Mavzu: Eng yangi zamon davrida Fransiya (1945-1990 yillar) mundarija: kirish qism I bob. Muvaqqat hukumat va to’rtinchi respublika davrida fransiya
Download 385.39 Kb.
|
Xatamova D
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM…………………………………………………………………....29 II BOB. BESHINCHI RESPUBLIKA DAVRIDA FRANSIYA……………….29
- III BOB. FRANSIYANING TASHQI SIYOSATI………………………….…..47
Mavzu: Eng yangi zamon davrida Fransiya (1945-1990 yillar) MUNDARIJA: KIRISH QISM………………………………………………………….....2 I BOB. MUVAQQAT HUKUMAT VA TO’RTINCHI RESPUBLIKA DAVRIDA FRANSIYA…………………………………………………………….6 Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiyaning ahvoli va muvaqqat hukumatning shakllanishi……………………………………..……6 To’rtinchi respublikaning ichki va tashqi siyosati…………….....…8 ASOSIY QISM…………………………………………………………………....29 II BOB. BESHINCHI RESPUBLIKA DAVRIDA FRANSIYA……………….29 2.1 Sharl de Goll davrida beshinchi respublika…………………...…….29 2.2 Sharl de Golldan keyingi davrda Fransiya……………………….…41 III BOB. FRANSIYANING TASHQI SIYOSATI………………………….…..47 3.1 Fransiyaning G’arb davlatlari bilan munosabati……………………47 3.2 Fransiyaning Sharq davlatlari bilan munosabati……………………55 XULOSA QISM…………………………………………………………….…….61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..….64 KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi O‘tkazilayotgan yangilanish va islohotlar yo‘lini, amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarni xalqimiz qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatmoqda. Biz O‘zbekiston xalqini hech narsa bilan qo‘rqitib bo‘lmasligiga yana bir karra ishonch hosil qildik. Chunki o‘tgan davr mobaynida odamlarning o‘zi, ularning tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati mutlaqo o‘zgardi. Barchaga mana shu oddiy haqiqat ayon bo‘lishi kerak: o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olgan, erkinlik va mustaqillik havosidan bir bora ko‘ksini to‘ldirib nafas olgan, tanlangan taraqqiyot va farovonlik yo‘lining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan har qaysi odam va butun bir xalq hech qachon o‘z e'tiqodidan qaytmaydi. Biz yana shu narsaga ishonch hosil qildikki, O‘zbekistonning mustaqillikka intilishi, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar yo‘li xalqaro hamjamiyat, biz bilan hamkorlik qilayotgan xorijiy mamlakatlar, kompaniyalar, firmalar va banklar tomonidan astoydil qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buni jahon hamjamiyatining munosabatidan, deyarli barcha xorijiy mamlakatlar rahbarlari bizni qo‘llab-quvvatlayotganidan ham bilsa bo‘ladi.G’arb dunyosi asoslarini tubdan o’zgartirgan narsa – islohotlar bo’lib chiqdi va u modernizatsiya nomini oldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, “zamonaviy demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyatini barpo qilish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davr talabidir”.1 Ga’rb mamlakatlarida bunday o’zgarishlar va yangilanishlar Sharq dunyosining siyosiy , ijtimoiy –iqtisodiy va madaniy institutlari ta’siri ostida shakllandi.Ammo bu holat XIX asrning o’rtalari va birinchi yarmidan boshlab G’arb jamiyatlarining rivojlanishi va saqlanib qolishi uchun asosiy muammoga aylandi. Eng yangi davrda Fransiyaning boshqa G’arb davlatlari hamda Sharq davlatlari bilan doimiy aloqlarini o’rganish bitiruv malakaviy ishining o’ta muhim ekanligini ko’rsatib beryapti. Ya’ni biz Fransiyaning ikki jahon urushidan keyingi davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tubdan chuqur o’rgangan holatda aniqlashga harakat qildik. Bilamizki, Birinchi jahon urushida “Antanta” safida turib urushda qatnashgan , asosiy urush harakatlari o’zining hududida sodir bo’lgan Fransiya g’olib davlat sifatida ma’lum qadar oldinga siljidi deyishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushida ham Fransiya Buyuk Britaniya, SSSR va AQSh tomonida urushda ishtirok etib, g’alaba qozondi. Biz o’rganadigan jihat bu ikkala jahon urushidan Fransiyaning yutug’i hamda yo’qotishlari qanday bo’lganligini o’rganish. Download 385.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling