Mavzu: Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Elementar (sodda) sensor psixik bosqichi


Download 366.18 Kb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi366.18 Kb.
#999837
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ong Макт-WPS Office

Elementar (sodda) sensor psixik bosqichi -A.N.Leontev ta'rificha, tashqi muhit ob'ektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi.
Bu oddiy sezish bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori darajasiga ajratiladi.) Ko’pgina bir hujayraiilar hamda ayrim ko’p hujayralilarda psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turiari
namoyon bo’ladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichida ko’p hujayrali umurtqasizlarda namoyon bo’ladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir. Nerv tizimi diffuz, to’rsimon ganglioz yoki zanjirsimon bo’lib, ular alohida predmetlarning
sifatlarinigina aks eta oladilar. Hayvonlar uchun ushbu bosqichda predmet olami mavjud bo’lmaydi, ular ob’ektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks ettirishi oddiy sezgi tarzida bo’ladi.
Perseptiv bosqich bo`lib u tashqi, ob’ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan xarakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv pisixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar turadi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud bo’lgan hayvonlar uchun ijobiy ta'sir etuvchilarni faol izlash xususiyati xosdir. Predmetni idrok etish-perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja rivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir.
Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo’lganlar, ya’ni odamsimon maymunlarga xosdir.
Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.

Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.
Topotropizm - tirik organizmlaming mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir.
Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat
qilishga moyilligidir.
Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir.
Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir.
Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir.
Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga
moyilligidir.
Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir.
.

Download 366.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling