Mavzu: Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzarning nomlanishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi Reja: Kirish Asosiy qism


Asoslar, ularning turlari, olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 374.08 Kb.
bet6/8
Sana23.01.2023
Hajmi374.08 Kb.
#1112614
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oksidlar

3. Asoslar, ularning turlari, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
ASOSLAR (GIDROKSIDLAR)tarkibida bir yoki bir necha gidroksid gruppa saqlagan murakkab moddalar. Me(ON)n – asoslarning umumiy formulasi, bu erda: Me – metall, ON – gidroksid guruhi, n – metall valentligi (gidroksid guruhlari soni).
Masalan: NaOH, Ca(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, NH4OH va h.z.

Asoslarni formulasini tuzish
Metalni belgisi keyin gidroksid guruhi yozilib, metal valentligi indeks sifatida yoziladi. Masalan:

Asoslarni nomlash
Metalni nomiga gidroksid so‘zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko‘rsatiladi.

Natriy gidroksid –
Mis (II) gidroksid –
Xrom (III) gidroksid –
Temir (III) gidroksid –
Magniy gidroksid –
Alyuminiy gidroksid –
Nikel (III) gidroksid –
Rux gidroksid –
Kalsiy gidroksid –
Qalay (II) gidroksid –

NaON
Cu(ON)2
Cr(ON)3
Fe(ON)3
Mg(ON)2
Al(ON)3
Ni(ON)3
Zn(ON)2
Ca(ON)2
Sn(ON)2

Al(ON)3
Cu(ON)2
KON –
Cr(ON)3
Fe(ON)3
Mg(ON)2 – Ni(ON)3
Zn(ON)2
Ca(ON)2 – NaON –

Alyuminiy gidroksid
Mis (II) gidroksid
Kaliy gidroksid
Xrom (III) gidroksid
Temir (III) gidroksid
Magniy gidroksid
Nikel (III) gidroksid
Rux gidroksid
Kalsiy gidroksid
Natriy gidroksid

Asoslarning grafik formulasini chizish

Asoslarning sinflanishi (klassifikatsiyasi)
Asoslar ikki xil bo‘ladi:
1) Suvda eriydigan asoslar – ishqorlar deyiladi. Asosan LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2lar suvda eriydi va ishqorlarni hosil qiladi.
2) Suvda erimaydigan asoslar – bunday asoslar suvda erimaydi. Deyarli qolgan barcha asoslar suvda erimaydi. Masalan: Fe(OH)3, Mo(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, CuOH. Suvda erimaydigan asoslarning ayrimlari amfoter xossaga ega: Be(OH)2, Zn(OH)2, Mn(OH)2, Sn(OH)2, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Pb(OH)2 va h.z.
Olinish usullari
1. Ishqoriy metallarni suvda eritib ishqorlar olinadi:
2K + 2H2O  2KOH + H2
Ba + 2H2O  Ba(OH)2 + H2
4Fe + 3O2 + 6H2O  4Fe(OH)3 (reaksiya juda sekin boradi)
2. Metallarning oksidlarini suvda eritib asoslar olinadi:
BaO + H2O  Ba(OH)2
Cs2O + H2O  2CsOH
CaO + H2O  Ca(OH)2
Rb2O + H2O  2RbOH
3. Ayrim binar birikma(gidridlar, karbidlar, silitsidlar, nitridlar va h.z.)lar ham suvda erib ishqorlarni hosil qiladi:

LiH + H2O  LiOH + H2
SrH2 + 2H2O  Sr(OH)2 + 2H2
KH + H2O  KOH + H2
CaC2 + 2H2O  Ca(OH)2 + C2H2
Al4C3 + 12H2O  4Al(OH)3 + 3CH4
Na2C2 + 2H2O  2NaOH + C2H2

AlN + 3H2O  Al(OH)3 + NH3
Mg3N2 + 6H2O  3Mg(OH)2 + 2NH3
Sr2Si + 4H2O  2Sr(OH)2 + SiH4
Rb4Si + 4H2O  4RbOH + SiH4
Ca3P2 + 6H2O  3Ca(OH)2 + 2PH3

4. Alamashinish reaksiyalari yordamida olinishi:
Ca(OH)2 + Na2CO3  2NaOH + CaCO3
Ba(OH)2 + K2SO4  2KOH + BaSO4
5. Suvda erimaydigan asoslar tuzlarga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:
CuCl2 + 2RbOH  Cu(OH)2 + 2RbCl
Mn(NO3)2 + 2KOH  Mn(OH)2 + 2KNO3
FeSO4 + Ba(OH)2  Fe(OH)2 + BaSO4
6. Suvda erimaydigan asoslar oksidlarini kislorod ishtirokida suv bilan reaksiyasida hosil bo‘ladi:
4FeO + O2 + 6H2O  4Fe(OH)3
2Cu2O + O2 + 4H2O  4Cu(OH)2


Fizikaviy xossalari
Asoslardan faqat NH4OH – ammoniy gidroksid suyuq bo‘lib, qolgan barchasi qattiq moddalardir. Ishqorlar oq rangli, gigroskopik, kristall moddalar. Qolgan asoslar turli rangda, amorf va kristall tuzilishli, suvda kam eruvchan moddalardir. Ishqorlarning suvli eritmalari kuchli, qolganlari esa kuchsiz elektr o‘tkazuvchanlikka ega.
Kimyoviy xossalari
Asoslar kimyoviy jihatdan aktiv moddalar bo‘lib, noorganik moddalarning deyyarli barcha guruhlari bilan turli-tuman reaksiyalarga kirishadi.
1. Barcha asoslar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.
Fe(OH)2 + SO3  FeSO4 + H2O
NaOH + CO2  NaHCO3
6NH4OH + P2O5  2(NH4)3PO4 + 3H2O
2Al(OH)3 + 3SO2  Al2(SO3)3 + 3H2O
2. Ko‘pchilik asoslar qizdirilganda oksid va suvga parchalanadi.
Ca(OH)2  CaO + H2O
Zn(OH)2  ZnO + H2O
2CuOH  Cu2O + H2O
2Mn(OH)3  Mn2O3 + 3H2O
3. Ba’zi asoslar qizdirilganda metal, suv va kislorodga parchalanadi.
4AgOH  4Ag + O2 + 2H2O
2Hg(OH)2  2Hg + O2 + 2H2O
4. Barcha asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.
KOH + HCl  KCl + H2O
Mn(OH)2 + H2SO4  MnSO4 + 2H2O
Be(OH)2 + 2HNO3  Be(NO3)2 + 2H2O
5. Ishqorlar ayrim metalmaslar bilan ta’sirlashadi.
2NaOH(sovuq) + Cl2  NaCl + NaClO + H2O
6KOH(issiq) + 3Cl2  5NaCl + NaClO3 + 3H2O
6RbOH + 3S  Rb2S + Rb2SO3 + 3H2O
6. Ishqorlar amfoter oksidlar va gidroksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
ZnO + 2KOH  K2ZnO2 + H2O
Al2O3 + 2CsOH  2CsAlO2 + H2O
Be(OH)2 + 2RbOH  Rb2[Be(OH)4]
2NaOH + Al(OH)3  Na[Al(OH)4]


4. Tuzlar. O’rta, nordon, asosli, qo‘sh va kompleks tuzlar.
TUZLARmetall atomlari va kislota qoldig‘idan iborat murakkab moddalar (kislota molekulasidagi vodorod atomlarining metallar bilan almashinishidan hosil bo‘ladigan murakkab modda). Masalan: NaCl, Rb2SO3, Be(NO3)2, NaHCO3, KNaSO4, Ca(H2PO4)2, CaOCl2, K4[Fe(CN)6], AlOHSO4, (CuOH)2CO3, K2ZnO2 va h.k.
Tuzlarning sinflanishi (klassifikatsiyasi)
Tuzlar tarkibiga ko‘ra besh xil bo‘ladi:
1) O‘rta (Normal) tuzlar – metall atomi va kislota qoldig‘idan iborat murakkab moddalar. Masalan: NaCl, CaSO4, Cu(NO3)2, Al2(CO3)3, Fe3(PO4)2, MnCl3, TiCl4 va h.k. O‘rta tuzlarni nomlash: metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: NaCl – natriy xlorid, CaSO4 – kalsiy sulfat, Cu(NO3)2 – mis (II) nitrat, Al2(CO3)3 – alyuminiy karbonat, Fe3(PO4)2 – temir (II) fosfat, MnCl3 – marganets (III) xlorid, TiCl4 – titan (IV) xlorid va h.k.
2) Nordon tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari metall bilan qisman almashinganda hosil bo‘lib, metall atomi, vodorod va kislota qoldig‘idan iborat bo‘ladi. Masalan: Ca(HCO3)2, NaHCO3, Cu(HSO4)2, Fe(H2PO4)2, KHS, Li2HPO4, Ba(HSO3)2, Ca(H2PO4)2 va h.k. Nordon tuzlarni nomlash: metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga molekulada bitta vodorod bo‘lsa “gidro” so‘zi, ikkita vodorod bo‘lsa “digidro” so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: Ca(HCO3)2 – kalsiy gidrokarbonat, NaHCO3natriy gidrokarbonat, Cu(HSO4)2 – mis (II) gidrosulfat, Fe(H2PO4)2 – temir (II) digidrofosfat, KHS – kaliy gidrosulfid, Li2HPO4 – litiygidrofosfat, Ba(HSO3)2bariy gidrosulfit, Ca(H2PO4)2 – kalsiy digidrofosfat va h.k.

Download 374.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling