Mavzuning o’rganilish darajasi
Urushdan keyin Fransiyaning qayta tiklanishi, muvaqqat rejim davri, to‘rtinchi respublika davrida Fransiyadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, beshinchi republikaning o‘rnatilishi va uning ijtmoiy– iqtisodiy rivojlanishi, siyosiy tuzilish, Fransiyaning BMT va boshqa siyosiy tashkilotlardagi o‘rni va uning Yevropa va jahondagi mavqei masalalari yoritiladi. 1945-1990 -yillarda hamda undan keying davrda Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganish bitiruv malakaviy ishining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida Eduard Dalad’e Fransiya hukumatini boshqardi. Uning davrida 1938-yilda imzolangan Myunxen kelishuvi sharmandali shartnoma bo’ldi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini o’rganishda sovet davri adabiyotlar hamda xorijiy yozuvchi–tarixchilarning adabiyotlaridan keng foydalanildi. Shuningdek, Yevropa olimlarining asarlari tarjima qilindi. Wikipedia.com saytidan Sharl de Gollning to’liq biografiyasi (hayot yo’li ) olindi. Tarixchi Sergey Volikovning “Le Front populaire en France” 1997-yil chiqqan asari diqqatga sazovordir. Ushbu asarda Fransiya tarixining eng haqqoniy davri batafsil bayon etilgan. O’zbek tiliga tarjima qilingan. Bunday asarlarni ko’plab keltirishimiz mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy tadqiqot rejalari bilan bog’liqligi.
Bitiruv malakaviy ishi Tarix fakulteti, Jahon tarixi kafedrasining bitiruv malakaviy ishlari rejasi asosida bajarilgan. Hamda kafedraning bosh mavzusi bilan bevosita chambarchas bog’liq hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti.
Bitiruv malakaviy ishining obyektini: Eng yangi zamon davrida Fransiya (1945-1990 yillar) tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan:
Eng yangi zamon davrida Fransiya (1945-1990- yillar) ning ijtimoiy-siyosiy tarixi bilan tanishish;
Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida haqqoniylik va xolislik nuqtayi nazaridan to’g’ri yondashish;
Turli davr tarixchilari tomonidan yozilgan manbalarni to’plash, hamda ularni yoritishda uzviy bir-biriga bog’liqlikdan unumli foydalanish;
Bitiruv malakaviy ishining mavzu doirasidagi ilmiy, amaliy asoslarini ochib berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |