Mavzu: Ona tili darslarida “Gap va uning turlari” mavzusini o`rganish Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 81.11 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2023
Hajmi81.11 Kb.
#1748358
1   2
Bog'liq
Mavzu- Ona tili darslarida “Gap va uning turlari” mavzusini o`rg

Xulosa
Xulosa, o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.
Hozirgi ijtimoiy-madaniy hayotda ta’limni insonparvarlashtirish jamiyatimizda yashayotgan insonlarning pedagogik-psixologik taffakuriga bog’liqdir. Shaxs psixologik tafakkuri bu insonga xos tushuncha bo’lib, jamiyatda sodir bo’layotgan yangiliklar va o’zgarishlarga faol kirisha olish munosabati bilan belgilanadi.
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish izning bosh maqsadimiz shu bilan birga eng ilg’or rejamiz bo’lmog’i lozimdir” deya bejizga ta’kidlab o’tmaganlar.
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib o’quvchilarni shaxs sifatida shakllanishiga yo’naltirilgan umum ta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.Ona tili darsida beriladigan bilimlar mazmunini o’bek tilining tovush tuzulishi hamda yozma nutqda tovushlarni ifodalash haqidagi (fonetik va grafik); so’zlarning o’zgarishi,gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (Grammatik ya’ni morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usullari haqidagi (so'z yasalishiga doir) bu bilimlar birinchidan grammatik, fonetik va so’z yasalishiga oid tushunchalardir.Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalarni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi.Ona tili kursida hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar o’quv tarbiyaviy jarayonida shakllantiriladi.
O’quvchilarni gapning hosil bo’lish jarayoni, gap bo’laklari tushunchalari bilan tanishtirish boshlang’ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o’rganiladigan, nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo’linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o’rgatish savod o’rgatish davridayoq boshlanadi va 3-4-sinflarda ham davom ettiriladi. 3-sinfda”Gap”, ”Darak gap”, ”So’roq gap”, ”Buyruq gap”, ”His-hayajon gap”, ”Sodda gap”mavzulari nazariy o'rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’quvchilarga o’rgatishda ijodiy yondashuvga erishish esa o’z navbatida pedagogik texnologiya bilan chambarchas bog’langa. Ta’lim jarayoni murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo’lib o’qituvchining bosqichma-bosqich mahorat pillapoyalarini egallab , nihoyatda qiyin mashaqqatli mehnatning samarasi sifatida har bir o’qituvchi erishishi mumkin bo’lgan mahorat cho’qqisidir.
Mustahkam bilimlarni berish va nazorat ishlarini tashkil etish eng avvalo tinimsiz mehnat, har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashni taqozo qiladi. Bu o’qituvchining pedagogik faoliyatida o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning va ular bilimini nazorat qilishning ijodiy qirralarini izlab topishga imkon yaratadi. O’qituvchilarda talabchanlikni oshirish, dunyo talablariga javob beradigan ish uslublarini kelajak avlodga tadbiq qilish shu kunning asosiy zaruriyatidir.
3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatishda pedagogik texnologiyani qo’llashimizdan asosiy maqsad o’quvchilarda olgan bilimlarini amaliy faoliyatda tadbiq etishga o’rgatish orqali og’zaki va yozma nutqlarni to’g’ri, tez amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, o’quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishdan iboratdir. Ona tili darslarida noan’anaviy usullardan, qiziqarli o’yinlardan foydalanganimizda o’quvchilarning avvalo, darsga bo’lgan qiziqishlarini ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Shunday qilib 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatish metodikasi orqali o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo’llashning tadbiqiy asoslaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonida ko’proq o’quvchini o’ylashga, fikrlashga undovchi, o’quv topshiriqlarni ishga solish,o’quvchilarda bilish-o’rganish,mushohada qilish ehtiyojini yuzaga keltiradigan qo’shimcha materiallardan foydalanish singarilardan bog’liq.
3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatishda zamonaviy darslardan foydalanib o’quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mavzudan kelib chiqqan holda milliy istiqlol g’oyalari ichida tarbiyalash ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatish orqali o’quvchilar hayot uchun kerakli va qiziqarli bilimlarni egallaydilar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatda zarur bo’ladigan bilimlarni shakllantirishda, o’qishning keyingi bosqichlarini davom ettirishlari uchun tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi (Boshlangich ta’lim).- Toshkent, 2017.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, “Nosir”, 2009.
3. Fuzailov S., Xudayberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
4. Ikromova R., G‘ulomova X. va b. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
5. I.A.Karimov '' O’zbekiston buyuk kelajak sari". – Toshkent:O’zbekiston, 1998. –B. 19.
6. I.A.Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. Toshkent 2002 yil.
7. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”. Toshkent 2008.
8. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston poydevori”. Toshkent 2004.
Download 81.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling