Mavzu: Oltin konlarini qazib olish haqida tushuncha Reja
Download 26.88 Kb.
|
Oltin konlarini qazib olish haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin sanoati
Mavzu: Oltin konlarini qazib olish haqida tushuncha Reja: Kirish Oltin qazib olish jarayoni Rudadan oltin olish usullari Suvdan oltin Kelajakda oltin qazib olish rejalari Konlarda oltin qanday qazib olinadi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KirishOltin sanoati, oltin qazib chiqarish sanoati— kon sanoatining tugʻma va sochma konlardan oltin qazib oluvchi tarmogʻi. Oltin qazish juda qadim davrdan maʼlum. Turli mamlakatlarda: Gana (1471), Meksika (1500), Peru, Chili (1532), Braziliya (1577), Rossiya (Ural, 1745), Kanada (Kvebek, 1823), AQSH (Kaliforniya, 1848; Kolorado, 1858; Alyaska, 1890), Avstraliya (1851), JAR (1884) va boshqa mamlakatlar hududlarida oʻrta asrlardan boshlab boy oltikumirkonlari topilgan va qazib olingan. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida yirik oltin konlarining ochilishi va texnikaning umumiy taraqqiyoti Oltin sanoatining rivojla-nishiga zamin yaratdi. Dunyo boʻyicha 15-asrda 763 t, 17-asrda 914 t, 18-asrda 1890 t, 19-asrda 11616 t oltin olindi. Oʻrta Osiyoda, xususan, hozirgi Oʻzbekiston yerlarida oltin qazib olish va undan turli taqinchoklar, zargarlik bu-yumlari, bezaklar yasash miloddan avvalgi 6—5-asrlardayoq mavjud boʻlganligi arxeolo-gik topilmalardan maʼlum. Tarixda Oʻzbekiston hududida 5-asrgacha, 5—12- a. larda va 17—20-asrlarda oltin qazib olingan 30 dan ortiq koʻxna oltin konlari boʻlgani aniklangan. Tugma (erkin uchraydigan) oltin konlarini oʻzlash-tirishga qadar oltin, asosan, sochma konlarda ibtidoiy usullarda — oltin zarralari aralash qumni qoʻy terisi qoplangan yogʻoch togʻoralarda yuvib, aj-ratib olingan. Sochma oltin olish 10— 11-asrlarda Chatqol, Chirchiq, Norin, Koson, Soʻx, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi haqida manbalarda maʼlumotlar bor. Oʻrta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga moʻgʻullar bosqiniga qadar Chatqol — Qurama, Nurota togʻlarida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tugʻma oltin qazib olingan. Moʻgʻullar bosqinidan keyin Oʻrta Osiyoda kon qazish ishlari asta-sekin inqirozga yuz tutdi, koʻpgina oltin konlari unutildi. Oʻrta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini oʻrganishda 19-asrning oxirgi choragida jiddiy ishlar olib borildi: oʻlkaning barcha joylarida tadqiqotlar oʻtkazildi, geologik haritalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. 1917-yilgacha Chirchiq, Piskom va Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish bilan shugʻullanganlar, 1913—17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi "Nikolay" oltin konidan foydalanilgan. 1930-yillar boshida "Oʻzbekoltinnoyobmet" tresti tashkil etildi. Oʻsha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama togʻlarida oltin izlovchilar oltinni qumni yuvish usulida ajratib olar, yillik oltin bir necha oʻn kg dan oshmas edi. Keyinchalik oʻsha joylarda rudali oltin konlari topildi. 1941—45 yillarda oltin izlovchilik (artel) yoʻli bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyib 50 kg ga yetdi. 1950-yil sochma oltin izlash ishlari toʻxtatildi. 1950-yillardan rudali oltin konlarini izlash va razvedka qilish boʻyicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida Qoraqoʻton, Bichanzor, Pirmirob, Gʻoʻzaksoy, soʻngra Qoʻshbuloq, Muruntov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Kizilolmalisoy, Sarmich va boshqa ruda konlari to-pildi. Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling