Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Jarayonni blokirovka qilish


Download 470.62 Kb.
bet20/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Jarayonni blokirovka qilish. Jarayon o`z ishini xisoblash tizimida biror bir xodisa ro`y bermaguncha davom ettira olmaydi. Shuning uchun jarayon ma’lum tizimli chaqiriq bilan OTga murojaat qiladi. OT tizimli chaqiriqni qayta ishlaydi(kiritish –chiqarish operatsiyalarini initsializatsiya qiladi, biror qurilmani bo`shashini yoki xodisa ro`y berishini kutayotgan jarayonlar navbatiga qo`shadi va xokazolar.), jarayonni bajarilish xolatidan kutish xolatiga o`tkazadi.
Jarayonni bloklashdan chiqarish(razblokirovaniye). Tizimda biror xodisa ro`y bergandan so`ng, OT aynan qanday xodisa ro`y berganligini aniqlashi zarur. Keyin OT, qaysi jarayon shu xodisani kutish xolatida ekanligini aniqlaydi va shunday jarayon bo`lsa uni tayyorlik xolatiga o`tkazadi.(bunda OT xodisa ro`y berishi bilan bog`liq bo`lgan amallarni bajaradi.)
Protsessorni bir jarayondan ikkinchisiga to`g`ri(korrekt) o`tkazish uchun bajarilayapgan jarayon kontekstini saqlashi va protsessor o`tkazadigan jarayon kontekstini tiklash zarur. Bunday jarayonlar ishlanganligini saqlash/tiklash protsedurasi kontekstni o`tkazish deyiladi.
Jarayon tushunchasi, OT boshqaruvi ostidagi bajariladigan komandalar to`plami, ular bilan bog`liq resurslar va uning bajarilishi joriy momenti bilan xarakterlanadi. Ixtiyoriy vaqtda jarayon to`liq ravishda o`zining konteksti, ya’ni registirli, tizimli va foydalanuvchi qismlaridan tashkil topgan konteksti bilan tasvirlanadi. OTlarda jarayon aniq ma’lumotlar strukturasi –PCB bilan tasvirlanadi. PCB –registirli va tizimli kontekstlarni aks ettiradi. Jarayonlar beshta asosiy xolatlarda bo`lishi mumkin: tug`ilish, tayyorlik, bajarilish, kutish, bajarilishni tugallash.
Bir xolatdan ikkinchisiga jarayon OT yordamida, ular ustida biror bir amal bajarilishi natijasida o`tkaziladi. OT jarayonlar ustida quyidagi operatsiyalarni bajarishi mumkin: jarayon yaratish, jarayon tugallash, jarayonni to`xtatib turish, jarayonni blokirovka qilish, jarayonni bloklashdan chiqarish. Jarayon prioritetini o`zgartirish.



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling