari


Oilaning tarbiyaviy funksiyasi


Download 139.89 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi139.89 Kb.
#1339426
1   2   3   4
Bog'liq
Oila funktsiyasi, oila tiplari va rollari

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi
Bu funktsiya bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona — san’atkor, bola — san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug‘, mahallaning ham ta’siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish) paydo bo‘lishi tashvishlanarli hollardan biridir
Oilaning kommunikativ funksiyasi
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o‘zaro, ichki mulokot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Oilaning rekreativ funksiyasi
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlar, undagi shaxslararo munosabat talablari quyidagicha bo‘lgan:Oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash ,mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish va shu kabilar.
Oilaning rekreativ — o‘zaro jismo­niy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zo­lari dam olishini tashkil etish funksiyasidir. Bu funksiya keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmokda.

Download 139.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling