Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet16/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Barqaror aynigan xavo belgilari.
1. Atmosfera bosimi: xavo bosimi doimo past yoki bir necha sutka davomida pasayishda davom etadi. Bosim tez pasayganda qisqa, ammo shiddat bilan xavo aynishi roy beradi.
2. Xavo xarorat: kunduzgi va kechasi xavo xaroratlar kam farq qiladi.
3. Shamol: doimo mo’ta’dil va kuchli, ko’proq janubi-g’arbiy, ba’zan shimoliy-sharqiy. Yo’nalishi kam o’zgaradi.
4. Bulutlik: Osmon to’la past zich qatlam – qatlam yoki qatlam yomg’irli bulutlar bilan qoplangan. Yer yuzasi boylab esayotgan shamollar tomon yoki ularga ko’ndalang ravishda xarakat qiladi.
5. Yog’inlar: kuchsiz, ammo to’xtovsiz yomg’ir. Agar to’xtab-to’xtab yog’sa kuchli yog’adi. Yer bag’irlab xosil bo’ladigan tumanlar, shudiring va qirov xosil bo’lmaydi.
6. Xavo namligi kechasi va kunduzi davomida sezilib turadi.
7.Optik jarayonlar: bulutlar orasidan ko’rinib turadigan osmon xira, oqish, oydagi toshlar juda kichik. Qorong’ilik uzoq davom etadi. Tunda bulutlar orasidan yulduzlar kuchli miltillab turadi, ko’k va qizil rang taratib turadi. Osmon past bo’lib tuyuladi, uzoq yaxshi ko’rinadi.
8. Boshqa belgilar: aloxida va kuchsiz tovushlarni aniq eshitilishi.
Aynigan ob-xavoni yaxshi tomonga o’zgarish belgilari
1. Atmosfera bosimi. Sekin-asta va muntazam ortib boradi. Agar bosim keskin ortsa ob-xavo qisqa vaqt davomida ochiq bo’ladi.
2.Xavo xarorati kunduzi va kechasi keskin farq qiladi. Baxor va kuzda tunda sovuq tushadi.
3. Shamol shiddatli, sovuqroq bo’ladi, yo’nalishini o’zgartiradi, kuchi kamayadi. Uni sutkalik meyori tiklanadi (kunduzi kuchli –kechga tomon kuchsiz).4. Bulutlik kamayadi, o’zgaruvchan bo’lib qoladi. Yerdan bulutlar ko’tariladi va to’p-to’p bulutlarga aylanadi, yer bag’irlab esayotgan shamollar yo’nalishida xarakat qiladi, so’ngra kuzatuvchi ko’z o’ngida «erib», butunlay yo’qoladi.
5. Yog’inlar. Yomg’ir faqat alohida bulutlardan yog’adi va to’xtaydi. Kechga tomon pastkamlarda tuman, o’tlarda esa shudring xosil bo’ladi ( kuz va baxorda – qirov).
6. Xavo namligi sezilarli kamayadi. Uning sutkalik o’zgarishi yaqqol namoyon bo’ladi.
7. Optik xodisalar: kunduzgi bulutlar orasidan ko’rinib turadigan osmon toza va tiniq bo’ladi.Oy tojlari kattalashadi, qop-qorong’i davr qisqaradi.
8. Boshqa belgilar: ayrim tovushlarni eshitish darajasi kamayadi. Gulxan va mo’rilardan tutun tik ko’tariladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling