Mavzu: Oltin mishyakli rudalarni boyitish texnologiyasi. Reja


Oltin zarrali shlyuzlarda ajratib olish


Download 92.5 Kb.
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1358081
1   2   3   4
Bog'liq
foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi 1chi mustaqil ish

2.Oltin zarrali shlyuzlarda ajratib olish.

Shlyuzlar - juda qadimdan O`rta Osiyo xalqlarida ishlatilib kelingan. Ular nov yoki tarnov deb atalib suv tegirmonlariga qiya tekislikda suv quyish, oltin yuvish uchun ishlatilgan. Uzunligi 2-3 m dan 5-6 m gacha etgan. Tarnovlar asosan yog’och taxtalardan yoki yog’ochni o`yib ariqcha yasash yo`li bilan tayyorlangan. Bu tarnovlar ichiga teri kabi materiallar jun tomoni bilan yotqizilib oltin kumlari oqizilganda, shu junlar oralig’ida oltin zarralari tutilib qolgan.


Shu yo`sinda oltinni tarnovdarda yuvish O`zbekistonda eramizdan 2000 yillari avvalidan boshlangan deb taxmin qilish mumkin. Tarnov – shlyuzlarda oltin zarralarni boyitishni quidagi xususiyatlari bor:
1. Zarralar o`z zichligiga turli tezlikda cho`kib, harakatga keladi.
2. Materiallar uz zichligi va o`lchamiga ko`ra tarqoqlanadi, saralanadi.
3. Turli o`lcham zichligidagi materiallar tarnov tubida turlicha ishqalanish koeffitsientida harakat qiladi.
4. Suv oqimi va bosimi zarralarni turli tezlikda siljitadi.
Tarnovda boyitishga ta`sir etuvchi asosiy faktor-omil, turli qatlam oqimi turli tezlikdaligidir.
Suvning laminar oqimidan farqli, turbulent oqimida zarralar o`zaro aralashib, tez saralanib, harakati tezlashadi.
Ayni shu oqimda oltin qumlari yuvilishi tezlashadi va oltin boyitma hosil bo`ladi. Tarnov tagligiga shoyi, chit baxmal, baxmal va boshqa matolar yotqizilishi mumkin. Ayni shu matolar oralig’ida oltin zarralari to`planib ajraladi. Tarnovlar sof oltin zarralarini ushlab-boyitma olish miqdori, ya`ni mahsuldorligi 20 t/m2 bo`ladi. Agar ruda sul’fidli va oltin mayda zarrali bo`lsa, mahsuldorlik 10 t/m2 sutka yoki 2 t/m2 bo`lishi mumkin.
Tarnov-shlyuzlar tagiga qoplam uchun turli materiallar to`shalishini aytgan edik.
1. Koplama materiallar: oddiy paxta-surupi yoki yo`l-yo`lli chit baxmal shaklida bo`lishi mumkin.
2. Rezina materialli - izli sukno, jun matolar, brezent, parus matolari (parusina) matolar to`shalganda mahsuldorlik quyidagichadir; kg/m2 hisobida:
Parusina………..…..….0,4-0,6
Korderey………………..1,5-1,8
Velvet-chitbaxmal………0,8-1,2
Oddiy surp……………..2-2,5
Izli rezina…………….1,6-2,0
Voylok…………………..2,5-3,0
Tarnov uzunligiga ham boyitma miqdoriga ta`sir etadi. U qancha uzun bo`lsa boyitma miqdori shuncha ko`proq bo`ladi.
Oltin saralash fabrikalarida OSF-da L - 34 m. Tarnovni bo`shatish-yuvish chastotasi oltin va sul’fid miqdoriga bog’liqdir. Bo`tana suyuqligi S : T  2.510 oraliqda ishlatiladi. O`ta quyuq bo`tanadagi oltin zarralari, tarnov tubiga ilinmay oqib ketishi mumkin. Agar bo`tana o`ta suyuq bo`lsa, boyitmada loyqa ko`payib sifat buziladi. Loyli ruda va materiallar suyuq bo`tana bo`lishini talab qiladi.
Tarnov – shlyuzlar burchagi 12-17 % uzunligiga nisbatan olinadi. Tarnovlarda sof toza oltin zarralari bilan bir qatorda, usti oksid pardali (“Kuylakli”) yoki “pardali” oltin zarralari ham tutib qolinadi.
Loyihalarning ko`rinishiga karab, tarnov – shlyuzlar quidagicha bo`ladilar:

  1. Qoplamasi ko`zg’atib olinadigan.

  2. Qoplamasi ko`zg’almas

  3. Ag’darmali tarnovlar – bir, ikki, uch va ko`p dekali tarnovlar.

  4. Lentali tarnov – shlyuzlar.

Cho`ktirish mashinalaridan shlyuzlarning afzalligi – ular kam xarajatli va loyihasi soddaligidadir.
Kamchiligi – bu tarnov – shlyuzlarning kam mahsuldorligidadir. Ayrim holda tarnov – shlyuz dastgohlar, chuktirish mashinalari chiqindilarini boyitishda ishlatiladi.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling