Mavzu: Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzarning nomlanishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi Reja: Kirish Asosiy qism
Download 374.08 Kb.
|
oksidlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzlarning grafik formulasini chizish
- Tuzlarning olinish usullari
- 5.Binar birikmalar. BINAR BIRIKMALAR
- Umumiy nomi va formulasi Moddaning nomi Formulasi
- K, Na, Al, H 2 , O 2 , O 3 , N 2 , S 8 , P 4 , C
- Murakkab moddalar
5) Kompleks tuzlar – tarkibida kompleks ion saqlagan murakkab moddalar. Masalan: K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6], Fe3[Fe(CN)6]2, Fe4[Fe(CN)6]3, Na3[Co(NO2)6], K3[FeF6], K2[PtF4], Na2[HgI4], [CrCl2(H2O)4]Cl, [CrCl3(H2O)3] va h.k. Kompleks tuzlarni nomlash: asosan tarixiy nomlar ishlatiladi, masalan: K3[Fe(CN)6] – qizil qon tuzi, K4[Fe(CN)6] – sariq qon tuzi, Fe3[Fe(CN)6]2 – berlin zangorisi, Fe4[Fe(CN)6]3 – turunbul ko‘ki va h.k. Bundan tashqari kompleks tuzlar sistematik quyidagicha nomlanadi: K3[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (III), K4[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (II), Fe3[Fe(CN)6]2 – temir (II) geksatsianoferrat (III), Fe4[Fe(CN)6]3 – temir (III) geksatsianoferrat (II), Na3[Co(NO2)6] natriy geksanitrito kobaltat (III), K3[FeF6] kaliy geksaftoroferrat (III), K2[PtF4] – kaliy tetraftoroplatinat (II), [CrCl2(H2O)4]Cl – dixlorotetraakva xrom (III) xlorid, [CrCl3(H2O)3] – trixlorotriakva xrom (III) va h.k.
Tuzlarning grafik formulasini chizish
Tuzlarning olinish usullari Tuzlar juda ko‘p usullar bilan hosil qilinadi. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 1. Metallar bilan metalmaslarning bevosita ta’siri: Mg + Cl2 MgCl2 2Fe + 3Br2 2FeBr3 Zn + S ZnS 2Al + 3I2 2AlI3 2. Metallarni kislotalar bilan ta’siri:
3. Metallarni ishqorlar bilan ta’siri: 2NaOH + Be Na2BeO2 + H2 2Al + 6KOH 2K3AlO3 + 3H2 4. Metallarni tuzlar bilan ta’siri: Fe + CuSO4 FeSO4 + Cu Zn + 2AgNO3 Zn(NO3)2 + 2Ag Cr + HgCl2 CrCl2 + Hg 5. Asosli oksidlarni kislotali oksidlar bilan ta’siri: CaO + SO3 CaSO4 Al2O3 + 3N2O3 2Al(NO2)3 Rb2O + CO2 Rb2CO3 6. Asosli oksidlarni kislotalar bilan ta’siri: Fe2O3 + 3H2SO4 Fe2(SO4)3 + 3H2O CuO + 2HCl CuCl2 + H2O RuO + 2HNO3 Ru(NO3)2 + H2O 7. Kislotali oksidlarni asoslar bilan ta’siri: Ca(OH)2 + P2O5 Ca3(PO4)2 + 3H2O 2NaOH + SO3 Na2SO4 + H2O NH4OH + CO2 NH4HCO3 8. Asoslar va kislotalarning o‘zaro ta’siri: KOH + CH3COOH CH3COOK + H2O Mo(OH)2 + 2HNO3 Mo(NO3)2 + 2H2O Ba(OH)2 + H2SO4 BaSO4 + 2H2O 9. Kislotali oksidlarning tuzlar bilan ta’siri: Na2CO3 + SO3 Na2SO4 + CO2 CaCO3 + SiO2 CaSiO3 + CO2 3MgSO4 + P2O5 Mg3(PO4)2 + 3SO3 10. Tuzlarning o‘zaro ta’siri: AgNO3 + KBr AgBr + KNO3 BaCl2 + Na2SO4 BaSO4 + 2NaCl CaI2 + Pb(NO3)2 PbI2 + Ca(NO3)2 11. Tuzlarning ishqorlar bilan ta’siri: Pb(CH3COO)2 + 2NaOH Pb(OH)2 + 2CH3COONa Cu(NO3)2 + 2NH4OH Cu(OH)2 + 2NH4NO3 CdCl2 + Ba(OH)2 Cd(OH)2 + BaCl2 12. Tuzlarning kislotalar bilan ta’siri: 2NaCl + H2SO4 Na2SO4 + 2HCl 2MgCl2 + H4P2O7 Mg2P2O7 + 4HCl 2KNO3 + H2SO4 K2SO4 + 2HNO3 13. Metalmaslar bilan ishqorlarning ta’siri: I2 + 2NaOH NaI + NaIO + H2O 3Cl2 + 6KOH 5KCl + KClO3 + 3H2O 3S + 6KOH 2K2S + K2SO3 + 3H2O 14. Metalmaslar bilan tuzlarning ta’siri: 2NaI + Cl2 2NaCl + I2 2MnCl2 + Cl2 2MnCl3 2Na2SO3 + O2 2Na2SO4 15. Tuzlarning termik parchalanishi: 2KMnO4 K2MnO4 + MnO2 + O2 2KClO3 2KCl + 3O2 2RbNO3 2RbNO2 + O2 16. Ammiakning kislotalarga birikishi: NH3 + HCl NH4Cl NH3 + HNO3 NH4NO3 2NH3 + H3PO4 (NH4)2HPO4 17. Tuzlarning o‘zaro birikishi: 2KI + HgI2 K2[HgI4] 3KCl + CrCl3 K3[CrCl6] K2SO4 + Al2(SO4)3 2KAl(SO4)2 3(NH4)2SO4 + Cr2(SO4)3 2(NH4)3Cr(SO4)3 Fizik xossalari Barcha tuzlar oddiy sharoitda qattiq moddalar bo‘lib, tabiatda turli rangda uchraydi. Ular suvda eruvchanligiga qarab, 1) YAxshi eruvchan (NaCl, Na2SO4, KNO3, NH4NO3, CaCl2), 2) Kam eruvchan (CaSO4, Ag2SO4, PbCl2), 3) Deyarli erimaydigan (BaSO4, CaCO3, CaSiO3, Al2(SiO3)3) kabi turlarga bo‘linadi. Tuzlar oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida, tibbiyotda dori sifatida, laboratoriyalarda sintezda katalizator sifatida, umuman juda ko‘p ishlatiladi. Kimyoviy xossalari 1. Deyyarli barcha tuzlar qizdirilganda parchalanadi: CaCO3 CaO + CO2 2Cu(NO3)2 2CuO + 4NO2 + O2 Mg(HCO3)2 MgCO3 + CO2 + H2O (NH4)2Cr2O7 N2 + Cr2O3 + 4H2O 2. Nordon tuzlar ishqorlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi: NaHCO3 + NaOH Na2CO3 + H2O Ca(HCO3)2 + 2HCl CaCl2 + 2H2O + 2CO2 3. Asosli tuzlar ishqorlar va kislotalar bilan ta’sirlashadi: Al(OH)SO4 + 2NaOH Al(OH)3 + Na2SO4 Fe(OH)2Cl + 2HCl FeCl3 + 2H2O Mg(OH)Cl + KOH Mg(OH)2 + KCl 4. Ko‘pchilik tuzlar suv ta’sirida parchalanadi: CuS + 2H2O Cu(OH)2 + H2S Al(CH3COO)3 + 3H2O Al(OH)3 + 3CH3COOH FeCl2 + 2H2O Fe(OH)2 + 2HCl Zn(NO3)2 + 2H2O Zn(OH)2 + 2HNO3 5.Binar birikmalar. BINAR BIRIKMALAR – ayrim metalmaslarning metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Binar moddalarga asosan vodorod, bor, uglerod, kremniy, azot va fosfor kabi metalmaslarning metallar bilan birikmalari kiradi. Binar moddalarning ko‘pchiligi suv bilan reaksiyaga kirishadi.
Binar moddalar odatda oddiy moddalar orasidagi reaksiya natijasida olinadi. Masalan:
Binar moddalar kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda ,anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar: Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin. Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan (3-jadval). Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon (N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar), suyuq (Br2) va qattiq holda(qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslar qattiq holda molekular yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi. Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddalardir. Ular metall kristal panjaraga ega. Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonining turlicha bo’lishi yoki moddaning kristall tuzilishining turlicha ekanligidir. Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o’zgarishlarga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod bir necha xil allotropik shakl o’zgarishlarga ega. Uglerod olmos holatida (sp3giridlangan) fazoviy tuzilishli zanjir (tetraedrik) hosil qilgan. Uglerod grafit holatida qavat-qavat joylashgan.Har bir uglerod atomi qo’shni uchta atom bilan bog’langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo’sh bog’lar yordamida bog’langan. Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar. Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. H.C. Ахметов. Общая н неорганическая химия «Высшая школа». М., 2002. 2. K.M.Ahmerov, A.Jalilov, R.S.Sayfitdinov. Umumiyva anorganik kimyo, Т., «О‘zbekiston», 2006. 3. N.A.Parpiev II. Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyoning nazariy asoslari. T.,«O‘zbekiston», 2002. 4. N.A.Parpiev, A.d.Muftaxov, H.R.Rahimov. Anorganik kimyo. Т., «O‘zbekiston», 2003. 5. H R. Raximov. Anorganik ximoya. Oliy o’quv yurt. Ximiya ixtisosligi bo'yicha ta’lim olnvclii stud, uchun darslik. Qayta ishlangan to'ldirilgan 2- nashri. T. «O‘qitucvhi», 1984. Download 374.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling