Mavzu: Oltin boyitish texnologiyasi Reja: Kirish Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo’llanilishi Oltinning minerallari va rudalari


 Oltinning minerallari va rudalari


Download 31.53 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi31.53 Kb.
#1362865
1   2   3   4
Bog'liq
Oltin boyitish texnologiyasi




2. Oltinning minerallari va rudalari
Ruda tarkibida uchraydigan oltinlar asosan katta va kichik bo’lgan, turli shakllardagi tug’ma oltinlardir. Oltin boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi. Uning boshqa metallar bilan eritma-qotishmalari tabiatda uchraydi. Kimyoviy birikmalarida tellurid va selinid shaklda minerallari uchraydi. Oltin minerallari tarkibidagi aralashmalar-kumush, mis va temirdir.
Oltin zarralarining o’lchamlari va qaysi minerallar tarkibiga aralashgan bo’lishi uni tanlab eritish, sorbtsiya, ekstraktsiya, amalgamatsiya yo’li bilan ajratib olinishini belgilovchi xossa hisoblanadi. Ayrim hollarda oltin zarralar usti kislorod-oksidlar pardasi bilan qoplanib, uning ajratib olnishini qiyinlashtiradi.
Oltin ya’ni nodir metallar metallurgiyasi ustida katta xizmatlari bo’lgan I. N.Plaksinning ko’rsatishicha, oltin sirtidagi oksid parda quyidagicha bo’lishi mumkin.
1.Sulfidli minerallar bilan birikkan oltin zarralar (arsenopiritli, galenitli).
2.Temir oksidining mustahkam qobig’i
3.Argentitli qora tusli qobiq
4.Oltin ustidagi rangli tovlanmalar
5.Oksidning qora pardalari
Oltin va kumushning asosiy minerallari 2-jadvalda keltirilgan.
Oltin zarrachalarning shakllari ularni gravitatsiya usuli, gidrometallurgiya usullari bilan ajratib olinishida qo’l keladi.
Masalan «ilmoqli» shakldagi oltin zarralari gravitatsiya dastgohlarida yaxshi ilinadi va ajratib olinadi.
Oltin zarrachalarining o’lchami rudalarni qaysi o’lcham sinfgacha maydalaydi, ya’ni oltin sirtini «ochish» lozimligini bildiradi. Tajribalardan ko’rinadiki, oltin zarralari qancha yirik bo’lsa, uni ajratib olish oson, qancha mayda bo’lsa ajratib olish ham juda murakkablashadi.

Oltin va kumushning asosiy minerallari

T/r

Mineral

Miqdori,%

Au

Ag

1

Oltin

70-100

0-30

2

Elektrum

5-70

30-50

3

Kyustelit

10-28

72-90

4

Kumush

0-0,8

98-100

5

Misli oltin

74,3-80,1

2,3-80

6

Parledit

85,48

4,2

7

Molodonit

64,5

-

8

Oltin amalgamalari

34,2-41,6

0-5

9

Misli kumush

-

90-94

10

Kumush amalgamalari

0-0,8

15,8-95,3

11

Ruxli kumush

-

97,84

12

Platinali oltin

86,0

3,0

13

Iridiyli oltin

62,1

2,1

14

Radiyli oltin

88,4

-

 
Oltin yer qobig’ida juda kam miqdorda mavjud bo’lib, simobga qaraganda 200 marta kam.
Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin, konlar hosil bo’lishining so’ngi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan emish.
Masalan, shu sababdan oltin, kvarts, turli sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan. Oltin qotaborib boshqa birikma va minerallar ustidagina emas, balki ichki tarkibida ham qotgan.
Ayrim hollarda oltin mayda «dispers» zarralar shaklida ajralib kelgan.
Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra gidrotermal eritmalardan kvartsli oltin kon rudalari vujudga kelgan. Bunday rudalarda kvarts xalaqit beruvchi jins shaklda ishtirok etadi. Ayrim holda oltin sulfidlar bilan adashgan holda uchraydi. Odatda yaxlit Sulfidli oltin rudalari ham uchraydi, o’z navbatida bunday rudalar rangli metall rudalarini tashkil etadilar. Tug’ma oltin konlari shu tariqa vujudga kelgach, tabiiy sharoitga ko’ra ular, eroziya, yemirilish, hamda daryo suvlari, shamol-to’fonlar ta’sirida parchalanish, mayda zarra va qumlar shaklida boshqa joyga «ko’chib» to’planadilar va sochma oltin konlarini vujudga keltiradilar.
Tug’ma oltin konlari O’zbekistonning Zarafshon va Uchquduqda – Muruntov, Daugiz tog’, Amantay tog’, Marjonbulok, Toshkent viloyatidagi Kovuldi, Qizil olma, Namangan viloyatidagi Pirmirob, Uzoksoy kabi konlarda uchraydi. Sochma oltin zarralari qadimda Angren (Ohangaron) daryo bo’ylarida uchragan tug’ma oltin kon tuzlari bir necha xil bo’ladilar. Bular quyidagicha:
1.Kvarts – tomirli, amalda sulfidsiz bo’ladi.
2.Kvarts – piritli konlar. Bu konlarga Uraldagi Berezovskiy, O’zbekistondagi Muruntov, Kuchbuloq, Kovuldi konlari kiradi.
3.Kvarts – arsenopirit konlari. Bunday ruda kon turlariga Qo’chqorli, Yettisuv, Daugiz tog kabilar kiradi.
4.Kvarts – surmali rudalar. Bunday konlar Armashevsk (Rossiya), Amantay-tog, Zarafshon (O’zbekiston) konlari kiradi.
5.Mis – Sulfidli oltin tarkibli tomirlar (Toshkent viloyati Qalmoqir va Sariq cho’qqi konlari, Olmalik) kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan konlar Qozog’istonda, g’arbiy Sibirda 20 ga yaqin kvarts-oltin va sochma konlar mavjud. Qadimdan beri ishlatilib kelingan konlar Sharqiy Sibirda, Yoqutistonda, Uzoq Sharqda ma’lumdir.

Xulosa



Kurib chikilgan mavzu va ma’ruzalardan kurinadiki oltin ruda tarkibida sof, sochma, sulfidli minerallar bilan, oksidli, margumushli va boshka minerallar bilan birga uchraydi. Bu xol oltin ishlab chikarish texnologiyasida turli tuman jaryonlarni kullash kerakligini belgilaydi. Shu sababdan oltin ishlab chikarish korxonasida ishlashni istagan muxandis barcha maxsus fanlardan nazariy va amaliy bilimga ega bulishi kerak buladi.
Asosiy adabiyotlar:




  1. Download 31.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling