Mavzu: Ona tili darslarida “Gap va uning turlari” mavzusini o`rganish Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 81.11 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu- Ona tili darslarida “Gap va uning turlari” mavzusini o`rg
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzu: Ona tili darslarida “Gap va uning turlari” mavzusini o`rganish Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 1. Gap haqida umumiy ma’lumot. 2. Boshlang’ich ta’limda gap ustida ishlash vazifalari va bosqichlari. 3. Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
o‘ quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’ naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘ u bergan: «Ma’ lumki, o‘ zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘ rtasidagi ruhiy-ma’ naviy bog‘ liqlik til orqali namoyon bo‘ ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”. Shu bois ona tili ta’ limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘ zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid, modal so‘zlarini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’ limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘ limni o‘qitishning ta’ limiy ahamiyati shundaki, o‘ quvchilar tilning asosiy birligi – so‘ z turkumlari haqidagi ta’ limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘ limlari bilan uzviy bog‘ liq bo‘ lib, shu bo‘ limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’ minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ona tilimizni o‘rganish, ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini alohida ta'kidlagan. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida, avvalo, shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda ko’p bor o’zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim. Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’ lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’ quv yurtlarida taxsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’ rifat sirlarini o’ rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’ quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu– intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. Eng muhimi shundaki, «portlash effekti” ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o’ tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog’ lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab ta’ limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. 1. Gap haqida umumiy ma’lumot. Gap ustida ishlash o’quvchilarning nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o’quvchilarni sintaktik jihatdan to’g’ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o’rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo’lgan) nutq birligi bo’lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo’yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap − grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so’zlarning bog’lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo’lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog’liqligi ustida ishlash ham zarur; to’rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog’liqligini tushuntirish kerak. Boshlang’ich sinflar dasturining «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko’rsatilgan. Bola boshlang’ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg’ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o’rgatib boriladi. Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo’lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o’quvchilarning mustaqillik darajasiga ko’ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo’linadi: 1) analitik mashqlar, ya’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; 2) sintetik mashqlar, ya’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar. Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so’ng analitik mashq o’tkaziladi. O’quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko’ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo’linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2) konstruktiv mashqlar; 3) ijodiy mashqlar. Gap haqida umumiy ma’lumot: Sintaksisda o’rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap-kishilar nutqining kichik birligi bo'lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so’zlar bog'lamasi yoki yakka so'zdir. Aloqa birligi bo'lmish gap fikmi ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko'ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi. Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud: Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq. Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o'z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo'lib, ular ayl, zamon, shaxs son kategoriyalaridir. Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya'ni ega-kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so'zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali ifolanadi. Gap intonatsiya (ohang) jihatdan tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so'z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Intonatsiya, birinchidan, so'zlar bog'lanmasi yoki yakka so'z gapni shakllantirganini ko'rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Intonatsiyaning xabar, so'roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi. Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi ma’lum sharoit bilan bog'liqdir. Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati). modallik (so'zlovchining aytilayotgan fikrga munosabati), intonatsiya shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari sanaladi. O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi: 1.Ifoda maqsadiga ko‘ra. 2.Emotsionalikka ko'ra. 3.Tuzilishiga ko'ra. Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi. Emotsionalikka ko'ra gaplar ikki turga bo'linadi: emotsional gaplar yoki undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak, so'roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo'lmagan gaplar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o'tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan emotsional gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi. Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma bo'ladi. Gaplarning bunday bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga asoslanadi. Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.). Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi. Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi. So'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma'lumot berish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi. So'roq gaplar ko'proq dialogik nutqda qo'llanadi. Bunday gaplar alohida intonatsiya bilan aytiladi. So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: So'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu, Robiya? (P.O.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo'yib kо’rsam-chi? (O'.Usmonov). So'roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov).Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov). So'roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog'liq bo'lgan so'zda intonatsiya (ohang) ko'tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so’radi. (O'. Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov). So'roq gaplar so'roqning xususiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: sof so'roq gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar. Sof so'roq gaplar tinglovchidan so'roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo'ldi. Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xojalik bo'limi shumi? (F.Musajonov) Ritorik so'roq gaplarda so'roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin). So'roq-buyruq gaplar so'roq orqali buyruq vazifasini o'z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o'zi qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov). So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: Buyruq, do'q-po'pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi, o'g'lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov ). Sen darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi Yulduzga. Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki. bo'tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo'q, toylog'im.- deb qoldi professor. - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang (J.Abdullaxonov). Keling. institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov). Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi. Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq intonatsiyasi; 2) ko'pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi; 3) gapga buyruq ohangni qo’shadigan maxsus so'zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji bo’lsa va boshqalar). Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra farqlanadi: Buyruq gapning kesimi ko'p hollarda buvruq-istak maylidagi fe'l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo'lsa, uzoq kutdirib qo'ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo’lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo’l siltadi: - Raddiyani uning о'ziga yozdirasiz, bo 'tam. (J.Abdullaxonov). Buyruq gapning kesimi vazifasida fe'ldan boshqa so'zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.O.). Gaplar emotsionallikka ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) emotsional bo'lmagan gaplar; 2) emotsional yoki undov gaplar. Xabar-darak, so'roq, buyurish intonatsiyasiga ega bo'lgan gaplar emotsional bo'lmagan gaplardir. Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplaming barchasi, ya'ni darak gap, so'roq gap va buyruq gaplar emotsional bo'lmagan gaplarni tashkil qiladi. Emotsional gaplar yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon intonatsivasi, ohangi bilan talaffuz etiladi. Darak, so'roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko'ra undov gaplarning darak undov gap, so'roq undov gap, buyruq undov gap turlari yuzaga keladi. Darak undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, о 'rtoq! (O'.H.); So'roq undov gap: Bu gaplardan so'ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?!(P.Q.); Buyruq undov gap: Yo'qolgan pichoqning sopi oltin bo'lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.). Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: -turli his-tuyg'ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g'azab va shu kabilarni bildiruvchi intonatsiya yordamida. Masalan: Odamlar bilan yashash, ishlash, do'stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (Ch.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.) Ayam bilan xolam yo'lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o'tirishibdi! (A.O.). Yillar o'tdi! A.Q.). Kecha g’ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); -undov so‘zlar yordamida, masalan: E gaplar o'tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlarey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.O.). -yuklamalar yordamida: 2. Boshlang’ich ta’limda gap ustida ishlash vazifalari va bosqichlari. Bоshlang‘ich ta’lim jarayоni bоlaning mantiqiy tafakkur qila оlish salоhiyati, aqliy rivоjlanishi, dunyоqarashi, kоmmunikativ savоdхоnligi va о‘z-о‘zini anglash salоhiyatini shakllantirishga, jismоnan sоg‘lоm bо‘lishga, mоddiy bоrliq gо‘zalliklarini his eta оlishga, gо‘zallik va nafоsatdan zavqlana оlish, milliy urfоdatlarni о‘zida singdirish va ardоqlash, ularga riоya qilishga о‘rgatadi. О‘zbеkistоn Rеsрublikasidagi bоshlang‘ich ta’lim tayanch о‘quv rеjasi dоirasiga оna tili, matеmatika, tabiat hamda insоn va jamiyat ta’limi sоhalari kiritilgan. Оna tili ta’limi bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kеngaytirishga, erkin fikrlay оlishi, о‘zgalar fikrini anglashi, о‘z fikrlarini оg‘zaki va yоzma ravishda ravоn bayоn qila оlishi, jamiyat a’zоlari bilan erkin mulоqоtda bо‘la оlish kо‘nikma va malakalarini rivоjlantirishga хizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflar ona tili kursini o’rganishning yetakchi insoniy tamoyili tilning barcha tomonlarini (leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi) o‘zaro bog’liq holda o’rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni yaxlit hodisa sifatida o‘rganinshni ta’minlaydi va til kishilarning aloqa vositasi ekanini o‘quvchilar tushunishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bu tamoyil bo‘limlar orasidagi mumkin bo‘lgan bog‘lanishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang’ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Bosh bo‘laklar”, “Ikkinchi darajali bo‘laklar”, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin). Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish). 2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash). 3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish. 5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish. Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. “Gap” mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishini o‘rganishga o‘tadilar. Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish o‘tkazgan ma’qul. Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 1-sinfda “Ona tili va o‘qish savodxonligi”da o’quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi. 2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” da esa o‘quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi. 3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘z)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishni bilib oladilar.Shuningdek, gapning maqsadga ko‘ra turlari, darakgap, so‘roq gap, buyruq gap hamda his-hayajon gaplarning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishadilar. 4-sinfda “Nutq. Matn” mavzusini o‘rganish bilan gap haqidagi bilim kengaytiriladi. Xususan, o‘quvchilar matn nutqning yozma shakli ekanligi, uni qismlarga bo‘lish, unga sarlavha qo‘yish, reja tuzish mumkiinlgi haqidagi tushunchlarga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda og‘zaki va yozma nutqini, tafakkurini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilarda gapni to‘g‘ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 3. Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish. Boshlang`ich sinf ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; -ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir nechta o‘yin namunalarini keltiramiz.O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogik texnologiyani keltirib chiqaradi. Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalga tatbiq etishdir.Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogik texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish noan‘anaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilgan faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi. O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: -kasbiy faoliyatning ongli tahlili; -me‘yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; -kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; -dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish; (o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish. Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydi. Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tadbiq etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat: -mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish; -kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash; -yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash; -yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; -yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli: -shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar; -kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya; -kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati,; -bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar; -o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar. Hozirda “Shaxs” tushunchasi milliy ta’limning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talb etadi. Shaxsni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’sulyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, yani ta’lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarining loyhasini tadbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedagogik texnologiya darsning muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta’kidlab, ommaning diqqat e’tiboriga havola etayotir. Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so’zlari ibratlidir: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kunni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: − ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi; − o‘quvchini izlanishga undaydi; − o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq yetkazib beriladi; − o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi; − o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; − mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi; − ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi; − o‘z-o‘zini namoyish etish imkoniyatini beradi, ta’lim mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish. Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi. “Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim. Donishmandlarimiz aytganidek: «O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir». Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiy bu o‘gitga amal qilar ekan, aslo kam bo‘lmaydi. Eng katta farq esa hozirgi kun o‘qituvchisining ish faoliyati innovatsion axborot texnologiya dunyosi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni borligida. O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin. Biz o‘qituvchilar yosh avlod ongiga shakl beruvchi, ularni yuksak pog‘onalarga olib chiquvchi sharafli kasb egalari ekanligimizni ham unutmasligimiz kerak Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi» Ma’lumki, barcha pedagoglar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy turlari, xususiyatlari, nazariy asoslari, ulardan amalda samarali foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riqlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish mexanizmi jarayoni haqidagi ma’lumotlardan iborat. Pedagogik texnologiya - bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustah-kamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol metodlar xususida to’xtalamiz. Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “Gap va uning ma’no turlari»o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. “Aqliy hujum «metodida quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. O’quvchilarni o’rtaga tashlangan muammo doirasida fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishga erishish. 2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni rag’batlantirib borish. 3. Har bir o’quvchining javobini doskaga yozib borish. 4. Aytilgan fikrlarga shu jarayonda tushuntirish berilmaydi. 5. Aytilgan fikrlarni muhokama qilishga va tanqid qilishga yo’l qo’yilmaydi. “Aqliy hujum “uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka tartibda bajarishga yoki juftliklarga ajratilib bajarishga, kichik guruhlar o’rtasida bajarishga mo’ljallanadi. “Aqliy hujum”da har qanday savol o’rtagatashlanavermaydi, u o’quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha yondashishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo’lgan savollar bo’lishi kerak. 3-4- sinfda “Gap va uning ma’no turlari” mavzusi o’rganilayotganda quyidagi kabi savollardan foydalanish mumkin: 1. Gap deganda nimani tushunasiz? 2. Gapning ma’no turlari nechta? 3. Darak gapga misol ayting? 4. So’roq gapning oxiriga qanday tinish belgi qo’yiladi? 5. His-hayajon gap deb nimaga aytiladi? 6. Undov gapning oxiriga qanday belgi qo’yiladi? 7. Undov gapga misol ayting? va hokazo. 1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar: - gapga ta’rif beradi - gapni ma’no turlarini aytishadi - darak gap haqida gapiradi. - ? begisi qo’yiladi va hakazo Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab, o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash darajasini oshiradi. O’quvchilar “Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr – qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishini anglab boradilar. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri: “Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi. Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart. Sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi. -O'ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? 3- sinfda “Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, gap va uning ma’no turlarini o’rganishda, grafik tasvirdan foydalanilgan. Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini o’stirishda juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini egallashga bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan sistema ekanini anglashlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga katta metodik yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular o’quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni bajarishda o’z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish; Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish; Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish zarurligini belgilab olish; To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab chiqish. Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha, bo’g’in ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi, gap bo’laklari ifodasi mavjud. Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni yaxshi o’zlashtirishlariga kata yordam berdi. Masalan: 3-sinfda gap va uning turlarni o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad o’quvchilarning gap va uning turlariga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi.Buning uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi va gaplar tuzishadi: 1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi. Sxemalariga qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi va gapning qaysi ma’no turiga xosligini aytishadi? Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi, issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq. 2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi? Yil qaysi fasl bilan boshlanadi? Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi? So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi) Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi. Gapni birikmalarga ajrating. Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala guruhga bir xil rasmlar beriladi. Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi. “Kim ko’p gap tuzadi?»o’yini: Kartochkalarga bosma harflar bilan yozilgan so’zlar beriladi.O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin. 1.Berilgan harflar ishtirokida darak gap hosil qiling. 2. Berilgan harflar ishtirokidagap hosil qiling. 3. Berilgan harflar ishtirokida undov gap hosil qiling. 4. Berilgan harflar ishtirokida his-hayajon gap hosil qiling. Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar beriladi. Masalan tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating. O’yin diktant. Diktant o’quvchilarni savodxonlikka o’rgatishda va imloviy savodxonligini aniqlashda qo’llaniladigan ta’limiy yozma ish turlaridan biridir.Ona tili darslarida diktantni o’yin shaklida tashkil etish ham mumkin. O’yin diktantni “Kim ko’p eslab qoladi ?” deb nomlagan holda o’tkazish mumkin. Bu diktantning maqsadi xotirani ishga solish va imloviy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Bunda o’qituvchi har bir gapni bir marta o’qiydi. O’quvchilar yodida qolganlarini yozadi. O’qituvchi bir oz pauzadan so’ng ikkinchi gapni o’qiydi. O’yin – diktantning materiali sifatida so’z olinishi ham mumkin. Unda ham o’qituvchi 3 ta so’zni birdaniga o’qiydi va 10 – 15 soniya pauza qilinadi.O’quvchi eslab qolganini yozadi. Keyin yana uch so’z o’qib beriladi. Diktant yozib bo’lingach, har bir o’quvchi diktantidagi so’zlar sonini sanaydi. O’qituvchi oldindan diktantning to’liq matnini yozib, ustini bekitib qo’ygan bo’ladi.O’quvchilar diktantini tekshirayotganda uning ustini ochib qo’yadi. O’quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so’zlar soniga qarab pasaytiriladi. O’quvchilar diktantni yozib bo’lishgach, o’rganilgan mavzulardan kelib chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, “So’zlardagi unlilarning tagiga chizing“, “Ajratib ko’rsatilgan so’zga ma’nodosh so’z toping“, “Shu so’zlar ishtirokida gap tuzing“, “Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning ma’no turini aniqlang «kabi. Dastlabki paytlarda ohangdosh so’zlardan foydalanish lozim ( ustun, tutun, osmon, somon kabi ). Bu o’yinni dastlabki paytlarda «Eslab qol «deb nomlash mumkin. Diktant yuzasidan o’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat o’tkazish mimkin. Inson qancha so’zni xotirada saqlab qola oladi? Nima uchun birov so’zlarni ko’p eslab qoladi, boshqa birovlar kam so’zni eslab qoladi. Suhbatdan so’ng o’quvchilarga ko’cha, daryo, shahar, kishilarning ismi, badiiy asar nomlarini eslab qolishga harakat qilishlari aytildi. Shundan so’ng o’quvchilarning o’zlari bu diktantni yozdirishni talab qila boshlaydilar. “KIM KO‘P GAP TUZADI” o‘yini: O‘quvchilarga gap tuzish vazifasi yuklatiladi. Bu gaplarni ma’no turlariga bo’lish vazifasi beriladi. Masalan. Xoy bu yoqqa kel.(buyruq gap) Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf ona tili darslarida turli xil interfaol metodlardan unumli foydalanish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazari bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta`lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar muhim sanaladi. Hozirgi kunda boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Ilg`or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini ta’minlovchi omil bo`lib xizmat qilmoqda.Ona tili darslarida interfaol metodlarning “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Zig-zag”, “Qora quti”, “Ortiqchasini top”, “Grafik tasvir” metodlaridan foydalanish darsning qiziqarli va jonli o`tishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida ta’limiy o`yinlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda “Kim ko’p so’z tuzadi?»o’yini, “Grammatik topishmoqlarni topish»kabi o’yinlarning ahamiyati katta. Ona tili darslarida ”O’yin diktant”larni ham qo`llash o`quvchilar savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Download 81.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling