Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va uning potensiallari Reja: Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari. Oksidlanish darajasi. Valentlik. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi turlari. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi tenglamalarini


Download 40.4 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi40.4 Kb.
#1511721
1   2   3   4   5   6
Oksidlanish darajasi. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini talqin qilishda “oksidlanish darajasi” tushunchasi ishlatiladi.
Ayni birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinganda uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi oksidlanish darajasi deb ataladi.
Elementlarning oksidlanish darajasi aniqlashda doim kislorodning oksidlanish darajasini -2, vodorodniki +1 deb qabul qilinadi. Metall ionlarining oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng teng deb olinadi. Masalan, H2O da vodorodning oksidlanish darajasi +1, kislorodniki -2 dir. KI da kaliyniki +1, yodniki -1 dir.
Erkin elementlarning oksidlanish darajasi 0ga teng deb qabul qilingan. Murrakkab modda tarkibidagi biror elementning oksidlanish drajasi aniqlash uchun har qanday molekula tarkibida bo’lgan barcha atomlarning oksidlanish darajasi yig’indisi nolga tengligini yodda tutish kerak. Buning uchun vodorodning oksidlanish darajasini +1 va kislorodnikini -2deb olib, xromning oksidlanish darajasi “x”ni -2 deb olib, xromning oksidlanish darajasi “x” ni quyidagi tenglama asosida topamiz:
(+1) *2+x+(-2)*4=0 bunda, x=+6 kelib chiqadi. Shu yo’l bilan H2SO4 da S ning oksidlanish darajasi xam +6, KMnO4 da marganesniki +7 ga tengligini aniqlash mumkin.
Atomlarning oksidlanish darajasi +, -, 0 bo’lishi mumkin. C2H2 ning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Ko’pchilik xollarda malekula tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi ularning valentliklariga, yani ayni element xosil qiladigan xaqiqiy bog’lanishlar soniga teng bo’lmaydi. Organic birikmalarda uglerodning valentligi 4 ga teng, lekin uglerodning oksidlanish darajasi turli birikmalarda turlichadir. Masalan, CH4 da uglerodning oksidlanish darjasi -4 ga, CO2 da +4 ga, HCHO da no’lga, HCOOH da +2 ga, C2H4 da -2 ga tengdir. Buning sababi shundaki, “oksidlanish darajasi” – bu rasmiy tushuncha: bunda qutubli va kovalent bog’li birikmalar ham ion birikma deb qaraladi, u haqiqiy bog’lanishni aks ettirmaydi. Lekin shunga qaramay, bu tushuncha kimyoda ko’p masalalarni hal etishda yordam beradi. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari natijasida oksidlovchining oksidlanish darajasi (musbat qiymat kattaligi) kamayadi, aksincha qaytaruvchining oksidlanish darajasi ortadi. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini tushuntirishda, albatta bu atom (yoki ion) oksidlovchi, bu atom (yoki ion) qaytaruvchi ekanligini aniq ko’rsatish talab qilinadi.
Ko’pincha birikma tarkibiga qarab, qaysi modda qaytaruvchi, qaysi modda oksidlovchi ekanligi haqida fikr yuritamiz. Masalan, oltingugurtning bir necha birikmalari SO2, SO3, S, H2S ni qarab chiqaylik. SO3 da oltingugurtning oksidlanish darajasi +6 ga teng. U faqat oksidlovchi bo’lishi mumkin, chunki uning oksidlanish darajasi +6 dan ortiq bo’la olmaydi. H2S da oltingugurtning oksidlanish dqarajasi, -2 ga teng. Binobarin, tarkibida S-2 bor bo’lgan maddalar faqat qaytaruvhi vazifasini bajaradi. Endi S va SO2 ga kelsak, ular bilan reaksiyaga kirishayotgan boshqa moddalarning tabiatiga qarab, ular yo oksidlovchi, yo qaytaruvchi bo’lishi mumkin.

Download 40.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling