Mavzu: oila va salomatlik
Download 48.26 Kb.
|
2f0c255e571c4e99ba2b66862b385028
OILA VA SALOMATLIK
Oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, sadoqat, sabr- toqat asosida o‘rnatilishi reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. OILA - reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lib, milliy urf-odatlarimiz asosida uzoq yillar mobaynida shakllanib kelgan. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan qonunlashtirilgan, o‘zining avlodi, nasli uchun jismoniy, ahloqiy- ma’naviy va huquqiy ma’suliyatni ixtiyoriy-majburiy ravishda o‘z zimmasiga olgan jamiyatimizning muhim bo‘lagidir. Mo‘‘tadil ruhiy vaziyat sog‘lom oilani shakllantirish uchun zarur shartlardan biridir. Oilada barpo bo‘lgan birinchi kunidan boshlab, kundalik turmushni oila a’zolari sog‘lig‘ini mustahkam bo‘lishi uchun harakat qilish zarur. Asosan: – Oila a’zolarini sog‘lom turmush tarzidan bilimdon va malakali bo‘lishlariga erishish; – Doimo o‘z vaqtida profilaktik tibbiy ko‘rikdan muntazam ravishda o‘tib borishlarini kundalik ko‘nikmalariga kiritishlariga erishish; – Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish; – Ruhiy hotirjamligini ta’minlash va saqlash; – Oila raxbari tomonidan muntazam ravishda oila a’zolarini dam olishlarini ta’minlash; – Zararli odatlarning bo‘lmasligi; – To‘g‘ri ovqatlanishni 12 tamoyiliga rioya qilish; – Jismoniy tarbiya va chiniqtiruvchi mashqlarni oila a’zolari bilan birgalikda muntazam ravishda olib borish; – Oila a’zolarida ozodalik va orastalik ko‘nikmalarini shakllantirib, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish. Oila a’zolarining salomatligini ta’minlash, ularning baxtli bo‘lishi avlodlar iqtidori va nasl-nasabi yaxshilanib borishida har bir oilada yuqoridagi ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etigan taqdirdagina amalga oshadi. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlar qo‘shnilarining salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. CHunki, insonning eng pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakillanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir, deya ta’kidlaganlar. Jamiyatning muqaddas maskani hisoblangan oilada millatning unutilmas qadriyatlari shakllanadi. Oilada ahillik, totuvlik bo‘lishi lozim. Agar bu narsa bo‘lmasa oilaga putur etib, uning majburiyatlari buziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, farzandlari ota-onalari oldida ma’suliyatli va burchli bo‘ladilar. Oilaning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi-sog‘lom, axloqiy barkamol oiladir. Hozirgi sharoitda oilalarga umum insoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan holda, sharqona axloqiy va ruxiy asoslar takomillashib bormoqda. Oilada sog‘lom axloqiy muxit, o‘zaro muomala madaniyati, axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa, oilada bo‘shliq, salbiy oqibatlarning qaror topishi muqarrar. Oilada axloqiy asoslar sog‘lom bo‘lmasa, o‘sib unayotgan “Umr daraxti” sinadi va hosil bermaydi. Oila mustahkam poydevorga qurilib, unda sharqona va 7 jaxon andozasiga monand axloqiy va mana’viy qadriyatlar qaror topsa, sog‘lom avlodni voyaga etkazishda etakchi o‘rinni egallasa, bunday oila ostonasidan Vatan, millat, inson kamoloti, yangi sog‘lom avlod kelajagi boshlanadi. Download 48.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling