Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet32/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

    Bu sahifa navigatsiya:
  • MAVZU
Savol va topshiriqlar:
1. O’lka haqidagi ma’lumotlarni qanday manbaalardan olsa bo’ladi?
2. O’lka tarixini o’rganishda qanday xaritalardan foydalanish mumkin?
3.O’lka tabiiy resurslari haqidagi ma’lumotlarni qanday manbaalardan olish mumkin?
4. O’lka haqidagi nashr etilgan kitoblar va maqolalar royxatini tuzing?


MAVZU: STATISTIK VA KARTOGRAFIK MANBALAR
REJA:
1.Statistik materiallaridan foydalanish.
2. Kartografik manbaalar.


Tayanch so’z va iboralar: Davlat statistika boshqarmasi, statistic ma’lumotlar, maxalliy xokimyat, statistic manbaa, kartografik ma’lumot, kartografik manbaa, aholi soni, tabiiy ko’payishi, o’lish, tug’ilish, migratsiya, milliy tarkibi, til tarkibi, yosh va jins tarkibi

O’lkani o’rganishda davlat statistika boshqarmasining ma’lumotlari muhim rol oynaydi. Statistik ma’lumotlar quyidagi yo’nalishlarda yig’ilishi mumkin:


Aholi royxatlari natijalari. Har bir davlatda ma’lum bir muddatlar davomida aholi royxatlari o’tqazilib turiladi. Har bir aholi royxati ma’lumotlarni aholi soni, tabiiy ko’payishi, o’lish, tug’ilish, migratsiya, milliy tarkibi, til tarkibi, yosh va jins tarkibi haqida ma’lumotlar beradi. Aholi royxatini odatda 10 yilda bir o’tqaziladi. Uning orasida tug’ilganlar va o’lganlar soni, kelganlar va ketganlar soni haqidagi ma’lumotlar, mahalliy xokimiyat jamiyat bo’limlarida muntazam hisobga olib boriladi. Korxonalardagi ishchilar va ularni kasblar boyicha taqsimlanishi, o’quvchilar, talabalar, o’qituvchilar soni ham xokimiyat bo’limlarida hisobga olib boriladi. Aholi royxatlari oralig’idagi ma’lumotlarni maxalliy xokimiyat bo’limlaridan va statistika boshqarmalaridan olish mumkin.
O’lka xo’jaligining rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlarini statistika boshqarmasining quyidagi nashrlaridan olish mumkin: «O’zbekiston xalq xo’jaligi», «Sanoat», «Qishloq xo’jaligi», «Transport», «Tabiat muxofazasi». Bundan tashqari statistik ma’lumotlarni maxalliy va markaziy matbuotdan, korxona va maxkamalardan ham olish mumkin. Masalan, iqlim va daryolar ko’rsatkichlari boyicha statistik ma’lumotlar «O’zbekiston gidrometeriologiya», markazidan, o’lkada joylashgan meteostantsiyalar va gidropostlardan ham olish mumkin. Har bir fermer xo’jaligining, sanoat va transport korxonasining iqtisodiy ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni mazkur korxonalarni o’zidan olib ularni qayta ishlash mumkin. Statistik ma’lumotlarni o’lka haqida yozilgan manografiyalar, risolalar va maqolalardan ham olish mumkin. bundan tashqari «Gidrologik yilnomalar», «Iqlim yilnomalari»,dan ham foydalanish mumkin.
O’lka tabiati va xo’jaligi haqidagi statistik manbaalar ilk ma’lumotlar hisoblanadi va ularni qayta ishlash asosida o’lka tabiat tarkiblarini va xo’jaligini rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar va qonuniyatlar aniqlanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling