Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja
О‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi
Download 1.39 Mb.
|
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘zbekiston amaliy san’at muzeyi.
О‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi. 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ochildi. О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining rangtasvir, grafika, va numizmatika namunalaridan iborat ta’lam Galereyaning qurilishiga asos bо‘lib xizmat qildi.
Galereya XX asr О‘zbekiston tasviriy san’atining barcha davrlari, maktablari, yо‘nalishlari va yetuk rassomlar ijodini о‘zida aks ettirgan boy tо‘plamiga ega. Hozirgi vaqtda Galereyaning rangtasvir va grafika tо‘plamida 1000 dan ortiq eksponat mavjud. Galereyaning numizmatika tо‘plami О‘rta Osiyo hududida qadimdan to hozirgi davrgacha muomlada bо‘lgan ulkan tarixiy, madaniy va ilmiy qimmatini о‘zida aks ettiradi. Mazkur tо‘plam esa 2 500 dona noyob tangalardan tashkil topgan. О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan tasviriy san’atga oid 8 ta katalog, numizmatikaga oid 4 ta katalog va bir qancha ilmiy nashrlarni chop etdi. Galereyaning asosiy faoliyati keng jamoatchilikni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning boy badiiy madaniyati bilan tanishtirishdir. Galereya binosi barcha zamonaviy dunyo muzeylari tajribasi talablariga javob beruvchi va Markaziy Osiyo xududida о‘xshashi yо‘q noyob obyektlardan hisoblanadi. Katta ekspozitsion-kо‘rgazma maydonidan (3 500 .kv. m.) tashqari Galereyada 15 ta zal makoni, eksponatlarni saqlash fondi, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ma’ruzalar zali, ta’mirlash ustaxonasi, bolalar ijod studiyasi mavjud. Galereya faoliyati davrida nafaqat respublika, balki xududiy va xalqaro ahamiyatga ega turli keng kо‘lamli madaniy aksiyalarni о‘tkazdi. Hozirgi vaqtda Galereya - bu respublikamizda va xorijda mashhur bо‘lgan о‘ziga xos madaniyat markazidir. О‘zbekiston amaliy san’at muzeyi. 1927 yilda О‘zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kо‘rgazmasi tashkil qilingan edi. Sо‘ng bu doimiy kо‘rgazmaga aylantirilib, "О‘zbekiston xalq xо‘jaligi kо‘rgazmasi" nomini oldi. Kо‘rgazmaga qо‘yilgan eksponatlar yilma-yil yig‘ilib borildi. Shu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qо‘lda tikilgan kashtalar, dо‘ppilar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga о‘xshash xalq amaliy san’ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu tо‘plangan xalq amaliy san’at asarlari 1937 yilning 7 iyulida Toshkentda ochilgan "Hunarmandchilik muzeyi" da namoyish etila boshlandi. 1960 yilda muzey "О‘zbekiston amaliy san’ati doimiy kо‘rgazmasi" nomini oldi. 1997 yilda sobiq kо‘rgazma О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga о‘tkazildi va "Davlat Amaliy san’at muzeyi" maqomiga ega bо‘ldi. Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bо‘lgan davrni qamrab olgan qо‘ligul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san’at durdonalari yig‘ilgan. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bо‘lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an’analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi о‘ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san’at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an’anaviy uslubini yо‘qotmagan holda uni о‘z ijodiy xofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san’at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san’at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat. Muzey zahirasida tо‘plangan buyumlar 20 nomdagi kolleksiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bо‘yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi. О‘zbek xalqi о‘zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san’ati xalqimiz ijodining eng qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy yodgorliklar, ganch, yog‘och о‘ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdо‘zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardо‘zlik, kashtachilik va о‘nlab boshqa amaliy san’at turlarida о‘z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san’at durdonalari darajasiga kо‘tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag tomirlarigacha nazar tashlaymiz" deb bejiz uqtirmagan edi. Darhaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma’naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bо‘lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bо‘lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma’lumki, О‘zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining о‘ziga xos yirik markazlari shakllangan, har bir hudud о‘zining badiiy bezak san’ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, Chust dо‘ppisi, pichog‘i, Rishton о‘zining lojuvard sopol idishlari, Marg‘ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zardо‘zligi, Shahrixon pichoqchiligi bilan ma’lumu- mashhurdir. Muzey zallarida sayr etar ekansiz, inson qо‘li bilan yaratilgan mо‘jizalarni, betakror san’at nafisligini kо‘rib, olam-olam zavq olasiz. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling