Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet35/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Savol va topshiriqlar:
1. Arxiv manbaalariga nimalar kiradi?
2. Arxivda nimalar saqlanadi?
3. Qanday arxiv turlarini bilasiz?
4. Qadimgi qo’lyozmalarni qayerdan topish mumkin?
5. O’lkangizda qanday arxivlar bor, ularni royxvatini tuzing?
6. Aholi haqidagi ma’lumotlarni qaysi arxivdan topish mumkin?


Og’zaki manbaalar. Odamlarni bir-biri bilan aloqasi va munosabati qadimdan til orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni til orqali o’tishi xalq og’zaki ijodi orqali sodir bo’ladi. Xalq og’zaki ijodiga ertaklar, dostonlar, qo’shiqlar, maqollar, latifalar va matallar kiradi.
Hozirgi yashayotgan qariyalar xalq og’zaki manbai sifatida qaralishi mumkin. Ularni tarixiy vaqealar haqidagi estaliklari (urushlar, tarixiy majlislari, yig’inlarda qatnashishi haqida, buyuk kishilar bilan uchrashuvi haqidagi) muhim og’zaki manbaa bo’lib hisoblanadi.
XX-asrning 80 yillarida sodir bo’lgan Afg’onistondagi voqealar, vatanimizni mustaqqillikka erishgan yillaridagi vaqealar, o’sha yillari sodir bo’lgan mintaqaviy mojarolar ishtirokchilarining estaliklari ham o’lka tarixi uchun muhim og’zaki manbaa bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ularni estaliklarini yozib olish, ularni fonotekasini tashkil qilish, ya’ni o’z o’lkasini ovoz yoki matndagi yilnomasini yaratish o’lkashunoslarni kelajak avlod oldidagi muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Har bir o’lkani o’ziga xos ertaklari, dostonlari, qo’shiqlari va afsonalari mavjud. Hozir ham ular og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda. Ularni yozib olish, to’plash va nashr qilish ham o’lkashunoslar oldida turgan vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Og’zaki manbaalarning muhim bo’g’inlaridan biri atoqli otlardir. Atoqli otlar bilan juda keng tushunchalar, voqealar va predmetlar ataladi.
Atoqli otlar ilgaritdan o’ziga katta e’tiborni qaratib kelgan. Har bir davlatning, o’lkaning tarixi atoqli otlarda o’z aksini topgan.
Nomlarning shakllanishi va keyinchalik atoqli otlarning tarixi jamiyatning iqitisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan bog’liq.
Atoqli otlarning funktsional va til xususiyatlarini onomastika fani o’rganadi. O’lkashunoslar uchun uning ikkita tarmog’i muhim ahamiyatga ega. Ular toponimika va antroponomika hisoblanadi.
Toponimika (grekcha topos-joy, «anima»-ot, nom) fanning predmeti joy nomlarini kelib chiqishi, mazmuni va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Antroponomika esa kishilarni nomlarini (otlarini) o’rganadi.
Toponimika fani tarix va geografiya o’rtasida oraliq fan hisoblanadi. Akademik S.B.Veselovskiy bu haqda shunday degan «Tarixiy davr nuqtai nazaridan toponimika geografik terminlarni kelib chiqishini, hozir mavjud bo’lmagan qadimgi manzilgohlarni joyini aniqlaydi, bir terminni boshqasi bilan almashtirish va o’zgartirishni o’rganadi. Demak, tarixiy toponimika geografik toponimikaning muhim ajralmas qismi hisoblanadi.»
Geografik nomlar kelib chiqishiga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linadi: oronimlar, gidronimlar, antroponimlar, fitonimlar, zoonimlar va x.k.
Oronimlar tog’lar bilan yoki relef bilan bog’liq bo’lgan joy nomlari hisoblanadi. Beltog’, Pskom, Nurota va x.k.
Gidronimlar suv bilan bog’liq bo’lgan joy nomlaridir. Ularga Qoradaryo, Sirdaryo, Amudaryo va boshqalar kiradi.
O’simliklar nomi bilan bog’liq bo’lgan nomlarga Yakkatut, Qorabog’, Ko’kyong’oq va boshqalar kiradi. Hayvonlar nomi bilan bog’langan geografik joylarga G’azalkent(G’azalkiyik), Qo’ng’irot, Olabuqa va x.k lar kiradi.
Ranglar bilan atalgan joylar ham mavjud. Masalan, Qizilqum, Qoraqum, Qoratog’ v ax.k.
Antroponomika odamlarning nomlarini va avlodini kelib chiqishini aniqlab beradi. Masalan, o’zbeklarda xo’ja, xoji, said, amir, xon, shox, qori avlodlariga xos ismlar mavjud. Masalan, Qodirxo’ja xo’ja avlodiga, Qodirxoji xajga borgan kishiga, Saidqodir saidlar avlodiga, Shoqodir-shoxlar avlodiga, Mirqodir-amirlar avlodiga tegishli ekanligini bildiradi.
Savol va topshiriqlar:
1. Og’zaki manbaalarga nimalar kiradi?
2. Toponimika fani nimani o’rganadi?
3. Odamlar ismini qaysi fan o’rganadi?
4. O’z yashab turgan joylaringizdagi joylar va ko’chalar jadvalini tuzing va ularni ma’nosini aniqlang?



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling