Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi


Download 1.39 Mb.
bet43/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi. Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yо‘lida qurbon bо‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan “qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan bо‘lib, maydonga yanada kо‘rk va fayz bag‘ishlab turibdi. Muzey zali yorug‘ va shinam. Zal markazida “Iztirob haykali” о‘rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, о‘z yorini sog‘ingan ayol, ota mehriga tо‘ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bо‘limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, о‘sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan. Muzey 7 bо‘limdan iborat.
1. XIX asr о‘rtalari va oxirlari.
2. 20-yillardagi qatag‘on.
3. “quloq”lashtirish davri.
4. 30-yillardagi qatag‘on.
5. 40-50-yillardagi qatag‘on.
6. 80-yillardagi qatag‘on.
7. Mustaqillik yillarida qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash.
Har bir bо‘limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog‘ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor.
О‘zbekiston Davlat Qurolli Kuchlar muzeyi. Muzey 1965 yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida «Temuriylar davri harbiy san’ati» ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining chizmalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari о‘rin olgan. О‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. «Mustaqil О‘zbekistonni qо‘riqlash» ekspozitsiyasida qо‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Toshkent temiryо‘l texnikasi muzeyi. Malumki, Parovoz 1833-1834 yillarda Yefim va Makar Cherepanovlar tomonidan yaratilgan va 1956 yil teplovozga о‘tilgunga qadar foydalanilgan. Muzeyda juda qadimiy temiryо‘l texnikalari namoyish etilgan. Bu muzeyga tashrif buyurganlar 1914 yilda ishlab chiqarilgan 700 ot kuchiga ega OV paravozi, 3000 ot kuchiga ega P 36 («Pobeda») parovozi, va kо‘plab qiziqarli temiryо‘l texnikasi namunalarini tomosha qilish, shu bilan birga vagon-muzey eksponatlaridan bahramand bо‘lish va ekskursion poyezdda sayohat qilish imkoniyatiga egalar.


Savol va topshiriqlar:

1. O’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
2. Muzeyning asosiy fondida nimalar saqlanadi?
3. Muzeyning yordamchi fondida nimalar saqlanadi?
4. Yashab turgan joyingizda o’lkashunoslik muzeyi bo’lsa uni tavsifini tuzing
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling