Mavzu: oila va salomatlik


Download 48.26 Kb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi48.26 Kb.
#190086
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2f0c255e571c4e99ba2b66862b385028


MAVZU: OILA VA SALOMATLIK.

SOG‘LOM AVLODNI SHAKLLANTIRISH

Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir”.



Islom Karimov

Oila - butun jamiyat taraqqiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, taraqqiyotga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi omil hamdir. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim bir bo‘g‘ini sifatida qaraladi, bu nafaqat shaxsiy masala, balki u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, komil inson – har tomonlama farovon, bekamu-ko‘st, sog‘lom oilada tarbiya topadi, ulg‘ayadi. Sog‘lom avlodni voyaga etkazish, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustivor masalasi sifatida e’tirof etiladi. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi - sog‘lom, axloqiy barkamol oiladir. Hozirgi sharoitda oilalarga umum insoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan holda, sharqona axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Darhaqiqat, jamiyatning muqaddas maskani bo‘lgan oilada millatning unutilmas qadriyatlari shakllanadi. Oilaning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Xalqimizda “Salomatlik tuman boylik” degan ibora bejiz aytilmaydi. Salomatlik - odam organizmning biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir 4 kishi uchun baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo‘lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yondashish jamiyat barcha a’zolarining turmush va axloq normasi bo‘lmog‘i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o‘z tanasining tuzilishini har qaysi to‘qima va a’zolarining normal ish faoliyatini, o‘sish, rivojlanish va ko‘payishi qonuniyatlarini bilishi zarur. SHuningdek, barcha tirik mavjudodlar kabi, odamga ham xos bo‘lgan bu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi. Ota-onaning salomatligi, tibbiy savodxonligi, oilada yo‘lga qo‘yilgan sog‘lom turmush tarzi farzandlarning sog‘lom, baquvvat bo‘lib voyaga etishishiga eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Zero, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish avvalo oiladan boshlanadi. Zamondoshlarimiz o‘z sog‘ligini saqlash va mustahkamlash yo‘nalishida ajdodlarimizga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlarni “sog‘lom turmush tarzi” degan ibora o‘z ichiga qamrab oladi. Sizga taqdim etilayotgan ushbu risola orqali ham sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlarini ochib berishga harakat qildik.




Download 48.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling