Mavzu: Ona tili darslarida iboralar ustida ishlash Reja


Download 21.55 Kb.
bet1/5
Sana28.02.2023
Hajmi21.55 Kb.
#1237572
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili darslarida iboralar ustida ishlash....


Mavzu:Ona tili darslarida iboralar ustida ishlash
Reja:

1.Iboralar haqida ma’lumot


2. Ona tili darslarida iboralar bilan bog`liq bo`lgan turli o`yinlar


3. O`quvchilarning nutqini ostirishda iboralarning o`rni


4.Xulosa



Yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslanib tuzilgan, ta limning jahon andozalariga mos keladigan dastur va darsliklar yaratish-davr talabi. Aynan shu nuqtai nazardan olganda, hozirgi o`zbek adabiy tili qurilishining ilmiy talqinlari ham, lug`aviy-grammatik munosabatlar sistema ham yangilandi va rivojlantirildi. Shu jihatdan har bir dars zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilishga harakat qilinmoqda. Ona tili darslarida iboralarni ta’lim oluvchi yoshlarga, o`quvchilarga tushuntirganda yangi metodlardan, o`quvchilarni qiziqtiruvchi turli o`yinlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mavznuni yaxshi o`zlashtirishiga erishishimiz mumkin. Bilamizki, “Iboralar” mavzusiga 5-sinfda alohida to`xtalinadi, ammo bu bilan cheklanib qolmay, boshqa mavzulardagi matn ustida ishlash jarayonlarida yoki adabiyot darslarida ham iboralarga to`xtalinsa, o`quvchilarning bu mavzuning o`zlashtirish darajasi yanada yaxshilanadi.
Ma’nosi va qo‘llanishi jihatdan bir so‘zga teng keladigan, ko‘chma ma’no ifodalaydigan so‘zlar qo‘shilmasi iboralardir. U nutqimizni boyitadigan, go‘zallashtiradigan va ta’sirchanligini oshiradigan vositadir. Iboralar lug`aviy birlik bo`lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil so`z kabi harakat qiladi-bir gap bo`lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: Madamin bo`yinga qo`yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi; Qosh qo`yaman den ko`z chiqaradigan bunday hodiasalar hali ham onda-sonda ro`y berib turibdi; birinchi gapdagi frazeologizm gap markazi-kesim mavqeyida, ikkinchi gapda so`z kengaytiruvchisi aniqlovchi vazifasida kelgan
Iboralarni ona tili darslarida qo‘llash o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan, bu borada ko`plab, ilmiy
_______________________
1.R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova “Hozirgi o`zbek adabiy tili” Toshkent-2009
maqolalar e’lon qilingan. O‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini oshirishda iboralarni nutqda qo‘llay olishning ahamiyati katta. Bu mavzu bo‘yicha materiallarga qo‘shimcha tarzda mashq va topshiriqlardan foydalanish mumkin. E’tibor Muhammedovaning “Iboralar yuzasidan mashq va topshiriqlar” maqolasida iboralar mavzusiga oid qo‘shimcha topshiriqlar berilgan. Iboralar bilan bog‘liq mashq va topshiriqlarni nafaqat 5-sinfda balki boshqa sinflarda ot, sifat, olmosh, fe’l kabi so‘z turkumlari ustida ishlashda ham foydalanish mumkin. Bunday mashqlar o‘quvchilarni izlanishga undaydi, darsga qiziqishini oshiradi va lug‘atlar bilan mustaqil ishlashga odatlantiradi. Bu maqolada o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lgan mashqlar ularning bilimalarini mustahkamlaydigan mashq va topshiriqlar berilgan.
5-sinf o`quvchilariga “Iboralar” mavzusi o`tilganda o`qituvchi o`quvchilarga mavzuni tushuntirib bo`lganidan keyin o`quvchilardan shu kungacha qanday iboralarni eshitganliklari yoki qanday iboralardan foydalanishlarini so`rashi orqali o`quvchilarni fikr yurtishi hamda nutqini o`stirib o`z fikrini erkin bayon qilishiga erishishi ham mumkin. Aynan 5-sinf darsligidagi 347-mashqni bajarish oraqali ham o`quvchilar o`z bilimlarini mustahkamlab olishadi.

Download 21.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling