Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Rasm. OT ni sinflarga ajratish


Download 470.62 Kb.
bet11/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

1.2. Rasm. OT ni sinflarga ajratish.
OT tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo`lib, bular dastur modullari va ma’lumotlar tuzilmalarining o`zaro bog`langan murakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini ta’minlashi zarurdir. OT ning ko`pgina potensial imkoniyatlari, uning texnik va iste’mol parametrlari – bularning hammasi, tizim arxitekturasi OT ning strukturasi, qurilish prinsiplari bilan belgilanadi.
Shu vaqtgacha biz OT larga tashqi tarafdan nazar soldik, ya’ni OT qanday fuknsiyalarni bajaradi. Endi esa, OT larni ichki qismini va ularni qurishda qanday yondashishlar mavjudligini ko`rib chiqamiz.
Zamonaviy OT larga qo`yiladigan talablarni qondirishda uning strukturali qurilishi (tuzilishi) katta ahamiyatga egadir, OT lar o`z rivojlanish bosqichlarida, monolit tizimlardan to yaxshi strukturalashtirilgan, rivojlanish xususiyatiga ega bo`lgan, kengaytirish va yangi platformalarga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdilar.


Monolit tizimlar (monolit yadro).
Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo`lsa, OT-oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha dasturlar kabi tashkil etish, ya’ni protsedura va funksiyalardan iborat ko`rinishda yaratish to`g`riroq bo`ladi. Bu holda OT komponentalari mustaqil modullardan iborat bo`lmay, balki bitta katta dastur tashkil etuvchilardan iborat bo`ladi. OT ning bunday tuzilishi monolit yadro (monolithic kernel) deyiladi.
Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning strukturasi yo`qligidir. OT, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo`lgan protseduralar to`plamidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir protsedurasi yaxshi yo`lga qo`yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko`rish uchun, hamma alohida protseduralarni kompilyatsiya qilib, keyin ularni yagona ob’ekt fayliga birlashtiriladi (komponovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo`la olishi mumkin. Har bir protsedura bir-biri bilan bog`lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir protsedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin.
Xatto bunday monolit tizimlar har baribir ozgina strukturalashtirilgan bo`ladi. OT qo`llaydigan tizimli chaqiriqlarga murojaatda parametrlar qat’iy belgilangan. M-n, registrlar yoki stek kabi joylarga joylashtiriladi, keyin esa, yadro chaqirig`i yoki supervizor chaqirig`i kabi mahsus uzilish komandalari bajariladi. Bu komanda mashinani foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga (supervizor rejimi ham deyish mumkin) o`tkazadi va boshqaruvni OT ga uzatadi. Keyin esa OT, qaysi tizimli chaqiriq bajarilishi kerakligini aniqlash uchun, chaqiriq parametrlarini tekshiradi. Bundan so`ng, OT protseduralarga ko`rsatkichni o`z ichiga olgan jadvalni belgilaydi va mos protsedurani chaqiradi.
Bunday tashkil etilgan OT quyidagi strukturaga ega bo`ladi:

  1. Bosh dastur – u talab qilinadigan servis protseduralarini chaqiradi.

  2. Tizimli chaqiriqlarni amalga oshiradigan xizmatchi protseduralar to`plami.

  3. Xizmatchi protseduralarga xizmat qiladigan utilitalar to`plami.

Bu modelda, har bir tizimli chaqiriq uchun bittadan xizmatchi protsedura mavjuddir. Utilitalar, bir nechta servis protseduralarga kerak bo`lgan funksiyalarni bajaradi. Protseduralarni uchta qatlamga bo`lish quyidagi rasmda ko`rsatilgan.




Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling