Mavzu: oila funktsiyasi,oila tiplari va rollari


Oilaning relaksatsiya funksiyasi


Download 139.89 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2023
Hajmi139.89 Kb.
#1339426
1   2   3   4
Bog'liq
Oila funktsiyasi, oila tiplari va rollari

Oilaning relaksatsiya funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda, ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermokda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o‘zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishni taqozo qiladi.
Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir bo‘lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga ja­miyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta’sir etadi. Shunday ekan, jamiyatni sog‘lomlashtirish uchun eng avvalo, oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini ham hal qilishga hissa qo‘shishini ta’minlash lozim.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 139.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling