O’simlikiarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlami aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’Isa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.
Hayvonlarning instinktlari
Instinktlar - hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir.
Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg’ochi
o’rgimchakning nomaqul bo’lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti xarakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo’lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi.
Instinktiv harakatlar standart shart sharoitlar o’zgarishi bilanoq o’zining maqsadga muvofiqligini yo’qotadi. Shunday qilib, xatti-harakatlaming instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlaming instinktlari turli xil ko’rinishda namoyon bo’iadi.
Ovqatlanish instinlcti
To’da bo’lib yashash instinkti
Nasi qoldirish instinkti
Himoyalanish instinkti
Hayvonlaming ko’nikmalari
Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv farqlari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o’zgaruvchan shakllari - ko’nikma
va intellektual harakatlar ham mavjud. Ko’nikma - bu hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi xarakatlardir, ya'ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o’rinni egalasa, u o’zida shunchalik murakkab ko’nikmalarim hosil qila oladi. instinktlarga qaraganda, ko’nikma xatti-harakatlaming ancha o’zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlaming ko’nikmalari, ota-onalaridan '’o’rganish" yo`li bilan ham hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |