Bu texnologik jarayon quyidagilardan iboratdir: dastlab arpa qaynoq suvda (90-95°S) 1-2 daqiqa zararsizlantirilib, bir sutka davomida dimlanadi, keyin uni maxsus patnis (kyuvet) larga 2-3 sm qalinlikda yoyib, namligi 16% ga tushguncha shamollatiladi. So’ngra uning ustiga termostatda (24°S harorat, 80% namlik) 3-4 kun saqlangan sitotroga tuxu-midan, 1 kg arpaga 1 g hisobida qog'ozchalarga (10 kg arpa sig'adigan patnisning 5 ta joyiga 2 grammdan) ko'yiladi. Qurtlar donga to’liq kirib ketguniga qadar arpaga tegilmaydi. Undankeyin, kapalaklar uchib chiqa boshlaguncha (taxminan 20-25 kun) arpa har kuni namlab turiladi. Arpaning namligi 16% dan oshib ketmasligi lozim. Xona harorati 24-25°S, namlik 75-80% bo’lishi kerak. Kapalaklar ucha boshlagach, 3 litrli bankaga 300 gramm arpadan solinadi, bankalardan 50-60% kapalaklar uchib chiqqunicha kutiladi, so’ngra ularning ustiga 300 donadan yangi qo’yilgan oltinko’z tuxumlari solinadi. - Bu texnologik jarayon quyidagilardan iboratdir: dastlab arpa qaynoq suvda (90-95°S) 1-2 daqiqa zararsizlantirilib, bir sutka davomida dimlanadi, keyin uni maxsus patnis (kyuvet) larga 2-3 sm qalinlikda yoyib, namligi 16% ga tushguncha shamollatiladi. So’ngra uning ustiga termostatda (24°S harorat, 80% namlik) 3-4 kun saqlangan sitotroga tuxu-midan, 1 kg arpaga 1 g hisobida qog'ozchalarga (10 kg arpa sig'adigan patnisning 5 ta joyiga 2 grammdan) ko'yiladi. Qurtlar donga to’liq kirib ketguniga qadar arpaga tegilmaydi. Undankeyin, kapalaklar uchib chiqa boshlaguncha (taxminan 20-25 kun) arpa har kuni namlab turiladi. Arpaning namligi 16% dan oshib ketmasligi lozim. Xona harorati 24-25°S, namlik 75-80% bo’lishi kerak. Kapalaklar ucha boshlagach, 3 litrli bankaga 300 gramm arpadan solinadi, bankalardan 50-60% kapalaklar uchib chiqqunicha kutiladi, so’ngra ularning ustiga 300 donadan yangi qo’yilgan oltinko’z tuxumlari solinadi.
- Tuxumlardan chiqqan kushanda lichinkalari don kuyasining tuxumi, lichinkasi, hatto kapalaklari bilan ham oziqlanadi. 15-18 kun o’tgach lichinkalar oziqlanishdan to’xtab pilla o’raydi va g’umbakka o„ta boshlaydi. yana 6-8 kun o’tgach, bankada oltinko’z etuk zotlari paydo bo’ladi . Ular darxol uchirib olinib, ichida tasma matolari bo’lgan , toza 3 litrli bankalarga 70-80 tadan solinadi.Oltinko’z solingan bankalarga asal surtilgan mato osiladi va banka ichiga har biri 4-5 ta qurt ezilgan silliq qog„ozchalar tushiriladi. SHuningdek ozuqa sifatida pivo achitqisining 40% li avtolizati bankaning ichki devoriga surtiladi.Oltinko’zning etuk zotlari oziqlangach, 3-4 kundan keyin yoppasiga tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxum qo’yilgan matolar har kuni olinib, oltinko’zlar mato tasmalar solingan toza bankalarga ko’chirilib yuqorida aytilgan usulda oziqlantiriladi. Oltinko’z har kuni yangi bankalarga ko’chirib turilmasa kasallanadi. Oltinko’z tuxum qo’yishi bir oygacha davom etadi. Etuk zotlar to’liq uchib bo’lgach, arpalar yana yangilanadi. Agar kapalaklar ko’p bo’lsa, arpadan ikkinchi marta foydalansa ham bo’ladi . Olingan tuxumlardan dalaga chiqarish, yoki yana oltinko’z ko’paytirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |