"tib qonunlari" da fitonimlar talqini
Mevali daraxtlarning gullaridan : do`lana guli yoki qirqbo`g`in o`ti, ayniqsa
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
tib-qonunlari-da-fitonimlar-talqini
Mevali daraxtlarning gullaridan : do`lana guli yoki qirqbo`g`in o`ti, ayniqsa,
biror a`zo yoki etning chekkasidagi [jarohatga] va mushaklarning uchiga yaqin jarohatlarga [qo`yiladi]. Yoki bo`lmasa uning tanaga kirgan zaharli moddalarning kurashi yuqorida nomi qayd etilgan o`simlik orqali amalga oshirilishi “Tib qonunlari” asarida keltiriladi. “Tib qonunlari” asarida qo`llanilgan fitonim nomlari qo`llanilish jihatidan sodda, qo`shma yoki birikmali ko`rinishga ega ekanligini asar tarkibida uchratishimiz mumkin. “Tib qonunlari” asarining ikkinchi kitobidan olingan ushbu jumlalarga e`tibor bering: “Buyrakka xos tarkiblardan biri: maysavsan – ikki dirham, murch – to`rt dirham; bir ichimga yetarlik deb gumon qilingan miqdorda [shu tarkibdan] olib, sikanjubin bilan ichiriladi. Yana dasht gazago`t, yovvoyi gulxayri, petrushka ildizi – hammasidan barobar hissa olinadi, bundan ikki qoshiq olib, sharobda qaynatiladi, keyin tindirilib ichiladi”[3]. Ushbu parchadagi o`simlik nomlarini quyidagicha guruhlashimiz maqsadga muvofiqdir: CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 815 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o`simlik nomlari hisoblanmish fitonimlar ma`lum iqlim sharoiti va ularning lingvistik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qo`llanilgan o`simlik nomlari, ya`ni fitonimlar xilma-xillikka ega bo`lib, ular bir-biridan o`ziga xos ko`rinishi, mazmuniy jihatiga ko`ra farqlanadi. Asarda foydalanilgan o`simlik nomlarini aniqlashda “Tib qonunlari” bilan to`liq tanishib chiqish biz uchun ham tibbiyot nuqtayi nazaridan, ham lingvistik nuqtayi nazardan foydali bo`ladi. “Tib qonunlari” da qayd etilgan fitonimlarning tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati shundan iboratki, asardagi ifoda etilgan o`simlik nomlari tibbiyot yoki biologiya fanlari uchun terminlar sifatida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling