Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet37/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Savol va topshiriqlar:

1.Yashab turgan joyingizda qanday tarixiy yodgorliklar mavjud?


2. Shahringiz yoki qishlog’ingizda qanday qadimgi yoki eski binolar bor, ularni tafsifini tuzing?
3. O’lkangiz haqida qanday badiy adabiyotlarda, roman, qissalar, ma’lumotlar berilgan, ularni muallifi, nomi, nashriyotti va chop etilgan yillarini daftaringizga yozing?
4. O’lkangiz haqida chiqqan plakatlar, gulxatlar bo’lsa ularni albomini yarating?
5. O’lkangizdan chiqqan mashhur kishilar haqidagi asarlar jadvalini tuzing?
6. Shahringiz yoki tumaniningdagi tarixiy maydonlar tarixini aniqlang?


Tabiat va xo’jalik obektlari hamda jarayonlarini kuzatish natijalari. O’lkashunoslik bilimlarining asosiy manbai bo’lib ekskursiyalarda, turistik sayohatlarda va ekspeditsiyalarda tabiiy va ishlab chiqarish obektlarini hamda jarayonlarini bevosita kuzatish asosida olingan natijalar hisoblanadi.
Mazkur tatqiqotlar ikkita katta guruxga bo’linadi: tabiiy geografik va iqtisodiy geografik.
Tabiiy geografik tadqiqodlar geologik, geomorfologik, makroiqlim, biologik, fenologik va ekologik kuzatishlar natijalaridan iborat.
Dalada olib borilgan ishlarning barchasi kundalikka qayd etib boriladi. Shuning uchun o’lkashunoslik bilimlarining ilk manbai bo’lib, o’lkashunoslar kundaligi hisoblanadi.
Kundalikda qayd etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash asosida o’lka tabiati haqida bilmlar to’planadi va ularning muhim qirralari ochib beriladi.
Geologik tadqiqodlar olib borilganda quyidagi natijalar olinmog’i lozim: o’lkada tarqalgan tog’ jinslari va ularning qaysi era va davrga oidligi; qaysi yotqiziqlar qayerlarda tarqalganligi, ularning qalinligi; o’lkada mavjud bo’lgan ochilmalarning sxemasi va ulardagi tog’ jinslari qatlamlarining tavsifi; o’lkada tarqalgan tektonik yoriqlar tavsifi (uzunligi, kengligi, yoriqda joylashgan tog’ jinslari xolati, yo’nalishi va qiyaligi); o’lkada tarqalgan foydali qazilmalar tavsifi.
Geomorfologik tadqikotlar olib borilganda quyidagi natijalar olinadi: o’lkada yoki joyda tarqalgan asosiy relef shakllari; o’lkada tarqalgan tekisliklar tavsifi va ularning asosiy turlari; o’lkada tarqalgan tog’lar tavsifi; o’lkada tarqalgan vodiylar va ularning terrasalari; o’lkadagi botiqlar; o’lkadagi geomorfologik yuzalar(erozion-akkumulyativ bosqichlar).
Iqlmiy tadqiqotlar natijalari havo harorati, namligi, bosimi. Yog’inlar, shamollar va ularni oylar va yillar boyicha taqsimotidan iborat. Gidrologik tadqiqotlar natijalariga daryolar, ko’llar, botqoqlar va ularning meyori haqidagi ko’rsatkichlar kiradi.
Tuproqlarni tatqiqot natijalari quyidagilardan iborat: o’lkada tarqalgan tuproq xillari; ularning gorizontlar boyicha tavsifi; chirindi miqdori.
O’simliklarni tadqiq qilganda quyidagilarni xisobga olish lozim: daraxtlar va ularning o’lchamlari; butalar va ularning tavsifi; o’t o’simliklari va ularning tavsifi. Xayvonot dunyosini tadqiq qilganda quyidagilarga e’tibor beriladi: tuyoqlilar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, qushlar, hashoratlar.
O’lka xo’jaligini o’rganish jaryonida quyidagi statistik ma’lumotlar yig’iladi: o’lkadagi ma’muriy birliklar haqidagi ma’lumotlar; aholi soni, tarkibi, o’sishi va harakati haqidagi statistik ma’lumotlar; tabiiy resurslar va ularning ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar; xo’jalikni rivojlanishini umumiy ko’rsatkichlari haqidagi statistik ma’lumotlar; sanoat, qishloq xo’jaligi va transportning asosiy tarmoqlari boyicha berilgan statistik ma’lumotlar.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling