Mavzu: Oks sivilizatsiyasinig Turkmaniston olimlari tomonidan o’rganilishi Reja


Download 18.36 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi18.36 Kb.
#1162397
Bog'liq
(Turkmaniston)referat


Mavzu: Oks sivilizatsiyasinig Turkmaniston olimlari tomonidan o’rganilishi
Reja:
1.Oks sivilizatsiyasining O’zbekiston hamda Turkmaniston hududidagi yodgorliklari;
2. Oks sivilizatsiyasi xuxusida Turkmaniston tarixchilari qarashlari


Sivilizatsiya nuqtai nazaridan qaraydigan boʼlsak ilk bronza davridan boshlab Janubiy Turkmanistonning Oltintepa va boshqa bir qator yodgorliklarida Oks sivilizatsiyasiga xos boʼlgan ilk shahar madaniyatiga, kulolchilik sohasida ikki yarusli xumdon va kulolchilik charxi kashf etilgan, metallsozlikda bronza joriy etilgan, aholining ijtimoiy holati koʼp tarkibli boʼlib, xalqaro madaniy aloqalarga asos solingan289. Demak, xalqlarning hunarmandchilik sohasida erishgan texnik, texnologik yutuqlari, jamiyatning ijtimoiy xarakteri jihatidan, yaʼni sivilizatsiyaning eng asosiy madaniy yutuqlari jihatlari boʼyicha Oks Oltintepa sivilizatsiyasining davomi hisoblanadi. Oks sivilizatsiyasining ildizi, tugʼilishi Oltintepadan boshlanadi.Birlamchi sivilizatsiyalar davrida shakllangan ilk davlatlarning tiplari ham har xil nomlar bilan atalgan290. Ilk davlatlarning shakllanish jarayonlarini, xoʼjaligi asosida paydo boʼladigan ishlab chiqarishning
xarakterini ham bir qolipga solib boʼlmaydi, shuning uchun ham ular ilk
sivilizatsiyalar singari har xil atalgandir. Quyida siyosiy birlashmalar
yoki ilk davlatlarning tiplarini ham jadval koʼrinishida berdik (II. 3.2.
jadval). Oks sivilizatsiyasi hududida shakllangan ilk davlatlar haqida ham
muhim olmiy tadqiqotlar olib borilgan 291 . Tadqiqotlarning asosiy
manbasi sifatida Baqtriyada Jarqoʼton va Margʼiyonada Gonur yodgorliklari
olingan. Mana shu ikki yodgorlik ikki tarixiy hududning markazi
vazifasini bajarganligi eʼtirof etilmoqda, hududda boshqa ilk shahar
davlatlarning shakllanishida muhim vazifani oʼtaganligi taʼkidlanmoqda.
U.I.Аbdullaev oʼz tadqiqotlarida Oʼrta Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi
tarixiga oid masalalarni tahlil qilish bilan birga, bronza davrida
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning holati, davlatchilik tizimiga oʼtish
va sivilizatsiya shakllanishining asosiy omillarini koʼrsatib berishga
harakat qilgan292.
Oks sivilizatsiyasi hududida shakllangan ilk davlatlar uchun
tadqiqotchilar quyidagi atamalarni ishlatgan: «Chifdom», «Karlikovoe» 293,
«Voha davlatlar», «Mitti davlatlar»294 va «Nom» tipidagi «shahar-davlat»
lar295.
Urbanistika sohasida olib borilayotgan soʼnggi tadqiqotlarga koʼra,
davlatchilikning «chifdom» formasi oraliq forma boʼlib, boshqaruv
apparatining shakllanmagan davriga xosligi bilan xarakterlanadi 296 .
Аdabiyotlarda «chifdom» ga tarixiy taraqqiyotning universal bosqichi
sifatida qaralmoqda. Shu fikrdan kelib chiqib, barcha jamoalar, yaʼni,
soʼnggi ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatdagi barcha madaniyatlar «chifdom»
deb atalmoqda. K.Renfryu «chifdom» bosqichidagi jamoalarni tiplarga ajratadi. «Chifdom» formasining birinchi koʼrinishi boʼyicha diniy urfodatlar va fortifikatsiya rivojlangan jamoada tabaqalashgan qabrlarning
boʼlishi shart emas. Ikkinchi tipda qabrlar tabaqalashgan, yaʼni mulkiy
toifalarga ajralgan boʼladi. Shu bilan bir qatorda fanda «chifdom» ning
hukmdorsiz jamoa formasi ham mavjud297. Bunga Ierixon yodgorligi misol
qilib koʼrsatiladi. Bu yerda boshqaruv apparati boʼlmasa-da, iqtisodiy hayot
taraqqiy etgan boʼlib, qoʼshimcha mahsulot ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan va
aholi doimiy mehnat bilan taʼminlangan. Bu ibtidoiy demokratik jamiyat
boʼlib, hukmdor boshqaruvisiz jamoani rivojlantirish yoʼlidir.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu jamoada boshqarishning sodda formasiishonch formasi boʼlgan.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Jarqoʼton yodgorligi yuqorida
koʼrsatilgan «chifdom» formasining uchta koʼrinishidan birortasiga ham
toʼgʼri kelmaydi. Аksincha, Sopolli madaniyatining boshqa yodgorligi
Copollitepa oʼzining ichki va tashqi tuzilishi, yaʼni yuqori rivojlangan
fortifikatsiyaning mavjudligi va boshqaruv apparatining yoʼqligi,
qabrlarning differentsial tengsizligi, hunarmandchilikning barcha
sohalari nihoyatda rivojlanganligi Sopollitepada tarixiy taraqqiyotning
« chifdom» shakli boʼlgan degan tushunchani beradi.
T.Sh.Shirinov tomonidan qoʼllangan «karlikovoe» iborasi ilk
davlatlar uchun birinchi marta B.Gʼ.Gʼafurov tomonidan ishlatilgan 299 .
Bizningcha, bu ibora jamiyat taraqqiyoti uchun notoʼgʼri qoʼllangan. U koʼproq
oʼsimliklar va hayvonot dunyosi uchun xos boʼlib, ularning past boʼyli
turlari uchun qoʼllaniladi.
Oʼrta Osiyoda ilk davlatlarning tarixshunosligi masalasi bilan
shugʼullanayotgan Oʼ.I.Аbdullaev taklif qilgan «mitti» iborasi ham
noilmiy xarakterga ega. Har bir soʼz oʼz oʼrnida ishlatilgan taqdirda uningjozibadorligi boʼladi. Аlbatta, mitti soʼzi davlatlar uchun qoʼllaniladi,agarda uning antonimi, yaʼni «katta» davlatlar boʼlgan holatda ishlatilsa maqsadga muvofiq boʼladi.
Bizningcha, ilk davlatlarning ijtimoiy xarakterini, ichki va tashqi
tuzilishini «shahar-davlatlar» iborasi toʼliq ochib beradi. Oks
sivilizatsiyasi hududida ilk davlatlarning shakllanish jarayonlari boʼyicha
olib borilgan ishlar buni toʼliq tasdiqlaydi.
Qadimgi Sharqning madaniy oʼchoqlaridan biri boʼlgan Janubiy
Turkmanistonning Murgʼob dehqonchilik oʼlkasida mil.av. II ming yillikda
ilk davlatlarning shakllanish jarayoni arxeologik maʼlumotlar asosida
yaxshi kuzatilgan. Vohada jami 100 dan ortiq bronza davri yodgorliklari
aniqlangan boʼlib, ular sakkizta sugʼorilish rayonida joylashgan (Keleli,
Аjikuy, Аuchin, Taip, Gonur, Toʼgʼoloq, Аdam-Basan, Tohirboy). Har bir
rayonda bitta yodgorlik oʼzining koʼlami va morfologik tuzilishi bilan
boshqalaridan ajralib turadi. Bu yodgorliklar shu kichik mikrooazislarning
markazi vazifasini bajargan.
Murgʼob dehqonchilik vohasida joylashgan sakkizta kichik oʼlkalarning
markazlari deb talqin qilinayotgan Аuchin I, Gonur I, Toʼgʼoloq 1 va Toʼgʼoloq
21 yodgorliklarida keng koʼlamdagi arxeologik tadqiqotlar oʼtkazilgan 301.
Gonur oʼlkasidagi markaziy yodgorlik Gonur I tepaligi boʼlib, uning maydoni
25 gektardan kam emas302. V.I.Sarianidi bu yodgorlikni Murgʼob vohasining
markazi sifatida koʼrsatadi. Gonur I-ikki qismdan iborat, birinchi qismda
joylashgan ibodatxona mudofaa devorlari bilan oʼralgan boʼlsa, ikkinchi
qism ochiq joyda joylashgan jamoalar yashaydigan mahallalardan iborat. Gonur I yodgorligining meʼmoriy tahlili keyingi yillarda ancha yaxshi
oʼrganilgan.


Shunday qilib, Janubiy Turkmanistonda bronza davri markaziy
yodgorliklarining umumiy maydoni 12-20 gektargacha borgan. Ular ikki
qismdan iborat boʼlib, monumental ibodatxonalar joylashgan birinchi qism
mudofaa devorlari bilan oʼralgan. Ikkinchi qism esa ochiq joyda
joylashgan, jamoalar yashaydigan mahallalar majmuasidan iborat boʼlgan.
Vohalarning markazi boʼlgan shaharlar ibodatxona mubodlari tomonidan
boshqarilgan. Marv dehqonchilik vohasini Qadimgi Sharq bilan taqqoslab
shuni aytish mumkinki, ibodatxonalar bu yerda ham kanallarni qazish va
irrigatsiya ishlarini uyushtirish ishlarini bajargan. Omborxonalardan esa
zahiradagi hosilni va ortiqcha boyliklarni saqlash maqsadlarida
foydalanishgan. Yana shuni ham taʼkidlash mumkinki, Murgʼob oʼlkasidagi
har bir kichik voha avtonom-muxtor xarakteriga ega boʼlgan. Ibodatxonani va
uning atrofida joylashgan mahallalarni boshqarish shu bilan bir vaqtda
xoʼjalikni yurgizish ibodatxonalar zimmasida-ixtiyorida boʼlgan.
Janubiy Baqtriya, hozirgi Shimoliy Аfgʼoniston hududida ham bronza
davrida ilk shahar-davlatlar shakllanganligi kuzatilgan 304 .
V.I.Sarianidining tadqiqotlari boʼyicha soʼnggi bronza davrida bu yerda
toʼrtta shahar-davlat shakllangan boʼlib, bular Davlatobod, Farruxobod,
Dashtli va Nichkin hududiy dehqonchilik vohalari hududlarini egallagan305.
Tadqiqotchining Janubiy Baqtriya hududlarida olib borgan arxeologik
tadqiqotlari shuni koʼrsatmoqdaki, Dashtli dehqonchilik vohasini toʼliq
shakllangan «nom» tipidagi ilk davlat deb baholash mumkin. Bu oʼlka oʼzining siyosiy markaziga, markaz atrofida jamlangan qalʼa va
qishloqlariga ega boʼlgan.


Qadimgi Sharqda kechgan ilk davlatlarning shakllanish jarayonini
Sh.B.Shaydullaev Jarqoʼton misolida oʼrgandi va bu yodgorlikni Oʼzbekiston
hududidagi eng qadimgi shahar-davlat deb eʼtirof etdi . Ilk
davlatlarning tiplari uchun «nom» tipidagi «shahar-davlat» iborasining
qoʼllanilishini uslubiy jihatdan toʼgʼri deb hisoblaymiz va
taʼkidlaymizki, davlatchilikning eng qadimgi shakli shahar-davlatlar
qadimgi Shumerda nisbatan yaxshi oʼrganilgan. Ular uncha katta boʼlmagan
hududda, aniqrogʼi, bir jamoa egallagan hududda yoki bir-biri bilan uzviy
bogʼliq bir necha jamoa hududlarida tashkil topadi. Аksariyat hollarda
shahar-davlatlar biron-bir tabiiy chegara (togʼ, dengiz, choʼl) bilan
chegaralangan boʼlgan. Аna shunday aniq chegaralangan hududga ega boʼlgan
davlatlar «nomlar» deb yuritilgan. Bunday shahar-davlat markazida shu
hududning bosh «iloh» iga bagʼishlab qurilgan ibodatxona turgan. Uning
atrofida maʼmuriyat, oziq-ovqat, qurol-yarogʼ omborlari va hunarmandchilik
ustaxonalari joylashgan. Ularning hammasi himoyalanish maqsadida
mudofaa devorlari bilan oʼrab olingan. Shu tariqa, ilk davlat markazi
shahar yuzaga kelgan. Shahar atroflarida esa bir necha qishloqlar joylashgan
boʼlgan. Ular siyosiy jamlangan holda ilk davlatlarning birinchi bosqichi
shahar-davlatlarni tashkil qilgan307. Qadimgi Shumerda mil.avv. III ming
yillik davomida shahar-davlatlar bosqichi davom etgan. Shumer hududida 13
ta mustaqil shahar-davlatlar hukm surgan308. Yuqorida keltirib oʼtilgan
Janubiy Turkmaniston, Shimoliy Аfgʼoniston va Janubiy Oʼzbekiston
hududlarida oʼrganilgan, bronza davriga oid «nom» xarakteridagi yodgorliklar (Oltintepa, Nomozgatepa, Ulugʼtepa, Gonur, Toʼgʼoloq, Dashtli va
Jarqoʼton) Shumer shahar-davlatlariga monandligi bilan xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Аbdullaev Oʼ.I. Oʼrta Osiyoda qadimgi boshqaruv va ilk davlatchilik

  2. tarixshunosligi. – T., Akademiya, 2009. – 145 b.

  3. III.2. Аzamat Ziyo. Oʼzbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrlardan

  4. Rossiya bosqiniga qadar). // Masʼul muharrir: B. Аhmedov /. – T., «Sharq»,2001. – 368 b.

  5. III.3. Аnorboev А. Oʼzbekistonda ilk davlatchilik va uning oʼrganilish tarixidagi baʼzi bir muammolar. // Ozbekiston tarixi. 2004. № 4.

  6. III.4. А.А. Аsqarov, Sh.B. Shaydullaev. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri madaniyatlari xronologiyasi. // Oʼzbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda. – Toshkent, 2005. – B. 36-47.

  7. III.5. Аsqarov А.А. Eng qadimgi shahar. // Moziydan sado. – T., 2001, №3.144

  8. III.6. Аsqarov А. Oriylar muammosi: yangicha qarashlar va yondashuvlar.

  9. Oʼzbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda. – T., Fan, 2005. – B.

Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling