Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


OT rivojlanish bosqichlari


Download 470.62 Kb.
bet8/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

OT rivojlanish bosqichlari.
Birinchi davr (1945-1955 yillar).
Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebich tomonidan 18-asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo`lgan aniq mexanika detallarini tayyorlash bo`yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo`lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter operatsion tizimga ega bo`lmagan.
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin ma’lum progress-rivojlanish yuz berdi. 40 yillar o`rtalarida 1-chi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutahassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu gurux mutahassislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko`proq, kompyuterdan instrument-uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas, balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi.
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT to`g`risida gap ham yo`q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo`lda” yechilar edi.
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o`tirish mumkin edi. Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi xolatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o`tkazish paneli (panel pereklyuchateley) yordamida yuklanar edi.
Hisoblash tizimi bir vaqtning o`zida faqat bitta operatsiyani (kiritish-chiqarish yoki hisoblashlar) bajarar edi. Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri xolatini o`rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi; 1951-1952 yillar simvolli tillar (Fortran va boshq) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954y esa IBM-701 uchun Assembler ishlab chiqildi.
Vaqtning eng ko`p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o`zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narhi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarali bilan belgilandi.



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling