Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja
Download 1.39 Mb.
|
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar
O’lka xo’jaligini o’rganish. O’lka xo’jaligini o’lkashunoslik maqsadlarida uning barcha tarmoqlari to’la va har tomonlama o’rganiladi. Xalq xo’jaligi o’lkadagi barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining yig’indisidan iborat: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, uy-joy va maishiy xo’jalik, savdo, sog’liqni saqlash, madaniy-oqartuv va sanoat korxonalari. O’z navbatida yuqorida sanab o’tilgan har bir tarmoq yanada maydaroq tarmoqlarga bo’linib ketadi. Masalan, sanoat quyidagi tarmoqlardan iborat: yoqilg’i-energetika, mashinasozlik, ximiya, qora va rangli metallurgiya, o’rmon, oziq-ovqat, to’qimachilik va x.k.
Qishloq xo’jaligi quyidagi tarmoqlardan iborat: dehqonchilik, sabzovotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik. Transport tarmog’i quyidagi guruhlarga bo’linadi: quruqlik (temir yo’l, avtomobil), havo, suv va quvur transporti. O’lka xo’jaligi quyidagi tartibda o’rganiladi: 1. O’lkaning yoki joyning iqtisodiy geografik o’rni: ya’ni uni respublika, viloyat, tuman markazlariga, xomashyo bazalari, transport tizimiga, yirik sanoat markazlariga nisbatan joylanishi. 2. O’lka xo’jaligini rivojlanishining asosiy bosqichlari, yetakchi tarmoqlari, ixtisosligi, o’lka iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlar va siljishlar. 3. O’lka sanoati, uning tarkibi va rivojlanishi, muxim sanoat korxonalari, ularning xomashyo va energetika manbaalari, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish aloqlari. O’lkani energetika ta’minoti. Sanoatni joylanishi. 4. O’lka qishloq xo’jaligi, uning rivojlanishi va ixtisoslashuvi. Fermer xo’jaliklar va ularning kursatkichlari. Xosildorlik. Chorvachilik va uning tarmoqlari (qoramolchilik, qoychilik, yilqichilik, parandachilik va x.k.). Qishloq xo’jaligini texnika vositalari bilan ta’minlanganligi, Shaxsiy xo’jaliklar va ularni o’ziga xos xususiyatlari. 5. Transportning asosiy turlari. Hozirgi transport turi va uning qiyofasi, asosiy yuk va yo’lovchi tashish yo’nalishlari. 6. O’lkada aloqa xizmatini rivojlanishi, radio, televideniya, telefon aloqasi bilan ta’minlanganlik darajasi. 7. O’lkada savdo tizimini rivojlanishi, savdo tizimining tuzilish, bozor, maxalliy xomashyolarni tayyorlash, umumiy ovqatlanish korxonalari. 8. Uy-joy qurilish va uni fondini o’sishi, obodonlashtirish va gaz bilan taminlashni rivojlanishi, maxalliy yo’lovchi transportini rivojlanishi. Tibbiy xzmatni tashkil qilishi va madaniy xizmati muassasalarini joylanishi. Dam olish va turizm korxonalarini rivojlanishi va ularni joylanishi. 9. O’lkada xalq ma’orifini rivojlanishi: ta’lim muassasalari (maktablar, kasb-xunar kollejlari, Oliy o’quv yurtlari) va ularning yo’nalishi. 10. Madaniyat muassasalarining rivojlanishi: Saroylar, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, kino-teatrlar, sportni rivojlanishi, sport inshoatlari. 11. O’lkani rivojlanish istiqboli Olib borilgan tadqiqotlar asosida xisoblab tuziladi.Ma’lumotlar yetarli bo’lsa o’lkani iqtisodiy xaritasi tuziladi. Savol va topshiriqar 1. Halq xo’jaligi qanday tarmoqlardan iborat? 2. O’lka yoki yashash joyingizda xalq xo’jaligining qanday tarmoqlari rivojlangan? 3. Shaxringizda yoki qishlog’ingizda transportning qanday turlari yaxshi rivojlangan? 4. Yashab turgan joyingizda non va non maxsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar jadvalini tuzing. 5. Yashab turgan joyingizda qanday sanoat korxonalari mavjud, ularni jadvalini tuzing. 6. Yashab turgan joyingizda aloqa xizmati bormi? 7. Yashab turgan joyingizda qanday qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladi? Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling