Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va uning potensiallari Reja: Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari. Oksidlanish darajasi. Valentlik. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi turlari. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi tenglamalarini
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turlari
Download 40.4 Kb.
|
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turlari. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari 4 turga bo’linadi: 1) malekulalararo (yoki ionlararo) reaksiyalar, 2) bir malekulaning (yoki bir ionning) o’zida sodir bo’ladigan ichki oksidlanish – qaaytarilish jarayonlari, 3) oksidlovchi va qaytaruvchi vazifasini ayni bir xil zarrachalarning o’zi bajaradigan disproporsiyalanish reaksiyalari, 4) ayni elementning turli oksidlanish darajasidagi atomlari bir xil oksidlanish darajasiga o’tishi – sinproporsiya reaksiyalari.
Malekulalararo oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi element bir modda tarkibida, qaytaruvchi element ikkinchi modda bo’ladi. Raeksiya jarayonida turli malekulalardagi elementlarning oksidlanish darajasi bir o’zgaradi. Masalan: FeO+CO Fe+CO2 Reaksiyada temirning oksidlanish darajasi pasayadi, uglerodniki esa yuqorilashadi. Shuni takidlash kerakki, bunday reaksiyalarda valentlik tushunchasi emas, faqat oksidlanish darajasi to’g’risidagina so’z borishi mumkin. Malekulalarning o’zida sodir bo’ladiganichki oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida ayni malekula tarkibidagi boshqa – boshqa elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Masalan: 2KCIO3 2KCI=3O2 Bu yerda: CI+5 oksidlovchi, O-2 esa qaytaruvchidir. Disproporsiyalanish reaksiyasiga 3H2MnO4 2HMnO4+MnO2+2H2O misol bo’la oladi. Bu yerda: oksidlovchi ham Mn+2, qaytaruvchi ham Mn+6 dir. Reaksiyaning mohiyati shundaki, Mn+6 bilan Mn+6 o’zaro tasirlashganda elektronlar biridan ikkinchisiga o’tib, birining oksidlanish darajasi oshadi, ikkinchisiniki esa pasayadi. Bir malekula tarkibidagi oksidlanish darajasi turlicha bo’lgan atomlar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida qatnashib oksidlanish darajasi bir xil bo’lgan holatga o’tishi mumkin. Bunday reaksiyalarni sinproporsiya reaksiyalari deb ataladi. Masalan: NH4NO2 N2+2H20 Bunda:NH+4 kationidagi azotning oksidlanish darajasi -3, NO2- anionidagi azotning oksidlanish darajasi +3 bo’lib ular reaksiyadan keyin oksidlanish darajasi nol bo’lgan azotga o’tadi. Shunday reaksiyaga misol tariqasida NH4NO3N2O +2H2O reaksiyani keltirish mumkin. Ftor, xlor, brom, yod, konsentrallangan nitrat va sulfat kislota, H2O2, Na2O2, kaliy permanganant, kaliy bixromat, zar suvi va xokazolar labaratoriya va texnikada eng ko’p ishlatiladigan oksidlovchi hisoblanadi. Qaytaruvchilar sifatida – vodoroq, kaliy yodid, erkin metalar, ugleroq(II)-oksid, sulfat angidrid, vodorod sulfit, natriy sulfit va boshqalardan foydalaniladi. Download 40.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling