Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Ob’ektga mo`ljallangan yondashish


Download 470.62 Kb.
bet14/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Ob’ektga mo`ljallangan yondashish.
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli tizimlarga asos bo`lgan bo`lsa ham, u to`liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini ta’minlay olmadi.
Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to`g`ri keladigan ob’ektga mo`ljallangan yondashish, bu holda dasturni har bir komponentasi funksiya jihatdan bir-biridan (boshqalaridan) ajratilgandir.
Bu yondashishning asosiy tushunchasi “ob’ekt”dir. Ob’ekt-dastur va ma’lumotlarning birligi bo`lib, u boshqa ob’ektlar bilan axborot uzatish va qabul qilish orqali bog`lanadi. Ob’ekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki ba’zi abstraksiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin.
Ob’ekt dasturlari funksiyalari shu ob’ekt ma’lumotlari ustida bajariladigan amallar ro`yxatini belgilaydi. Ob’ekt-mijoz, ob’ekt-server funksiyasini bajarilishini so`rab boshqa ob’ektga habar yuborishi mumkin.
Ob’ektlar mohiyatni tavsiflash mumkin. Umumiy ob’ektlardan aniqroq ob’ektlarni keltirib chiqaruvchi, meros berish mexanizmi xossalari mavjuddir.
Ob’ekt ma’lumotlari ichki tuzilishi kuzatishdan yashirindir. Ob’ekt ma’lumotlarini ixtiyoriy tarzda o`zgartirib bo`lmaydi. Ob’ektdan ma’lumot olish yoki ma’lumotlarni ob’ektga joylashtirish uchun, mos ob’ekt funksiyalarini chaqirish kerak bo`ladi. Bu hol ob’ektni, undan foydalanadigan koddan ajratadi. Dasturchi boshqa ob’ekt funksiyalariga murojaat qilishi, yoki boshqa ob’ekt ular tuzilishini bilmay turib xossalarini meros qilish yo`li bilan yangi ob’ekt qurishi mumkin. Bu xossa inkapsulyatsiya deyiladi.
Shunday qilib, ob’ekt tashqi dunyo uchun, yaxshi ishlab chiqilgan interfeysli “qora quti” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bu xususiyat, ularda mavjud ilovalarni ob’ekt ko`rinishida, ularda xech narsalarni o`zgartirmasdan, joylashtirishga imkon beradi.
Ob’ektga mo`ljallangan yondashishdan foydalanish ayniqsa tizimli dasturchilar uchun qulaydir, chunki tizimli darajadagi ob’ektlardan foydalanib, tizimni yaxlitligini buzmasdan turib, ularni o`zlariga moslashtirib OT ga chuqur kirib borishi mumkin.
Ammo bu yondashish taqsimlangan hisoblash muhitlarini amalga oshirishda kelajakda muhim natija beradi.
Ob’ektga mo`ljallangan yondashish o`ziga yarasha muammolarga ega, ammo shunga qaramasdan, bu yondashish dasturiy ta’mnotni konstruksiyalashda eng muhim ahamiyatga ega yo`nalishdir.

Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling