Mavzu: O’lchov transformatorlarini turlari va vazifalari Reja: Kirish


Download 396.95 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi396.95 Kb.
#1370901
1   2   3
Bog'liq
Mavzu O’lchov transformatorlarini turlari va vazifalari Reja K (1)

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov A.S., Mirhaydarov M.M. Nazariy elektrotexnika. T. O‘qituvchi“, 1979.

  2. Rahimov G. R. Elektrotexnika. T. O‘qituvchi“,1966.

  3. Majidov S. Elektrotexnikadan ruscha-o‘zbekcha lug‘at spravochnik. T.O‘qituvchi“, 1985.

  4. Karimov A.S., Mirhaydarov M.M. va b. Elektrotexnika va elektronika asoslari. Texnika oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik. T.O‘qituvchi“, 1995.

  5. Rojkova L.D., Kozulin V.S. Stansiya va podstansiyalaming elektr asbob-uskunalari. T.O‘qituvchi“, 1986.

  6. Karimov A. S. va b. „Elektrotexnika va elektronika asoslari“ T. O‘qituvchi“, 1978.

  7. Qisqacha politexnika lug‘ati. 0 ‘zbek ensiklopediyasi bosh tahririyati. T., „Fan“, 1992

  8. M. T. TURDIYEV. ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI. 5- nashri. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun

o ‘quv qo’llanma

Mavzu: Magnit va elektron kuchaytirgichlar


Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Kuchaytirgichlar.
2. Magnit kuchaytirgichlar
3. Magnit kuchaytirgichlarning qurilmasi va ishlash printsipi
4. Elektron kuchaytirgichlarning xususiyati
III. Xulosa.

  1. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kuchaytirgich kirish qutblaridagi signalning kichik o‘zgarishlarini o‘zgarmas tok manbayi hisobiga keskin kuchaytiruvchi mexanizmdir. Signal o‘ziga axborotni mujassam lashtirgan elektr kattalik, ya’ni tok yoki kuchlanishdir. Axborot tok yoki kuchlanishning amplitudasi yoki chastotasida ifodalangan (mujassamlangan) bo‘ladi. Demak, kuchaytirgichlar qaysi kattalik kuchaytirilishiga qarab kuchlanish kuchaytirgichi, tok kuchaytirgichi va quvvat kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Kuchaytirgichlar qanday chastota oralig‘ida ishlashiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asta-sekin o'zgaruvchi signalni bir gers chastotaning kichik ulushlaridan boshlab bir necha kilogersgacha oshirib beradigan kuchaytirgichlar shartli ravishda o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari deyiladi.
2. Past chastotali kuchaytirgichlar signalining chastotasi 10 Hz — 20 kHz oralig‘ida o‘zgaradi.
3. Chastota orqali keng kuchaytiigichlar — 1 Hz 10 MHz.
4. Saylovchi kuchaytirgichlar — ma'lum bir chastotali signalni kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar.
Kuchaytirgichlar 10—6 10—7 voltli kuchlanish va 10—14 -j- 10—6 amperli tokni kuchaytirish xususiyatiga ega. Yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlar, yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, umumiy emitterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli bo'ladi. Sanoat elektronikasida ko‘pincha umumiy emitterli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Bu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 9.18- rasmda ko‘rsatilgan va bu sxema quyidagicha ishlaydi.

Ukir = 0 bo‘lganda, ya’ni signal nolga teng bo‘lganda, baza toki Ib o‘zgarmas, kollektor va emitter toki Ik ham o'zgarmas kollektor-emitter kuchlanishi:

Signalning kirish kuchlanishi turtkisimon o'zgarganda kollektor toki ham o'zgara boshlaydi, demak, chiqish kuchlanishi Uchiq = Ik • Rist ning o‘zgarishi ancha katta bo'ladi, chunki kollektor-emitter tokining o'zgarishi shu manba hisobiga kuchaytiriladi. Sig‘im Ss chiqish toki i ning o‘zgarmas tashkil qiluvchisini iste'molchi tomon o‘tkazmaydi. Umuman olganda, kuchaytirgichlaming turlari va bajaradigan vazifasi keng doirada o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda mikrosxemalar asosida yaratilgan operatsion kuchaytirgichlar ishlab chiqarilmoqda. Bu kuchaytirgichlarning amplituda-chastota xarakteristikasi ularni keng ko‘lamda ishlatish imkoniyatini beradi. Bu kuchaytirgichlaming kuchaytirish koeffitsiyenti (K ) 103 dan 105 gacha, chastota kuchaytirish oralig‘i (f) 10 dan 100 MHz gacha o‘zgaradi.
Magnit kuchaytirgich - bu elektron transduserning bir turi. Ushbu qurilma signal amplitudasini oshirish uchun oqimlar va magnit maydonlarning o'zaro ta'siridan foydalanadi. Ushbu turdagi kuchaytirgich vakuumli quvurlarni almashtirishdir. Ular vakuumli qurilmalardan voltajning pasayishiga sezgirligi pastligi bilan ajralib turadi.

Download 396.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling