Gugurt haqida


Download 1.61 Mb.
Sana04.11.2020
Hajmi1.61 Mb.
#140356
Bog'liq
Gugurt haqida


Gugurt haqida.


Gugurt paydo bo‘lgunga qadar, inson olov yoqish uchun nima qilmagan?! Yog‘och sirtlarini bir-biriga ishqalagan, kremniy orqali uchqun keltirishga, oyna orqali quyosh nurini tutib olishga harakat qilishgan. Faqatgina 18 asr oxirlariga kelib, yashash ancha osonroq bo‘ldi. Fransiyalik kimyogar Klod Bertolle, keyinchalik bertolet tuzi deb atala boshlangan, tajribaviy yo‘l bilan modda ishlab chiqargan. Shunday qilib, 1805-yilda “makanka” gugurtlari paydo bo‘ldi – quyuq sulfat kislataga botirilganidan so‘ng yonadigan, bertolet tuzi bilan moylangan ingichka cho‘pchalar. Birinchi “quruq” gugurtlarni ingliz kimyogar va aptekar Djon Uoker ixtiro qilgan. Biroq Uoker gugurtlarning hidi  nihoyatda badbo‘y edi. 1830-yilda 19 yoshli fransiyalik kimyogar Sharl Soriya bertolet tuzi, fosfor va elim qorishmasidan tashkil topgan, fosfor gugrtlarini kashf qildi. Ular qattiq sirtga, masalan etik tagligiga ishqalanganida tezda o‘t olgan. Soria gugurtlari hidsiz bo‘lib, biroq oq fosfor zaharli modda bo‘lgani uchun, sog‘liqqa zarar keltirar edi.

1855 yilda kimyogar Yoxan Lundstrom, qizil ba’zilarda, oqdan ham yaxshiroq bo‘lishini hayoliga keltirdi. Shved, katta bo‘lmagan qutisining tashqarisidagi jilvirli qog‘ozga qizil fosforni surtib, huddi shu fosforni gugurt uchidagi qorishmaga qo‘shdi. Shunday qilib, ular sog‘liqqa zarar etkazmaydigan va oldindan tayyorlangan sirtga ishqalanganida, tez o‘t oladigan gugurt paydo bo‘ldi. Va nihoyat, 1889-yilga kelib, Djoshuyu Pyusi gugurt qutisini ixtiro qilgan, lekin bu ixtironing patenti, huddi shunday, biroq yonuvchan sirti tashqarida bo‘lgan (Pyusida u sirt qutining ichida edi) qutini o‘ylab topgan amerikalik kompaniyasi “Diamond Match Company”ga berilgan.

Qiziqarli ma’lumotlar

• Zamonaviy gugurtlarning ajdodlarini yonadigan qismi avvaliga oq fosfordan tayyorlangan. U esa, sog‘liq uchun zararli bo‘lib, yonayotganida chiqqan tutuni zaharli hisoblangan. Inson o‘zini o‘ldirishi uchun esa atigi bitta gugurtning bosh qismini iste’mol qilishini o‘zi yetarli edi. 1847-yilda avvaliga Germaniya, keyinchalik boshqa mamlakatlarda yangi zararsiz fosfor topilishi natijasida zaharli bo‘lmagan gugurtlar ishlab chiqarila boshlandi. Bu haqda esa birinchi marta 1865-yil 20-aprelda e’lon qilingan.

• Birinchi gugurt idishlari metall qutilar bo‘lib, ko‘pincha yorliqsiz bo‘lar edi. Mahsulot va ishlab chiqaruvchining nomi quti qopqog‘iga muhrlangan.

• Dunyo bo‘yicha yiliga 30 milliard quti gugurt ishlab chiqariladi.

• Gugurtning bosh qismi qizil, ko‘k, jigarrang, yashil rangli bo‘lsa ham, bir xil yonadi va o‘chadi.

• Dunyo bo‘yicha gugurtlarning 100 xil turi bor.

• Gugurtning bosh qismi selsiy bo‘yicha 1500 darajagacha ega bo‘lishi mumkin.

Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda gugurtlar muzeyi mavjud.



• Gugurt inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Agar kimnidir zaharli cho‘l o‘rgimchagi chaqib olsa, ikki daqiqadan kechiktirmasdan tananing o‘rgimchak chaqqan joyiga gugurt yoqilsa, zahar parchalanib ketadi va qonga tarqamaydi.
Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling