Mavzu: Ona tilidan dars tiplari va ularga qo‘yiladigan talablar reja kirish I bob. Ona tili fanidan dars tiplarining ta’lim jarayonidagi o‘rni
II BOB. ONA TILI DARSLARIGA QO‘YILADIGAN
Download 162 Kb.
|
Ona tilidan dars tiplari va ularga qo yiladigan talablar (2)
II BOB. ONA TILI DARSLARIGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR TAHLILI 2.1. Darslarga qo‘yilgan asosiy talablar Ona tili darsi o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ona tili fani orqali o‘quvchi boshqa fanlarni ham idrok qila olish qobiliyati shakllanadi. Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qilishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Ona tili Ta’limda o‘quv fani emas, balki butun Ta’lim tizimini uyishtiruvchi Ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili Ta’lim standarti ko‘rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchil rioya qilgan holda bayon qila olishga o‘rgatish nuqtai nazardan belgilanadi. Ona tili darsiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar: O‘quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakllantirish; Asosiy fonetik, grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakllantirish. Og‘zaki va yozma nutq uzviyligi, uyg‘unligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog‘liq holda yozma nutq ustida ishlash; ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to‘g‘riligini, fikr izchilligini, lug‘aviy me’yorini ta’minlash. Mashg‘ulotlarda turli didaktik voitalardan to‘g‘ri va unumli foydalanish; Ta’limiy o‘yinlar izchilligi va xilma-xilligi, qiziqarli bo‘lishiga erishish. Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli noan’aviy usullardan foydalnish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga alohida e’tibor berish. O‘quvchilarning fikrlash darajasini o‘stirib borish: mashg‘ulot vositalarini mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga e’tibor berish. “Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi... Bola 2-3 yil ichida shuncha ko‘p narsa o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladi, 20 yil qunt va metadik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham, uning yarmigacha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir” – deydi - K.D.Ushinskiy Boshlang‘ich Ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili Ta’lim sohasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan muhim talablar quyidagi 3 parametr standart o‘lchovi orqali aks ettiriladi. 1. O‘qish texnikasi 2. O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash. 3. Fikrni yoma bayon etish malakasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi shart. a) o‘qish texikasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkichlar, bir daqiqa 80-90 so‘zni o‘qiy olish. Talablar: -harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish; -so‘zlarni to‘g‘ri yozish; -gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish; -sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish; -so‘z urg‘ulariga rioya qilish; -ohangga rioya qilish; -ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; b) Matn mazmunini va o‘zgalar fikrni anglash malakasi bo‘yicha; Miqdoriy ko‘rsatkich, 10 daqiqadan 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olish. Talablar. -og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq tushunarli va ta’sirchan bo‘lishi. - monoligik nutqning ravon bo‘lishi. -diologik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatdan aniq bo‘lishi; d) diktant –yozma malakasi; Miqdoriy ko‘rsatkich 75-80 so‘zdan iborat diktant yoza olish. Talablar: -imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; -ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi; -berilgan izohlarning aniqligi; -lug‘atlarning to‘g‘ri va aniq berilishi; e) Fikrni yozma bayon etish malakasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich 5-6 gapdan iborat bo‘lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bo‘lgan mavzu asosida) yaratish: Talablar: -matndagi gaplarning mazmunini o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashtirish; -harf va tinish belgilarni to‘g‘ri yozish; -husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish; -tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish; -matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish; -matnda xat boshlarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash; -undosh so‘zlardan foydalana olish. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma nutqini, tafakkurini amalga oshirish, ularni shaxs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga qiziqishni oshirish, faollik, mustaqillik mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblandi. Bolalarning aqliy va nutqiy qoobiliyatlarini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Boshlang‘ich sinflar “Fonetika” gramatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” dasturi bo‘yicha izchillik tamoyillari asosida tuzilgan bo‘lib, fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang‘ich Ta’limotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot, materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” va “Husnixat” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Tovushlar va harflar: Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amalliy bilimlariga asoslangan holda 1-2 sinflarda beriladi, ular haqida ko‘nikma va malakalr hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi, bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishi farq qiladigan so‘zlar: a va o, y va n tovushli so‘zlarning aytilishi va yozilishi, so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti, n va m undosh eshitilsa ham d va ga harfining yozilishi, ayrim so‘zlar oxirida kelgan g va m undoshlarning talaffuzida tushib, ammo uozuvda saqlanib, yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar. 3-4 sinfalrda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanad. So‘zlarni tovush harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o‘z navbatida o‘quvchilar savodxonligini oshiradi. Xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarni o‘stiradi. Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirish yo‘naltiriladi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni har tomonlama rivojlantirishga ongli, ifodali o‘qish, hisoblash, savodli o‘qish va yozish, nutqini o‘stirish va xulq madaniyatini shakllantirishga puhta zamin tayyorlaydi. Boshlang‘ich Ta’lim o‘rta umum Ta’limning asosiy poydevoridir. O‘quvchi boshlang‘ich sinfda chuqur va puhta bilim olsagina yuqori sinflarda fanlarni yaxshi va a’lo darajada o‘zlashtira oladi. Yangi DTS va dasturi yoshlarga Ta’lim-tarbiya berishning vazifalarini hal qilishda o‘qituvchiga, uning chuqur bilimliligi, g‘oyavoy e;tiqodiga, kasb mahoratiga iste’dod madaniyatiga bog‘liqdir. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling