Mavzu: oila va salomatlik


Sog‘lom onadan - sog‘lom farzand


Download 48.26 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi48.26 Kb.
#190086
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2f0c255e571c4e99ba2b66862b385028

Sog‘lom onadan - sog‘lom farzand

Respublikamizda yoshlarning turmush qurishi uchun «Oila kodeksi»ga asosan erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh belgilangan.

Dalillarga asoslangan tibbiyot xulosalari bo‘yicha oila qurish uchun eng qulay davr qizlar uchun 20-24 yosh, yigitlar uchun 24-26 yosh va ularning yoshlari orasidagi farq 3-6 yoshgacha bo‘lgani ma’qul. Avvalo yigit va qizlarimiz turmush qurishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.

Bu irsiy kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Irsiy kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillarga yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar kiradi. Bunday oilalarda ko‘pincha aqliy va jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar tug‘ilishi mumkin. SHuningdek, spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan, tamaki chekuvchi va giyohvandlikka ruju qo‘ygan oilalarda tug‘ma nuqsonli va aqli zaif farzandlar dunyoga kelishi mumkin.

Farzand ota-onaning ezgu orzusi, quvonchi, baxti. Har bir ona farzandining sog‘lom, zuvalasi pishiq, baxtli-saodatli bo‘lib o‘sib ulg‘ayishi uchun qayg‘uradi va chaqaloq tug‘ilmasidan turib shunga tayyorgarlik ko‘radi. Ona suti bolani sog‘lom va baquvvat rivojlanishi uchun eng muhim ozuqadir. Ona suti tarkibida bola o‘sishi va rivojlanishi uchun kerakli barcha ozuqalar mukammaldir. Ona suti suyuq, engil xazm bo‘luvchi va etarli kaloriyaga ega bo‘lgan, turli mikroblardan holi, pishirish va isitish talab qilmaydigan tayyor ozuqadir. Og‘iz suti bu yangi tuqqan ayol ko‘kragidan 1-1,5 kun ichida ajralib chiqayotgan sarg‘ish shirali cho‘ziluvchan suyuqlik bo‘lib, bola uchun o‘ta foydalidir. Og‘iz suti bolani ichaklarini tozalaydi, infeksiyadan saqlaydi va baquvvatlashtiradi. Og‘iz sutini birinchi emlash deb ham ataladi.

Ona suti turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy bo‘ladi. Ko‘krak suti emgan bola tetik va kasallikka kam chalinadigan bo‘ladi. U barvaqt onani taniy boshlaydi, onaga intiladi, bu bolada ilk mehr kurtaklarini uygotadi. Ona o‘z farzandiga tabiatning mo‘jizasi - sut orqali butun borligini berar ekan, ona salomatligiga ham ijobiy ta’siri bordir. Emizikli onalarda modda almashinuvi ancha jadal kechadi, bu esa ona ishtahasini yaxshi bo‘lishiga, kayfiyatini ko‘tarilishiga olib keladi, ruhiy engillik sezadi, oila a’zolariga nisbatan ahilligi ortadi. Ko‘krak suti bilan boqish bola sog‘lig‘i va uning barkamol inson bo‘lib o‘sishi uchun zarurdir.




Download 48.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling