"tib qonunlari" da fitonimlar talqini
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
tib-qonunlari-da-fitonimlar-talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZBEKISTAN | www.caajsr.uz “TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI Yulduz Ahmad qizi Avezova
- ANNOTATSIYA
- Kalit so‘zlar
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 811 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz “TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI Yulduz Ahmad qizi Avezova Buxoro davlat univetsiteti Lingvistika (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada tib ilmining yetuk ulamosi Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida uchraydigan fitonimlar, ya`ni o`simlik nomlari haqida so`z boradi. Aytish lozimki, “Tib qonunlari” da Abu Ali ibn Sino tomonidan qayd etilgan fitonim nomlari o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, davr nuqtayi nazaridan ham, til nuqtayi nazaridan ham ma`lum jihatlarni o`zida ifoda etadi. Ta`kidlash lozimki, fitonimlar talqini sifatida “Tib qonunlari” dagi qator nomlar tanlab olindi va lingvistik jihatdan tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: Abu Ali ibn Sino, “Tib qonunlari”, fitonim, o`simlik nomlari, davr, lingvistik yondashuv, muhim jihat. Kirish. Barchamizga ma`lumki, har bir sohaning o`zining atamalar tizimi, terminologik lug`ati mavjud. Har bir kasbning terminologik lug`ati ana o`sha sohada qo`llaniladigan leksik qatlam boyligiga bog`liq hisoblanadi. O`qituvchilik faoliyatiga doir atamalar ushbu kasb mohiyatidan kelib chiqsa, tibbiyot sohasida ish olib boruvchi shaxslar nutqida tibbiyotga doir atamalarning tez-tez uchrab turishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Aytish lozimki, nutqiy muloqotimizda o`simlik nomlarini ifodalovchi qator leksemalar ham mavjud bo`lib, ushbu maqolamizda aynan fitonim nomlari va ularning Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida keltirilishini ko`rib chiqamiz. O`simlik nomlari tilshunoslikda fitonimlar deb yuritiladi( “fitos” – o`simlik ; “onuma” – nom)[12] . Fitonim atamasi datslab XX asraning 70-yillarida ilm-fanda qayd etilgan. Fitonimlar borasida turli olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, ismlar tizimidagi otlarni ilmiy tahlil qilib, A.V. Superanskaya fitonimlarning turli nomlar sababidan kelib chiqqanligini ta`kidlab , ularning turfa tarixiy shaxslar, hodisalar va shu kabi omillar ta`sirida nomlanganligini o`zining ilmiy asarlarida keltirib o`tadi. Har bir tilda qo`llaniladiagn fitonimlar ana o`sha hududning tabiiy iqlimidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sababi, ma`lum iqlim sharoitida o`suvchi o`simliklarni boshqa mintaqalarda uchratishimiz mushkul masala. Xususan, Afrika mintaqalarida o`suvchi tropik o`simliklarni O`zbekiston hududida uchratishimiz deyarli mumkin emasligini nazarda tutgan holda aytishimiz mumkinki, fitonimlar ham joylashuv o`rniga monand holda shakllanar ekan. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling