Mavzu: Oilaviy-huquqiy munosabatlar Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi
Download 122.8 Kb.
|
oilaviy huquqiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila huquqi tushunchasi va oila munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy tamoyillar
Referat Mavzu: Oilaviy-huquqiy munosabatlar Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: ____________ Oilaviy-huquqiy munosabatlar Reja:
Oila huquqi tushunchasi va oila munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy tamoyillar Oilaviy-huquqiy munosabatlar va ularning turlari Oilaviy huquqiy munosabatlarda er va xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari Oila huquqi munosabatlarida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlarining tartibga solinishi Xulosa Oila huquqi tushunchasi va oila munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy tamoyillar Oila a`zolari o`rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo`lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta`rif berib aytadigan bo`lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o`rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog`liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog`i hisoblanadi. Shu ta`rifdan ham ko`rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog`liq bo`lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Ya`ni: birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo`lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko`proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega bo`ladi, uchinchidan, oilaviy huquq sub`ektlarining huquq va majburiyatlari ularning o`zlarigagina tegishli huquq va majburiyatlar sanaladi. Demokratik huquqiy davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida shaxsiy nomulkiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo`ysunuvchi hosila xarakteriga ega bo`ladi. Oilaviy munosabatlar majmuida shaxsiy nomulkiy munosabatlar ustun bo`lishining sababi, avvalo, naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog`liqdir. Shunday qilib, oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o`rtasida, ota-ona bilan bolalar o`rtasida, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig`indisidan iborat bo`ladi. Oila huquqi printsiplari deganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini aniqlab beradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan asosiy negiz, rahbariy qoidalar tushuniladi. Oila huquqining asosiy printsiplari quyidagilardan iboratdir: Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqi printsipi Bu printsip mamlakatimiz birinchi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo`yilgan qoidaga asoslanadi. Unga ko`ra, oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega. Avvalo, oila davlat himoyasida deyilganda, vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Chunki davlatning oila xususidagi g`amxo`rligi, avvalambor, hukumat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo`lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma`naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iboratdir. Barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengligi printsipi Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat`i nazar teng ekanligi ifodalangan. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bu xalqlar do`st va birodarligini ifodalovchi o`zgarmas qoida bo`lib, uning oila huquqida aks etishi odamlarning turli millatlarga tegishliligi yoki irqqa mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi. Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqliligi printsipi Amaldagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Bu printsip konstitutsiyaviy qoidaga aylandi. Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat`i nazar fuqarolarning siyosiy tengligiga asoslanadi. Bu printsip Oila kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalangan: oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o`zaro kelishuv yo`li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g`amxo`rlik qilish, voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz oila a`zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma`naviy va moddiy qo`llab-quvvatlash hamda ularning o`zaro bir-biriga g`amxo`rlik qilishi printsipi Bu printsip oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqadi hamda ular moddiy hisob-kitoblardan xoli bo`lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi. Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va hokazolar o`rtasidagi munosabatlar, avvalo, nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog`liq bo`lgan shaxslar o`rtasidagi shaxsiy munosabatlardir. Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umumaxloqiy printsipga asoslanadi va ma`naviy me`yorlar bilan tartibga solinadi. Bu esa demokratik huquqiy davlatni muvaffaqiyat bilan qurayotgan jamiyat a`zolariga xos xususiyatdir. Oila a`zolari o`rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi mana shu printsiplarga tayanadi va ularga to`la mos keladi. Ba`zi hollarda qonun oila a`zolarining o`z yaqinlariga g`amxo`rlik qilish majburiyatini yuklaydi. Oila kodeksi 109-moddasining 1-qismiga binoan, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o`z ota-onasiga ta`minot berishlari va ular to`g`risida g`amxo`rlik qilishlari shart. Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish printsipi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasining 2-qismi va Oila kodeksi 4-moddasining 1-qismiga binoan, oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Insonning dunyoga kelishli juda katta baxtdir. U muomala layoqatiga to`liq ega bo`lgach, mustaqil ravishda o`z xohishi bilan nikoh munosabatiga kiradi, oilasida bolalar tug`ilsa, unga berilgan eng ulug` nom, unvon bu onalik, ota-lik va bolalik sharafidir. Onalik. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida onalikni himoya etishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki ayolning asosiy vazifasi insoniyat zanjirini davom ettirishdir. Shu bois onalik ham jamiyat hayotidagi muhim bir ish bo`lib qoladi. Onalik boshqa hech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin emas. Ayol kishi uchun dunyoda onalik baxtidan buyukroq baxt yo`q. Ona bo`lish, farzand ko`rish, alla aytish ayol uchun ulkan baxtdir. Otalik. Oila huquqining printsipi bo`lgan "Onalik va bolalikning muhofaza qilinishi" jumlasi yoniga amaldagi Oila kodeksiga "Otalik" degan so`z ham qo`shildi. Bu mustaqillik sharofati tufayli amalga oshdi. Chunki bu qoida to`liq ma`noda "Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi" bilan belgilanadi. Xotinning homiladorlik davri bo`lajak ota uchun ham jiddiy sinovdir. Bu davrda er bo`lajak ona va bola to`g`risida g`amxo`rlik qilishi, xotinning eson-omon farzand ko`rishiga tayyorlanib borishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratib berishda qo`lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Zero, tegishlicha ruhiy-iqtisodiy muhitning yaratilishi homiladorlikning sog`lom kechishini ta`minlaydi. Bolalik. Bola ota-onaning quvonchi, faxri, baxtidir, er-xotinni bir-biriga payvand qiladigan ham farzanddir. Bolaga mehr-muhabbat tuyg`usi onalarda g`oyat kuchli bo`ladi. Ona o`z bolasini tug`ilmasidan ancha avval sevishga va unga jonini ham berishga qodir zot. Bola paydo bo`lganidan tug`ilgunga qadar onasi hisobiga oziqlanadi, rivojlanadi. "Ona o`z jonidan jon, o`z tanidan tan ado etadi", deya bejiz aytishmagan. Ixtiyoriy va erkin nikoh printsipi Oila kodeksining 14-moddasiga muvofiq, nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo`lajak er-xotin o`z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Jamiyatda nikoh erkak bilan ayol o`rtasidagi tenglik va o`zaro xohish asosida tuzilgan erkin ittifoq va ahdnoma bo`lib, nikohdan maqsad - oila qurish, farzandlarni jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashdan iborat. Nikoh tuzishning muhim shartlaridan biri - nikohlanuvchilarning ixtiyoriy va erkin ittifoqidir. Nikohga kirishning o`zaro rozilik sharti buzilishi nafaqat uning haqiqiy emas deb topilishiga, balki g`ayriqonuniy xatti-harakat sodir etib nikohga kirishga zo`rlagan, aldagan va qo`rqitgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo`ladi. Faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish printsipi Ochiq adolatli huquqiy jamiyatda fuqaro faqat bir nikohda bo`lishi mumkin. Yakka nikohlik printsipi bizning mamlakatimizda mavjud bo`lgan yuksak istiqlol mafkurasi me`yorlaridan kelib chiqadi. Bunday qoida jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi oila munosabatlarining talablariga to`la javob beradi. Davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish printsipi Davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish printsipi Oila kodeksining 37-moddasida nazarda tutilgan. Nikohdan ajralish er-xotinning shaxsiy huquqi, ammo nikohdan ajralish ijtimoiy manfaatga ta`sir etishini, oilaning buzilishini hisobga olib davlat nikohdan ajralish tartibi va asoslarini belgilaydi. Bunda u er-xotinlarga yordam berib, o`ylamasdan qabul qilingan qarorning oldini olishni nazarda tutadi. Bolalarni mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi g`oyasi asosida tarbiyalash printsipi. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog`lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o`z maqsadlariga erishish uchun ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo`lib kelgan. Chunki mafkura jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Bolalar o`z taraqqiyot yo`llarini, ertangi kun ufqlarini milliy g`oya, milliy mafkura orqali belgilab olishga intilishlari g`oyat muhim hisoblanadi. Download 122.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling