Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


-Ma’ruza. Operatsion tizim asosiy funksiyalari


Download 470.62 Kb.
bet16/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

2-Ma’ruza. Operatsion tizim asosiy funksiyalari.
Reja:

  1. Operatsion tizimlarda jarayonlarni boshqarish.

  2. Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish

  3. Fayl boshqaruv tizimlari

Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi.


Jarayon tushunchasi.
Oldingi ma’ruzularda, OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz ko`pincha “dastur” va “topshiriq” so`zlarini ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT topshiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani tushunayapganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar har xil xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni ham (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi ob’ektlarni ham bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni (terminologiyani) aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi.
“Dastur ” va “topshiriq” terminallari statik, faol bo`lmagan (neaktivniy) ob’ektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol ob’ektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov beradi va o`zgaruvchilar qiymatlarini o`zgartiradi. Dastur bajarilishi uchun, OT ma’lum son operativ xotira ajratishi, unga kiritish chiqarish qurilmalarni va fayllarni bog`lashi, ya’ni butun hisoblash tizimi resurslari xisobidan ma’lum qismini rezervlab qo`yishi kerak. Ularning soni va konfiguratsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin. Bunday kompyuter tizimlari ichidagi faol ob’ektlarni tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o`rnimga yangi “jarayon” terminini ishlatamiz.


Jarayon xolati
Ko`pincha adabiyotlarda soddalashtirish uchun, jarayonni bajarilish vaqtidagi dasturni xarakterlaydigan abstraksiya sifatida olish tavsiya etiladi.
Jarayon OT boshqaruvi ostida xisoblanadi. Bunday qabul qilishda xisoblash tizimlarida bajariladigan xamma narsa(faqat foydalanuvchi dasturlarigina emas, balki OTning ham ma’lum ismlari ham) jarayonlar to`plami sifatida tashkil qilingandir.
Bir protsessorli kompyuter tizimida vaqtning har bir momentida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Multidasturli xisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni psevdaparallel qayta ishlash protsessorni bir jarayondan ikkinchisiga o`tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha, qolganlari o`z navbatini kutadi.
Ko`rinib turibdiki har bir jarayon minimum ikki xolatda bo`lishi mumkin:
Jarayon bajarilmoqda va jarayon bajarilmayapti. Bunday modeldagi jarayonlar xolati diagrammasi quyidagi rasmda ko`rsatilgan.

_________Bajarishga olindi _______



Jarayon bajarilmoqda


↓ ↓

Jarayon bajarilmayapti



↑________________________________↑


To`xtatildi

Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling