Mavzu: Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar


Download 112.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1410832
Bog'liq
alkaen

Mavzu: Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar

Alkenlar – tarkibida qoʻshbogʻ boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlar. Alkenlarning juda koʻp molekulalari oʻzaro birikib (polimerlanish reaksiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil qiladi. Koʻpgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yoʻl bilan olinadi (qarang Toʻyinmagan uglevodorodlar).

Olefinlar (frans. defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman), alkenlar — toʻyinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnHn. Zanjiri ochiq boʻlib, bitta qoʻsh boglidir. Atsiklik birikmalarga kiradi. Olifenlarning eng oddiy vakili etilen boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen , butenlar , amilenlar va boshqalar) koʻpincha alkilenlar deb yuritiladi. Olefinlar Jeneva nomenklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat "an" qoʻshimcha oʻrniga "en" qoʻllaniladi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni raqamlar bilan koʻrsatiladi.

Butendan boshlab olefin qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan Olefin geometrik izomerlar holida ham boʻlishi mumkin (qarang Izomeriya). Olefin fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga Karaganda ancha past, zichligi esa bir- muncha yuqori. Quyi Olefin (4 dan 8 gacha) gaz, keyingilari gacha suyuklik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha Olefinlar rangsiz, suvda deyarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qoʻshbogʻiga vodorod, galogenlar, vodorod- galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuklik hosil boʻladi; Olefinlarning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi

Yuqori alkillanish qobiliyati Olefinlarning muhim xossasi hisoblanadi (qarang Izooktan). Olefinlar sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft- kimyoviy sintezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.

Adabiyotlar 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Organik sintez texnalogiyasi ma’ruza matni


Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling