Mavzu: oila psixologiyasi Reja: Oila haqida tushuncha


Download 1.43 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1350031
Bog'liq
Oila psixologiyasi.

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti

Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi 18-20 guruh talabasi ochilova mashhuraning „umumiy psixologiya” fanidan „oila psixologiyasi”mavzusida tayyorlagan

taqdimoti

Mavzu:oila psixologiyasi

Reja:

1.Oila haqida tushuncha.

2.Oilaviy hayotga psixologik tayyorgarlik tushunchasi.

3. Oilaning funksiyalari haqida.


Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgani sari odamlarning o’zlari ham, ularning bir –birlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari ham,ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida
eng samimiy,eng yaqin bo’lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi.

Oila jamiyatning poydevorini Tashkil etadi


Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’ĝini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Jamiyat va davlatning farovonligi gullab –yashnashi bevosita shu jamiyatdagi oilalarning moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkamligiga boĝliq.
Kovolyov o’smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo’lishlari juda muhimdir deydi.Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama –qarshi tushunchalar ekanligi bilan kuzatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir –biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalarda umr yo’ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o’rinda ya’ni hurmat qilish, ishonch, bir –birini tushunish kabi xislatlardan keyingi o’rinda turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar.Natijada juda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o’smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh, oiladagi sevgining roli muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o’qitishdir.
Zapepin.V. I ning ta’kidlashicha talabalar bilan bo’lgan natijalarda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularning tasavvurlaridagi umr yo’ldoshi real hayotdagi insonlardan katta farq qiladi va ularning talablariga umuman javob bera olmaydi.

Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari

  • Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari

Inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat.

Oilaning reproduktiv funksiyasi


Reproduktiv funksiya- jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish funksiyasidir.
OILANING TARBIYAVIY FUNKSIYASI
Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi.Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi.
OILANING KOMMUNIKATIV FUNKSIYASI
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan extiyojini qondirishga xizmat qiladi.Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlar kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvi ortib borishi, oilalarning tobora murakkablashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining ahamiyati,oila a’zolarining bir-birlari bilan odamlarcha suhbatlashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Oilaning rekreativ funksiyasi


Oilaning rekreativ funksiyasi-o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam olishini tashkil etish demakdir.
OILANING FELITSITOLOGIK FUNKSIYASI
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir. Italyancha „felitsite”- baxt degani. Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir. Ayni shu baxtga intilish insonni oila qurishga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning to’rtdan uch qismini oiladan oladi, qolgan qismini esa boshqa narsalardan topadi.
OILANING REGULYATIV FUNKSIYASI
Bu funksiya oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirishni ifodalaydi.
Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy, jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.
OILANING RELAKSATSIYA FUNKSIYASI

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling