Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Transport korxonalarini o’rganish


Download 1.39 Mb.
bet25/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Transport korxonalarini o’rganish. Transport korxonalarini o’rganish o’lkashunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki turistik sayohatlarda tadqiqot ishlarining muvaffaqiyatli chiqishi transport yo’llarini joylanishi va ulardan ekspeditsiya a’zolarini qanday foydalanish darajasiga bog’liq. Transport korxonalari quruqlik, suv, havo, quvur turlariga bo’linadi.
Quruqlik transporti o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi: temir yo’l avtomobil. Transport korxonalari o’rganilganda quyidagi xolatlarga e’tibor beriladi.
1. Tabiiy sharoitni transporni turli xillarga ta’siri. Tekislik, tog’lar, qumlar, daryolar, botqoqlar, o’rmonlar va boshqa tabiiy sharoitlar transport korxonalarini rivojlanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
2. Transport korxonalariga tarixiy-geografik tavsif berish. Bunda quyidagilar e’tibor beriladi:
-transport korxonalarini qurilish tarixi va ularni sabablari;
-transport korxonalarini iqtisodiy vazifalari. Mazkur vazifalar xalq xo’jaligini turli tarmoqlari orasidagi aloqalarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Masalan, yuklarni tashish, yo’lovchilarni tashish;
-transport korxonalarini tashish vazifalari, yuklarni bir transport turidan ikkinchi transport turiga ortishdan iborat. Masalan, kemalardan, poyezdlarga, poyezdlardan avtomobillarga va x.k.;
-transport korxonalarining texnik vazifalari harakatdagi transport vositalarini texnik ta’minotini amalga oshirishdan iborat:
Transport korxonalarini o’rganishni temir yo’l stantsiyalari misolida ko’rib chiqamiz.
Bajariladigan vazifalarga ko’ra temir yo’l stantsiyalari va tugunlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Murakab tugunlar. Ularning vazifalari turlicha bo’ladi. Har bir tugun aloxida vazifalarni bajaradigan stantsiyalarga bo’linib ketadi.
2. Iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi stantsiyalar va tugunlar. Ular quyidagi guru hlarga bo’linadi:
-sanoat markazining tugunlari va stantsiyalari;
-tog’-kon sanoatiga xizmat qiluvchi stantsiyalar;
- sanoat va qishloq xo’jaligi bilan bog’langan stantsiyalar;
-asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan stantsiyalar.
3. Texnik vazifalarni bajaradigan stantsiyalar. Bunga lokomativ va vagonlar depolari bor stantsiya va tugunlar kiradi.
4. Kurortga xizmat qiluvchi stantsiyalar.
5. Halqaro savdo va madaniy aloqalarga xizmat qiluvchi stantsiyalar.
6. Shahar atrofida yo’lovchi tashuvchi stantsiyalar.
Temir yo’l stantsiyalari quyidagi tartibda o’rgailadi:
1. Temir yo’l stantsiyasining geografik joylanishi. Stantsiya atrofidagi yo’llar, yo’llar soni va yo’nalishini tavsifini tuzish.
2. Stantsiyadagi inshoatlar va ularning vazifalari.
3. Platformalar, ularning vazifalari va o’lchamlari.
4. Stantsiya atrofidagi temir yo’llar, relslar, ularni yog’ochli yoki betonli shpallarga yotqizilishi va ularni mustahkamlanishi, relslarini o’lchamlari.
5.Stantsiya darvozasi va uning ahamiyati.
6. Yo’lovchi va yuk tashiydigan poyezdlarni shakllantirishni tashkil qilish.
7. Stantsiyalarning ish faoliyati: poyezdlarni qabul qilishi va jo’natish, yuklarni saqlash va berish ishlarini tashkil qilish.
8. Yuklarni qabul qilish va jo’natish, yuklash va yuk tushirish ishlarini tashkil qilish. Ishlarni mexanizatsiyalash darajasi.
9. Stantsiyaga kelayotgan va stantsiyadan ketayotgan asosiy yuk turi.
10. Yo’lovchi oqimi o’lchamlari. Kelayotgan va ketayotganlar soni.
11. Stantsiya ishchi xodimlari. Mutaxassisliklar boyicha tarkibi. Xizmatchilarning umumiy soni.
12. Madaniy-oqartiruv muassasalari.
13. Korxonaning rivojlanish tarixi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling