Joy rejasi deb yer yuzasining kichik bir qismini yuqoridan kо‘rinishini kichraytirib tasvirlovchi chizmaga aytiladi.
Joy rejasining yuqorigi chekkasi-shimolni, pastki chekkasi-janubni, о‘ng chekkasi-sharqni va chap chekkasi-g‘arbni kо‘rsatadi.
Shartli belgilar. Joy rejasida narsa va xodisalar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar tushunarli bо‘lishi uchun ular narsa va hodisalarning о‘ziga о‘xshagan qilib tasvirlanadi. Masalan, daryo va kо‘llar suv rangiga о‘xshash havo rangga bо‘yaladi, qumlar jigarrang nuqtalar bilan, daryo, yо‘l va tor kо‘chalar chiziq kо‘rinishdagi shartli belgilar bilan tasvirlanadi (12- rasm).
12-rasm. Joy plani
Joy rejasini olish usullari. Joy rejasi uch xil usulda olinadi: kо‘z bilan chamalab reja olish, qutbiy reja olish va marshrut bо‘yicha reja olish.
Reja olish uchun tayyorgarlik ishlari. Reja olish uchun birinchi navbatda qog‘oz, faner, kompas kerak bо‘ladi. Qog‘oz fanerga yopishtiriladi, fanerning chekkasiga kompas mahkamlanadi. Qog‘oz yopishtirilgan va kompas mahkamlangan faner PLANSHET deb ataladi. Bulardan tashqari yana reja olish uchun vizirli jazvar (lineyka), qalam, igna va о‘chirg‘ich kerak. Fanerga ёпиштирилган қоғознинг юқори чап бурчагига йўналиш чизиғи чизилади (13-расм ).
13-rasm. Planshet
Kо‘z bilan chamalab reja olish. Kо‘z bilan chamalab reja olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. Planshet tayyorlanadi.
2. Reja masshtabi aniqlanadi.
Rejaning masshtabi joyning katta kichikligiga bog‘liq. Kichik maydonlarni rejasini olganda yirikroq masshtab tanlanadi. Masalan, sport shaharchasining rejasini 1sm da 3 m va undan ham yirikroq chizish mumkin. Kattaroq maydonlarning rejasini kichikroq masshtablarda chizish mumkin, uni 1 sm da 100 metr va undan ham maydaroq.
3. Planshetni mо‘ljallash va yо‘nalishni aniqlash. Planshet tanlangan nuqtaga о‘rnatiladi va planshetni kompas shkalasidagi «SH» shimol harfi magnit kо‘rsatkichining shimoliy uchi tagiga tо‘g‘ri kelguncha aylantiriladi, shundan keyin vizir tazvarni mazkur nuqtadan joyning boshqa nuqtasiga yо‘naltiriladi.
4. Masofani о‘lchash (14-rasm A,B).
Do'stlaringiz bilan baham: |